Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Msindarov07 (munozara) 06:39, 17-Oktyabr 2023 (UTC)

Ushbu maqola saraton kasalligi tufayli vafot etgan mashhur amerikalik YouTuber Technoblade haqida yozilgan. Hurmatli Kagansky, Jamshid Nurqul, Nataev, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Malikxan, Mirzo Ulugʻbek Karimov, Laziz Baxtiyorov, Umarxon III, Alpasli, Panpanchik, Salazarov, Diwikiped, Humoyun Qodirov, Kamol Azzam, Khasan azim1, Anjaniy, Mrshaxas, Abdufattohov Ibrohimjon, Boboyev1996 va boshqalar oʻz fikringizni bildirib, ovoz berishda faol ishtirok etishingizni soʻrab qolaman.Msindarov07 (munozara) 06:39, 17-Oktyabr 2023 (UTC)

Fikrlar

tahrir

1-xatboshi. Maqolada uslubiy gʻalizliklar yetarlidan ortiq. Misol uchun, birinchi xatboshidayoq 3 marta asosiy soʻzi ishlatilgan. Bundan tashqari, xatboshi oxirida "…Dream SMP guruhiga taklif qilinadi va qoʻshiladi" deyilgan. Agar taklif rad etilmagan boʻlsa, "taklifini qabul qildi" shaklida berish kerak.

2-xatboshi. Saraton shaxs yoki buyum emas, tanada xavfli oʻsimta shakllanishi bilan kechuvchi onkologik xastalik. Shunga asoslanib, toʻgʻridan-toʻgʻri „saraton“ bilan emas, „saraton kasalligi“ bilan kurash olib boriladi. Bundan tashqari, Technoblade vafotini mudhish voqea deb beribsiz, bir kishining vafoti qanchalar mudhish, ayniqsa, u qotillik yoʻli bilan oʻldirilmagan boʻlsa? Xatboshidagi „beradi“larni ham muvofiqlashtiring.

Xatolarni toʻgʻirladim. --Msindarov07 (munozara) 14:10, 17-Oktyabr 2023 (UTC)

Maqolani mutolaa qilish jarayonida ichki havolalarga koʻzim tushmadi, shuni toʻgʻirlab chiqsangiz yaxshi boʻlardi. Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 15:30, 26-Oktyabr 2023 (UTC)

  • Maqolani kuzatish davomida quyidagilar aniqlandi:

1. Maqola tahrirchi orqali tekshiruvga muhtoj. Masalan, „Saraton kasaligi“ emas, „Saraton kasalligi“.

2. Maqolada ichki havolalar deyarli yoʻq.

  • Takliflar:

Maqoladagi „Reaksiyalar hamda hurmat“ oʻrniga boshqa sarlavha qoʻyilsa durust boʻlar edi deb oʻylayman. Young Economist7 (munozara) 05:42, 20-Noyabr 2023 (UTC)

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir
  1.  Qarshiman. Maqola haqida bildirilgan fikrlar 1 oydan ortiq vaqt davomida e'tiborsiz qoldirilgan. Oxirgi bildirilgan fikrlarga javoban hech qanday o'zgartirishlar kiritilmagan. Maqolada ichki vikilinklar deyarli yo'q va imloviy xatolar mavjud. Young Economist7 (munozara) 17:04, 30-Noyabr 2023 (UTC)

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir

 Bajarilmadi Oʻtgan muddat davomida nomzod yetarli ovoz toʻplay olmadi. Nominator Young Economist7ning fikrlarini eʼtiborsiz qoldirib, koʻrsatib oʻtilgan holatlarga tuzatishlar kiritmagan. Shuning uchun bitta qarshi ovoz berilgan. Nominatordan yanada ajoyib mavzularda sifatli maqolalarni kutib qolamiz. Laziz Baxtiyorov (munozara) 07:09, 2-Dekabr 2023 (UTC)

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.