Vikipediya:Yaxshi maqola nomzodlari
Bu sahifada yaxshi maqola nomzodlari koʻrsatiladi. Nomzod maqolaga „yaxshi“ unvonini berish-bermaslikni foydalanuvchilar hal qilishadi. Agar nomzod maqola kamchiliklari boʻlsa, ular shu yerda koʻrsatilishi kerak. Ovoz berayotganda {{roziman}} yoki {{qarshiman}} andozalaridan foydalanishingiz mumkin.
|
| ||
Nomzodlikka qoʻyish
|
Nomzodlar
tahrir- Nominator(lar): Sitora Oblakulova (munozara) 14:33, 2024-yil 6-sentyabr (UTC)
Ushbu maqola Bahrayn sportchilarining Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtiroki haqida. Maqola enwikida yaxshi maqola statusini olgan. Sport mavzusidagi sifatli maqolalar sonini oshirish maqsadida oʻzbek tiliga tarjima qildim. Oʻqib koʻrib, ovoz berishda ishtirok etishingizni soʻrayman. Sitora Oblakulova (munozara) 14:33, 2024-yil 6-sentyabr (UTC)
Fikrlar
tahrirBilgiqutida kamchilik bor ekan. Navbox andozalari qoʻshish kerak. Ibrohimjon 14:49, 2024-yil 6-sentyabr (UTC)
- Bilgiqutidagi kichik kamchiliklar Tuzatildi. Navbox andozasi yaratib, qoʻshib qoʻydim. Sitora Oblakulova (munozara) 07:36, 2024-yil 17-sentyabr (UTC)
Rozilar
tahrirQarshilar
tahrirBetaraflar
tahrirXulosa
tahrirAssalomu alaykum, Hindiston sobiq prezidenti haqidagi ushbu maqolani YM statusiga qoʻyishni joiz topdim. Maqola enwikida ham ayni shu statusga loyiq koʻrilgan. Bu maqola tarix sohasi boʻyicha vikipediyani rivojlantirish, hamda vikipediya foydalanuvchilari uchun foydali manba boʻladi degan umiddaman. Maqolani koʻrib chiqib, fikrlaringizni qoldirishingizni soʻrayman. Lili (suhbat) 11:50, 16-Iyul 2024 (UTC)
Fikrlar
tahrir- Kirish qismida ham kamchiliklar bor.
- Yillar orasida tire boʻladi.
- Baʼzi joylarda Faxruddin baʼzi joylarda esa Faxriddin boʻlib ketgan. Maqolani yana bir koʻzdan kechirib chiqsangiz yaxshi boʻladi. Ibrohimjon 12:11, 16-Iyul 2024 (UTC)
Maqola ancha yaxshi rasmiylashtirilgan lekin ayrim kamchiliklari mavjud:
- Avvalo kirish qismidagi qizil linkli maqolalar. Premablua qismining bosh sahifada koʻrinishini hisobga olgan holda qizil linkli maqolalarni ham yaratib chiqishlikni tavsiya qilaman.
- Rahmon, shuningdek, lavozimda vafot etgan birinchi musulmon va birinchi prezident boʻlgan Zokir Husayn qabrining ham meʼmori boʻlgan jumlasi tahrirga muhtoj. Shuningdek, Rahmon birinchi oʻz lavozimdalik vaqtida vafot etgan, musulmon prezident Zokir Husayn qabri qurilishida ham meʼmorlik qilgan koʻrinishi nazarimda birmuncha tushunarliroq boʻladi.
- Shu bilan birgalikda ayrim oʻrinlarda punktuatsiya (asosan vergul) bilan bogʻliq kichik muammolar mavjud.
- Ayrim ichki vikilinklarda boshqacha maqolada esa boshqa koʻrinishi berilgan. Masalan, Faisal – Faysal ibn Abdulaziz as-Saud maqolasiga yoʻnaltirish beradi. Shu singari kamchiliklar bir necha oʻrinlarda kuzatilganligi bois ichki havola berilgan qismlarni qayta koʻrib chiqish darkor.
- Maqola tarkibida koʻplab murakkab qoʻshma gaplar mavjud. Ularni tushunarliroq holatga keltirish, zarur boʻlsa sodda gaplarga ajratish lozim.
- Tushunishga qiyin boʻlgan tushuncha va terminlar, joy nomlariga ichki havola berishni tavsiya qilaman. Keyinchalik maqolalar yaratilgach, bu maqola ham oʻquvchiga yanada tushunarliroq boʻladi.
Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etgan holda, maqolani yana bir qayta koʻrib chiqing. PanPanChik #yozish 06:10, 3-avgust 2024 (UTC)
- Assalomu alaykum, qizildagi maqolalarni yaratib chiqdim. 2-masalani ham koʻrib, toʻgʻirladim. Vergul bilan bogʻliq muammolarni ham koʻrib chiqdim, yana bir qarab chiqaman. Ichki havolalarni ham aslidek yozib chiqdim. Baʼzi murakkab gaplarni iloji boricha maʼnosini buzmagan holda ajratishga harakat qildim. Qoʻshimcha ichki havolalar ham qoʻshdim. Siz yuqorida aytib oʻtgan kamchiliklarni bartaraf etdim deb oʻylayman. Maqolani qaytadan koʻrib, fikringizni qoʻldirishingizni soʻrayman, rahmat! Lili (suhbat) 14:34, 5-avgust 2024 (UTC)
Maqola tuzilish jihatidan ancha yaxshi rasmiylashtirilgan. Lekin matn mazmuni bilan bogʻliq kamchiliklar bor:
- Salute To The President Fakhruddin Ali Ahmed (Prezident Faxruddin Ali Ahmadga salom) — 1977-yilda rejissyor J. S. Bandekar tomonidan suratga olingan, Hindistonning filmlar boʻlimi tomonidan Faxruddin Ali Ahmadning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan qisqa metrajli hujjatli film. - Kimdir suratga ogan filmni filmlar bo'limi kelib Ali Ahmad bagʻishlab berganmi shunda? Jumla tushunarsiz va uzun.
- 2005-yilda esa bu vaqtincha toʻxtatilgan, 2013-yildan beri Prezidentning Polo Kubogi koʻrgazmasi sifatida oʻtkazib kelinmoqda. - Bu gap sport bo'limida yozilganligini hisobga olsak, sport musobaqasi qanday qilib ko'rgazmaga aylanib qolgan?
- Ismlarni ichki havolaga olib chiqishni maslahat beraman.
Yuqorida sanab o'tilgan kamchiliklar maqola matni bilan hali ishlanishi kerakligidan dalolat. Maqola ustida tayinli tahrirlar amalga oshirilsa, qayta ko'rib chiqib, ovoz berish jarayonida o'z fikrimni bildiraman. Maroqli tahrirlar! - Hasan Xamidovich (munozara) 07:45, 5-avgust 2024 (UTC)
- Birinchi gapda, shu boʻlim tashabbusi bilan film suratga olingan degan maʼnoda yozilgan edi, gapni tushunarli holatga keltirdim. Ikkinchi gapda notoʻgʻri sinonimdan foydalangan ekanman, uni ham toʻgʻirladim. Qoʻshimcha ichki havolalar ham qoʻshdim. Yuqoridagi siz sanab oʻtgan kamchiliklarni tuzatdim. Maqolani qaytadan koʻrib, fikringizni qoldirishingizni soʻrayman, rahmat! Lili (suhbat) 14:39, 5-avgust 2024 (UTC)
- 1957-yildan 1966-yilgacha Bimala Prasad Chaliha davrida yana moliya vaziri etib saylangan. Yillar orasida biron lavozimda faoliyat olib borishi mumkin, saylanish esa bir onda sodir boʻladi. 1957-yilda saylandi, 1966-yilgacha moliya vaziri sifatida faoliyat yuritdi deyilsa maʼqulroq boʻlardi. ANJANIY#gurung 14:27, 9-avgust 2024 (UTC)
Rozilar
tahrir- Maqolada qoʻpol xato va kamchiliklarga duch kelmadim. Shuning uchun maqolani YM olishiga Roziman Gulsanam Jahongirovna (munozara) 04:54, 3-sentyabr 2024 (UTC)
- Roziman Maqolani oʻqib chiqib, hech qanday jiddiy kamchiliklarga koʻzim tushmadi, shu sababli maqolani status olishiga Sevayuu (munozara) 04:51, 3-sentyabr 2024 (UTC)
- Roziman -Didosh Jurayeva (munozara)
- Roziman - Tahrirchiqiz (munozara)Tahrirchiqiz (munozara) 05:01, 3-sentyabr 2024 (UTC)
- Roziman Maqola yaxshi yoritilgan. Shuning uchun Yaxshi statusi berilsin. Xatchiman (munozara) 04:58, 3-sentyabr 2024 (UTC)
Qarshilar
tahrirBetaraflar
tahrirXulosa
tahrir- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): XayrinisoJorayeva (munozara) 16:40, 6-Iyul 2024 (UTC)
Ushbu maqola Xorvatiya televideniyesi haqida. Albatta, Xorvatiya televideniyesining ham yaratilish, rivojlanish tarixi bor. Maqola enwikida „yaxshi maqola“ statusini olgan. Oʻqib chiqib, oʻz fikringizni bildirishingizni soʻrayman. XayrinisoJorayeva (munozara) 16:40, 6-Iyul 2024 (UTC)
- Salom. Maqola bilan hali tanishib chiqmadim. Umumiy koʻrinishidan dastlabki savol paydo boʻldi. Siz maqola boshiga tirkab qoʻygan andozaning maqola mavzusi bilan qanchalik bogʻliqligi bor? Andoza ichida Xorvatiya televideniyesi haqida biror boʻlim ham, band ham ajratilmagan ekan. Inglizchasida ham xuddi shu andoza qoʻyilgan deyishingiz mumkin. Ammo inglizchadagi andoza bizda yaratilgan chala-yarim andozadan toʻliq ekanligini koʻrishingiz mumkin. Laziz Baxtiyorov (munozara) 18:38, 12-Iyul 2024 (UTC)
- 2012-yil holatiga koʻra, Xorvatiya Respublikasida yoki Xorvatiya bozori uchun ishlab chiqarilgan va IPTV (Internet) orqali efirga uzatiladigan 10 ta milliy va 21 ta mintaqaviy DVB-T (yer usti raqamli video eshittirish vositalari) telekanallar, shuningdek, 30 dan ortiq boshqa kanallar, kabel yoki sunʼiy yoʻldosh televideniyelari faoliyat yuritgan. Mana bu gap ham mutlaqo notoʻgʻri tarjima qilingan deb oʻylayman. Matnning inglizchasida As of 2012, there are 10 nationwide and 21 regional DVB-T (Digital Video Broadcasting – Terrestrial) television channels, and there are more than 30 other channels either produced in the Republic of Croatia or produced for the Croatian market and broadcast via IPTV (Internet Protocol television), cable, or satellite television. yaʼni 2012-yil holatiga koʻra, Xorvatiya Respublikasida yoki Xorvatiya bozori va translayatsiyasi uchun ishlab chiqilib, IPTV (Internet), kabel yoki sunʼiy yoʻldosh orqali uzatiladigan 10 ta umummilliy, 21 ta hududiy DVB-T (yer usti raqamli video eshittirish vositalari) telekanallar, shuningdek 30 dan ortiq boshqa kanallar mavjud boʻlgan deyish maʼqul, fikrimcha. Laziz Baxtiyorov (munozara) 18:46, 12-Iyul 2024 (UTC)
- Shu kabi AT alomatlari saqlanib qolgan joylarini qayta koʻrib chiqishni soʻrayman. Maqola hozirgi holatida status uchun tayyor emas. Laziz Baxtiyorov (munozara) 18:47, 12-Iyul 2024 (UTC)
- Assalomu alaykum ustoz. Albatta bergan fikrlaringizni hurmat qilaman. Maqolada qo'llanilgan andoza aytgningizdek enwikida qo'llanilgan andoza hisoblanadi. Shuning uchun ushbu andoza yaratildi. Maqolaning boshida kelgan va siz keltirib o'tgan gapning mazmuni va maqoladagi barcha gaplar ko'rib chiqildi. Lozim bo'lsa, ushbu maqolani boshqatdan o'qib ko'rishingizni so'ragan bo'lardim. Maqoladan yana shunga o'xshash kamchiliklar topilgan holatda, maqolaning munozara qismida o'z izohlaringizni qoldirasiz degan umiddaman. XayrinisoJorayeva (munozara) 10:00, 13-Iyul 2024 (UTC)
- Andozani yoki toʻldirish kerak yoki maqoladan olib tashlash kerak. Laziz Baxtiyorov (munozara) 17:39, 14-Iyul 2024 (UTC)
- 2012-yil holatiga koʻra, Xorvatiya Respublikasida yoki Xorvatiya bozori uchun ishlab chiqarilgan va IPTV (Internet) orqali efirga uzatiladigan 10 ta milliy va 21 ta mintaqaviy DVB-T (yer usti raqamli video eshittirish vositalari) telekanallar, shuningdek, 30 dan ortiq boshqa kanallar, kabel yoki sunʼiy yoʻldosh televideniyelari faoliyat yuritgan. Mana bu gap ham mutlaqo notoʻgʻri tarjima qilingan deb oʻylayman. Matnning inglizchasida As of 2012, there are 10 nationwide and 21 regional DVB-T (Digital Video Broadcasting – Terrestrial) television channels, and there are more than 30 other channels either produced in the Republic of Croatia or produced for the Croatian market and broadcast via IPTV (Internet Protocol television), cable, or satellite television. yaʼni 2012-yil holatiga koʻra, Xorvatiya Respublikasida yoki Xorvatiya bozori va translayatsiyasi uchun ishlab chiqilib, IPTV (Internet), kabel yoki sunʼiy yoʻldosh orqali uzatiladigan 10 ta umummilliy, 21 ta hududiy DVB-T (yer usti raqamli video eshittirish vositalari) telekanallar, shuningdek 30 dan ortiq boshqa kanallar mavjud boʻlgan deyish maʼqul, fikrimcha. Laziz Baxtiyorov (munozara) 18:46, 12-Iyul 2024 (UTC)
Fikrlar
tahrir- Salom! Maqola ustida hali ishlashni taklif qilaman. Sababi maqolada koʻplab qizil wikilinklar mavjud. Bu sahifalarni yaratib chiqish lozim. Sababi ushbu maqolani oʻquvchiga keng ochib berishingiz kerak. Bundan tashqari, imloviy xatolar mavjud. Ushbu xatolarni bartaraf etishni soʻrab qolaman. Komilhuja 09:59, 8-Iyul 2024 (UTC)
- Imloviy xatolar bartaraf etildi. Qizil wikilinlarning soni kamaytirilib, koʻk wikilinklarga oʻzgartirildi. Fikringiz uchun rahmat!!! XayrinisoJorayeva (munozara) 19:20, 8-Iyul 2024 (UTC)
- Maqolada ichki havolalar boʻyicha kamchiliklar bor. Masalan bilgiqutida Festivallar ichki havolasi ingliz tilida ketib qolgan. Xuddi shunday jadvallarda ham ichki havolalar ingliz tilida berilgan. Ahror Akramovich (munozara) 18:03, 8-Iyul 2024 (UTC)
- Xatoliklar toʻgʻrilandi. XayrinisoJorayeva (munozara) 19:22, 8-Iyul 2024 (UTC)
Maqola ustida hali ishlanishi kerak:
- „Umuman olganda, barcha xorijiy dasturlar subtitrlardan iborat .“ – Faqat subtitrmi? Ovoz yoki tasviri yoʻqmi ularni? Jumla gʻaliz boʻlib qolgan.
- Praym taym emas Prime time
- „HRTda dasturlash mazmuni va cheklangan reklamani tartibga solishga qaramay eng yaxshi televideniye kompaniyalaridan biri hisoblanadi.“ – Dasturlash mazmuni? Televizorda dasturlashni oʻrgatishga cheklov qoʻyilyaptimi yoki men notoʻgʻri tushundimmi gapni?
- Boshqa tomondan, HRT Xorvatiyadagi televizor sotuvidan Xorvatiyadagi oʻrtacha oylik sof ish haqining 1,5% miqdorida olinadigan toʻlovidan daromad oladi. – Gʻaliz jumla. 1.5% miqdor nimaniki? Soliqmi yoki boshqa turdagi qanaqadir toʻlovmi? „…Xirvatiyadagi … Xorvatiyadagi…“ shaklida mamlakat nomining qaytarilishi tushunishni yannada qiyinlashtiryapti.
- „poytaxt atrofidagi hududlarda 43% dan Slavoniyada 79% gacha boʻlgan aholi televizordan foydalanadi“ Slavoniya emas Slavonia VP:MNJNga asosan.
- „K5 – boʻlinish“ – boʻlinish? Avtomat tarjima. Boʻlinish emas Split. Xorvatiyadagi shahar nomi.
Bu hali eng kichik boʻlimidagi kamchiliklar. Maqola ancha tahrirga muhtoj… --Hasan Xamidovich (munozara) 18:46, 9-Iyul 2024 (UTC)
- Ushbu gapda enwikida tasvir yoki ovoz vositalari haqida soʻz ketmaganligi uchun gapda aynan subtitr haqida gap borgan. Gap gʻaliz tushunilganligi uchun boshqa muqobil variantiga oʻzgartirildi.
- Qolgan sanab oʻtilgan barcha kamchiliklar toʻgʻrilandi.
- XayrinisoJorayeva (munozara) 06:55, 10-Iyul 2024 (UTC)
Muallifining maqola ustida harakat qilganligi koʻrinib turibdi. Maqolani toʻliq oʻqib chiqqanim yoʻq, biroq bir qaraganda koʻzga tashlanadigan muammolar mavjud.
- Ayrim qismlarda punktuatsiyadan notoʻgʻri foydalanilgan. Ammo, lekin, biroq kabi zidlov bogʻlovchilaridan keyin emas, oldin vergul qoʻyiladi.
- kechayu kunduz emas, kecha-yu kunduz kabi koʻrinishda yoziladi.
- Bundan tashqari ayrim soʻzlarga havola berish chogʻida qoʻshimchalarsiz soʻzning oʻzinigina qizartirilgan oʻrinlar mavjud.
- Shuningdek, raqamlar bilan ishlashda ham maqolaning boshida-oxirigacha bir xil tartibda yozish kerak deb oʻylayman. Shu oʻrinlarda har xilliklarni bartaraf etish lozim. Masalan, 349 138 nafar, 9,8 va 7,1 foiz, 10.60 yevro kabi.
Maqolaning istalgan yeridan biror jumla oʻqiganda gʻalizliklar, oʻquvchiga tushunarsiz boʻlgan jumlalar koʻp. Maqola hozirgi holatida statusga munosib deb oʻylamayman. Keyinchalik, kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda, koʻrib chiqib, ovoz beraman. Yoqimli tahrirlar! Sitora Oblakulova (munozara) 17:28, 14-Iyul 2024 (UTC)
- Yuqorida sanab oʻtilgan kamchiliklar toʻgʻrilandi. XayrinisoJorayeva (munozara) 18:48, 14-Iyul 2024 (UTC)
- Yuqorida sanalga kamchiliklar toʻliq bartaraf etilmagan. Ayrim oʻrinlarini toʻgʻrilab qoʻydim. Sitora Oblakulova (munozara) 04:10, 15-Iyul 2024 (UTC)
Rozilar
tahrir- Roziman – Devona Jovliyev (munozara) 09:33, 7-Iyul 2024 (UTC)
- Roziman – Zarifboyev (munozara) 06:23, 8-Iyul 2024 (UTC)
Qarshilar
tahrir- Qarshiman. Yuqorida bir nechta kamchiliklarni sanab oʻtdim. Hozircha nomzod maqola statusga noloyiq deb hisoblayman. Maqola ustida tayinli tahrirlar amalga oshirilib, holati yaxshilansa, fikrimni oʻzgartirishim mumkin. --Hasan Xamidovich (munozara) 18:48, 9-Iyul 2024 (UTC) -->
Betaraflar
tahrirXulosa
tahrirBajarilmadi — berilgan muddat ichida ikki kishi rozi, bir kishi asosli tarzda qarshi ovoz berdi, ovoz bermagan bir foydalanuvchi maqoladagi kamchiliklarni sanab oʻtdi. Jamshid Nurqul (munozara) 10:54, 21-iyul 2024 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Janob Mirzaolim (munozara) 11:25, 4-Iyul 2024 (UTC)
Ushbu maqola Tojikiston SSR tarkibida 1939—1955-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy-hududiy birlik haqida. Viloyatning oʻziga xos tabiati, aholisi maqolada yoritilgan. Rus tilidagi vikipediyada yaxshi maqola statusini olgan. Sizlardan ushbu maqola bilan tanishib chiqib, unga Yaxshi maqola statusini berishingizni soʻrayman Janob Mirzaolim (munozara) 11:25, 4-Iyul 2024 (UTC)
- Bilgiqutida gerb va bayroq tasviri bor, bilmagan odam Gʻarm viloyati oʻz gerbi va bayrogʻiga ega boʻlgan ekan, deb oʻylaydi, aslida u Tojikiston SSR gerb va bayrogʻi. Eng avval bilgiqutidan shularni olib tashlash kerak. Jamshid Nurqul (munozara) 09:14, 8-Iyul 2024 (UTC)
- Bajarildi. Tojikiston SSR gerbi va bayrogʻi bilgiqutidan olib tashlandi Janob Mirzaolim (munozara) 14:33, 18-Iyul 2024 (UTC)
Maqolaning Maʼmuriy boʻlinishi boʻlimiga qadar koʻzim tushgan xatolarni toʻgʻirladim asosiy uchraydigan xatolarga matnda edi soʻzi koʻp qoʻllangan uning oʻrniga boʻlgan soʻzi ishlatilsa soz boʻladi keyin, Maʼmuriy boʻlinishi boʻlimida -di oʻrniga -adi yoki -gan qoʻshimchalarini qoʻllasangiz uslubiy jihatdan toʻgʻri keladi. Bu yana umumiy maqola ichida ham bilingan. Hozircha shu xatolar yana xatolar toʻgʻirlansa kuzatib ovoz beraman. Mirishkorlik (munozara) 07:04, 14-Iyul 2024 (UTC)
- Bajarildi. Kirish va Tabiati boʻlimlaridagi xatoliklarni koʻrib chiqqaningiz va tuzatganingiz uchun rahmat. Qolgani boʻlimlarni ham bir sidira koʻrib, uchragan kamchiliklar tuzatildi. Janob Mirzaolim (munozara) 14:35, 18-Iyul 2024 (UTC)
Rozilar
tahrirQarshilar
tahrirBetaraflar
tahrirXulosa
tahrirBajarilmadi — berilgan muddat ichida maqolaga hech kim ovoz bermadi. Jamshid Nurqul (munozara) 10:46, 21-iyul 2024 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Janob Mirzaolim (munozara) 11:20, 4-Iyul 2024 (UTC)
Ushbu maqola Tojikistonning sharqidagi tumani haqida. Murgʻob mamlakatning ham eng sharqiy, ham eng yirik tumani sanaladi. Maqolada tuman haqida yetarlicha yoritilgan. Maqolaning ruscha varianti yaxshi maqola statusini olgan. Sizlardan ushbu maqola bilan tanishib chiqib, unga Yaxshi maqola statusini berishingizni soʻrayman. Janob Mirzaolim (munozara) 11:20, 4-Iyul 2024 (UTC)
- Salom! Maqola bilan tanishib chiqdim. Nima sababdan ikkala maqolangizda ham maʼmuriy birlik jumlasini ishlatgansiz? Ushbu maqolada esa maʼmuriy birlik, tuman. Ikkovidan birini tanlagan maʼqul menimcha. Bundan tashqari, Etimologiyasi qismidagi "yaylovdan oqib oʻtuvchi daryo yoki suv" bu qoʻshtirnoq ishlatiladimi uzwikida? Bularni inoabatga olasiz degan umiddaman. Komilhuja 10:26, 8-Iyul 2024 (UTC)
Fikrlar
tahrirBaʼzi xatoliklarga koʻzim tushdi:
- Etimologiyasi qismi vikifikatsiyaga muhtoj.
- Geografiyasi qismida manbalar bilan xatolik bor:
- Tumanning maydoni 37 265 ming km²[4] boʻlib, bu koʻrsatkich bilan Togʻli-Badaxshon tumanlari orasida birinchi oʻrinda turadi.
Hozircha koʻzim tushganlari shular Xoqoni Said yozish 17:49, 7-Iyul 2024 (UTC)
Koʻp qismida sonlar bilan ishlashdagi xatoliklarni, ayrim gʻaliz jumlalarni imkon qadar toʻgʻrilab qoʻydim. Biroq „Murgʻob tumani tarkibiga 1 ta shaharcha, 5 ta jamoat va 18 ta qishloq kiradi“ gapidagi jamoat aynan qanday hududni anglatishini tushunolmadim. Tojikiston maqolasida ham bunday nomdan foydalanilmagan ekan. Shu soʻzni jamoat markazi yoki boshqa tushunarliroq jumla bilan alishtirish kerak, menimcha. Sitora Oblakulova (munozara) 04:44, 15-Iyul 2024 (UTC)
Rozilar
tahrirQarshilar
tahrirBetaraflar
tahrirXulosa
tahrirBajarilmadi — Berilgan muddat davomida maqola uchun hech kim ovoz bermadi, bir nechta foydalanuvchi maqoladagi kamchiliklarni keltirib oʻtsa ham nominator u kamchiliklar tuzatilgan yoki tuzatilmaganini maʼlum qilmadi. Maqola tarixiga qaralganida]] nominator maqolani soʻnggi bor 2023-yilning 26-dekabrida tahrir qilgani, yaʼni maqola nomzodligi davrida tahrir qilmaganini koʻrish mumkin. Nominator ovoz berish jarayonlariga qiziqishini yoʻqotgan deb ayta olamiz. Jamshid Nurqul (munozara) 13:06, 18-Iyul 2024 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Muzaffar Murodovich (munozara) 04:34, 17-May 2024 (UTC)
Assalomu alaykum. Ushbu maqolani YM statusi nomzodligiga qayta qoʻymoqdaman. Maqola bilan tanishib chiqib, fikr bildirish va ovoz berishda ishtirok etishingizni soʻrayman. Muzaffar Murodovich (munozara) 04:34, 17-May 2024 (UTC)
- Maqolada biroz gʻalizliklar, oʻzbek tili qoidalari boʻyicha uslubiy xatoliklar bor. Kirish qismidagi gʻalizlikni toʻgʻirlab izoh qoldirdim. Oʻtgan zamon bilan tugagan gapdan keyingi bir gap hozirgi zamon bilan tugagan, undan keyingi gap yana oʻtgan zamon bilan tugagan. Maqolani yana bir marta baland ovozda (!) oʻqib koʻrib, tuzatib chiqish kerak. Kechroq vaqt boʻlganda men ham tuzatishlar kiritaman. Jamshid Nurqul (munozara) 08:40, 29-May 2024 (UTC)
- Xoʻp. Muzaffar Murodovich (munozara) 08:55, 30-May 2024 (UTC)
- Birinchi aerofotosuratlar 1858-yilda sharchi Nadar tomonidan olingan jumlasining maʼnosini tushuntirib bera olasizmi? Rosti sharchi kim ekanligini bila olmadim… Shuningdek maqolada zamon bilan bogʻliq xatoliklarni ham uchratdim bir vaqtda ham -di ham -gan zamon shaklining qoʻllanili maqolani o;qishdagi silliqlikni kamaytirgan nazarimda. XIX asrda va XX asr boshlarida tashuvchi kabutarlardan ham fuqarolik, ham harbiy tashkilotlarda ham keng foydalanilgan. Nazarimda bu oʻrinda qaysidir ham lar ortiqcha... Shuningdek ayrim oʻrinlarda egalik qoʻshimchasi -si va -i bilan bogʻliq kamchiliklar va xatoliklar uchraydi. Maqolani qaytadan tahlil qilib chiqishingizni soʻragan boʻlar edim. (ayrim oʻrinlardagi shar oʻrniga havo shari jumlasini qoʻllashni taklif qilaman) PanPanChik #yozish 19:08, 31-May 2024 (UTC)
- Nadar maqolasiga havola berilgani uchun “sharchi” soʻzini olib tashladim. Agar yoyadigan boʻlsam, juda uzun boʻlib ketardi. “keng”dan oldingi ”ham” ortiqcha ekan, olib tashladim.
- Qaysi oʻrinlarda “shar” oʻrniga “havo shari”ni qoʻyishni aytyapsiz? Men faqat ...Rossiya texnika jamiyati shardan fotosuratlar olish... joyini koʻryapman. Lekin inglizcha Vikipediyada ...photographs from a balloon and sent the developed... deb berilgan. “balloon” koʻpincha rezina pufakni anglatadi. Shuning uchun “havo shari” deb emas, balki umumiy qilib, “shar” deya tarjima qilib ketganman. Muzaffar Murodovich (munozara) 08:22, 1-Iyun 2024 (UTC)
- Maqolada -gan qo'shimchasi haddan ziyod ko'p qo'shilgandek tuyuldi menga. O'zgartirib chiqish kerak. Masalan:
Neubronner 1907-yilda ixtiroga nemis patentini olish uchun ariza bergan lekin uning arizasi rad etilgan.
- Neubronner 1907-yilda ixtiroga nemis patentini olish maqsadida bergan arizasi rad etilgan.
Soʻngra, 1908-yil dekabrda u kabutarlari tomonidan olingan fotosuratlarni haqiqiyligini isbotlagan va patent olishga muvaffaq boʻlgan.
- Soʻngra, 1908-yil dekabrda u kabutarlari tomonidan olingan fotosuratlarni haqiqiyligini isbotlagach patent olishga muvaffaq boʻlgan.
Birinchi Jahon urushi paytidagi jangovar sharoitlarda dalada oʻtkazilgan sinovlar muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Ammo bu davrda aviatsiyaning jadal rivojlanishi tufayli kabutarlarga boʻlgan ehtiyoj susaygan va Neubronner oʻz tajribalaridan voz kechgan.
- Birinchi Jahon urushi paytidagi jangovar sharoitlarda dalada oʻtkazilgan sinovlar muvaffaqiyatli amalga oshirilgan bo'lsada, bu davrda aviatsiyaning jadal rivojlanishi tufayli kabutarlarga boʻlgan ehtiyoj susaygach Neubronner oʻz tajribalaridan voz kechishga majbur bo'lgan.
- ANJANIY#gurung 09:44, 2-Iyun 2024 (UTC)
- Anjaniy, tahrir uchun rahmat. Lekin:
- Yangi abzats ochishdan nima foyda? Qolaversa, nuqta bilan boshlangan.
- Yangi gap qoʻshibsiz. Aslida bitta gapni nusxalab, ozgina oʻzgartirib, avvalidan qoʻshib qoʻyibsiz. Bir xil maʼnoli gap 2 ta boʻlib qolgan.
- Matn qoʻshganda okina, apostroflarga eʼtiborli boʻling. oʻ, gʻ larga apostrof ishlatibsiz, okina ishlating.
- Tahrir izohiga -gan qo'shimchalari kamaytirildi deb yozibsiz. Lekin faqatgina ...haqiqiyligini isbotlagan va patent olishga... gapidagi “-gan”ni oʻzgartirgansiz.
- bo'lsada emas, boʻlsa-da boʻladi.
- susaygach dan keyin vergul qoʻyiladi.
- Tahrir qilayotganda ham, izoh yozayotganda ham eʼtiborliroq boʻling. Tahriringizni qaytarildi. Muzaffar Murodovich (munozara) 06:12, 6-Iyun 2024 (UTC)
- Maqolani tekshirib, tuzatib chiqayotganimda mana bu gapga umuman tushunmadim: "Ammo Neubronner oʻzining panoramali kamerasi uchun filmni ADOX'dan olganini xabar qildi", bu yerdagi gap undan oldingi gaplar bilan umuman bogʻlanmagan, kamera reklamasi uchun "ADOXʼ" degan kinostudiyada film olinganmi shunda? Shu qismni tushunarli qilib yozsangiz. Jamshid Nurqul (munozara) 12:08, 9-Iyun 2024 (UTC)
- . Inglizchada ham gʻalizroq ekan, ruschada oʻsha gap umuman yoʻq. Ukraincha Vikipediyada yaxshiroq tushuntirilibdi, shundan olib, yaxshiladim. Muzaffar Murodovich (munozara) 05:34, 13-Iyun 2024 (UTC)
- Rahmat, maqolani yana bir qayta BALAND OVOZDA oʻqib, tuzatishlar kiritib chiqish kerak. Yuqoridagidek gʻalizliklar hali ham bor. Oʻzbek tushunadigan holga kelsin. Kirish qismi tuzatilgan, u oʻz holida qolaversin. Jamshid Nurqul (munozara) 21:30, 17-Iyun 2024 (UTC)
- "Birinchi Jahon urushi" boʻlimida avvaliga Neubronnerning ixtirosi, keyin aka-uka Wrightarning ixtirosi haqida yozilgan. Va, yangi abzats "Prussiya urush vazirligi ixtiroga qiziqib qoldi", deb boshlangan. Bu yerda aniqlashtirish kerak: Prussiya urush vazirligi aynan qaysi ixtiroga qiziqib qoldi? Neubronnerning ixtirosigami yoki Wrightlarningmi? Jamshid Nurqul (munozara) 22:13, 22-Iyun 2024 (UTC)
- Aniqlik kiritildi. Muzaffar Murodovich (munozara) 21:57, 23-Iyun 2024 (UTC)
- "Ikkinchi Jahon urushi" boʻlimida "1931-yilda Shveysariya armiyasining kabutarlarni tashish xizmatiga tayinlangan va 1933-yilda u Neubronnerning panoramali kamerasini 16 mm plyonkaga moslashtirish va uni birinchi ekspozitsiyadan oldin kechikishni nazorat qilish va filmni ekspozitsiyalar oʻrtasida tashish mexanizmi bilan takomillashtirish ustida ish boshladi" - deyilgan. Shu gap anchagina tushunarsiz chiqqan, tushunarliroq qilib yozsangiz. Maqolaning ruscha versiyasida umuman boshqa maʼnoni beruvchi gap yozilgan: "В 1931 году он был назначен в службу голубиной почты швейцарской армии, а в 1933 году начал работать над адаптацией голубиной фотокамеры Нойброннера под 16 мм плёнку, улучшением механизма контроля задержки перед первым снимком и перемоткой плёнки между кадрами". Jamshid Nurqul (munozara) 20:17, 1-Iyul 2024 (UTC)
- “umuman boshqa maʼnoni beruvchi gap yozilgan” deb oshirvordingiz. Inglizchada ham, ruschada ham mazmunan deyarli bir. Fotografiyaga oid oʻzbekchada deyarli uchramaydigan jumlalar, terminlar koʻpligi uchun gʻalizday tuyulayotgan boʻlishi mumkin. Lekin iloji boricha tushunarli qilishga harakat qilganman. Muzaffar Murodovich (munozara) 07:06, 3-Iyul 2024 (UTC)
- Nima deganingizni tushunyapsizmi? Ruschadagi "служба голубиной почты", inglizchadagi "carrier pigeons service" degani oʻzbekchaga "kabutarlarni tashish xizmati" deb tarjima qilinadimi? Maʼno butunlay oʻzgarib ketganini sezmayapsiz chogʻi?! Men uchun Vikipediyaning sifati muhim, meni ayblashdan oldin doʻppini yerga qoʻyib, yozgan narsangizni bir qayta oʻqib koʻring! Jamshid Nurqul (munozara) 07:53, 3-Iyul 2024 (UTC)
- Tarjimada bir jumla xato ketibdi. Siz aytgandek toʻgʻriladim. Rahmat. Muzaffar Murodovich (munozara) 05:02, 6-Iyul 2024 (UTC)
- “Umuman boshqa maʼnoni beruvchi gap yozilgan” deb oshirvormagan ekanmanmi? Sal kibrdan tushaylik endi. 17-iyun kuni "maqolani yana bir qayta BALAND OVOZDA oʻqib, tuzatishlar kiritib chiqish kerak", deb yozgandim, shu ishni qilganingizda ancha xatolar tuzalib qolardi. Maqolada hali xato jumlalar tiqilib yotibdi. Jamshid Nurqul (munozara) 21:26, 6-Iyul 2024 (UTC)
- Tarjimada bir jumla xato ketibdi. Siz aytgandek toʻgʻriladim. Rahmat. Muzaffar Murodovich (munozara) 05:02, 6-Iyul 2024 (UTC)
- Nima deganingizni tushunyapsizmi? Ruschadagi "служба голубиной почты", inglizchadagi "carrier pigeons service" degani oʻzbekchaga "kabutarlarni tashish xizmati" deb tarjima qilinadimi? Maʼno butunlay oʻzgarib ketganini sezmayapsiz chogʻi?! Men uchun Vikipediyaning sifati muhim, meni ayblashdan oldin doʻppini yerga qoʻyib, yozgan narsangizni bir qayta oʻqib koʻring! Jamshid Nurqul (munozara) 07:53, 3-Iyul 2024 (UTC)
- “umuman boshqa maʼnoni beruvchi gap yozilgan” deb oshirvordingiz. Inglizchada ham, ruschada ham mazmunan deyarli bir. Fotografiyaga oid oʻzbekchada deyarli uchramaydigan jumlalar, terminlar koʻpligi uchun gʻalizday tuyulayotgan boʻlishi mumkin. Lekin iloji boricha tushunarli qilishga harakat qilganman. Muzaffar Murodovich (munozara) 07:06, 3-Iyul 2024 (UTC)
- "Ikkinchi Jahon urushi" boʻlimida "1931-yilda Shveysariya armiyasining kabutarlarni tashish xizmatiga tayinlangan va 1933-yilda u Neubronnerning panoramali kamerasini 16 mm plyonkaga moslashtirish va uni birinchi ekspozitsiyadan oldin kechikishni nazorat qilish va filmni ekspozitsiyalar oʻrtasida tashish mexanizmi bilan takomillashtirish ustida ish boshladi" - deyilgan. Shu gap anchagina tushunarsiz chiqqan, tushunarliroq qilib yozsangiz. Maqolaning ruscha versiyasida umuman boshqa maʼnoni beruvchi gap yozilgan: "В 1931 году он был назначен в службу голубиной почты швейцарской армии, а в 1933 году начал работать над адаптацией голубиной фотокамеры Нойброннера под 16 мм плёнку, улучшением механизма контроля задержки перед первым снимком и перемоткой плёнки между кадрами". Jamshid Nurqul (munozara) 20:17, 1-Iyul 2024 (UTC)
- Aniqlik kiritildi. Muzaffar Murodovich (munozara) 21:57, 23-Iyun 2024 (UTC)
- . Inglizchada ham gʻalizroq ekan, ruschada oʻsha gap umuman yoʻq. Ukraincha Vikipediyada yaxshiroq tushuntirilibdi, shundan olib, yaxshiladim. Muzaffar Murodovich (munozara) 05:34, 13-Iyun 2024 (UTC)
- Maqolani tekshirib, tuzatib chiqayotganimda mana bu gapga umuman tushunmadim: "Ammo Neubronner oʻzining panoramali kamerasi uchun filmni ADOX'dan olganini xabar qildi", bu yerdagi gap undan oldingi gaplar bilan umuman bogʻlanmagan, kamera reklamasi uchun "ADOXʼ" degan kinostudiyada film olinganmi shunda? Shu qismni tushunarli qilib yozsangiz. Jamshid Nurqul (munozara) 12:08, 9-Iyun 2024 (UTC)
- Anjaniy, tahrir uchun rahmat. Lekin:
- Maqola bir yarim oydan buyon muhokamada. Maqoladagi kamchiliklar hali ham bisyor. Masalan, Qoʻshimcha oʻqish uchun boʻlimiga keltirilgan adabiyotlarga havola (link) berilmagan. Turkumlarning birortasi yaratilmagan. Maqoladagi hali yaratilmagan ichki havolalar uchun hech boʻlmaganda {{tarjima qilinmagan 5}} andozasidan foydalanish kerak. Oʻquvchi hech boʻlmaganda boshqa tildagi maqola bilan tanishadi va zarur deb bilsa, tarjima ham qilishi mumkin. Ayrim nomlar oʻzbekchalashtirilishi kerak (Germaniya emas, Olmoniya). Menimcha, kelasi bir hafta ichida shu va boshqa xatolar tuzatilmasa, ushbu nomzodni bajarilmadi deb yopish mumkin. Umarxon III (munozara) 12:04, 3-Iyul 2024 (UTC).
- “Qoʻshimcha oʻqish uchun boʻlimiga keltirilgan adabiyotlarga havola (link) berilmagan“. Linki borlari berilgan. Inglizcha Vikipediyada linklar qanday boʻlsa, oʻshanday koʻchirganman (bu maqola tanlangan statusini olgan).
- Shu paytgacha yaratilmagan turkumlar boʻyicha eʼtirozlar boʻlmagan. Toʻliqlashtirib qoʻya qoldim. (Siz yaratgan va status olgan Donald Trump, Dag Hammarskjöld maqolalarini olaylik. Yaratilmagan turkumlar, qizil havolalarga qoʻyilmagan {{tarjima qilinmagan 5}} bor. Bunga nima deysiz?)
- {{tarjima qilinmagan 5}} andozasini qoʻymaganlik uchun ham eʼtiroz boʻlmagan. Yoki bu andozani siz yaratganingiz uchun qistirib oʻtib ketyapsizmi? :)
- Deyarli barcha joyda Germaniya deyiladi, Olmoniya emas. Lekin aynan bu maqolada Olmoniya boʻlishi kerak. Qiziq. Agar siz aytayotgandek “oʻzbekchalashtirish” kerak boʻlsa, Germaniya maqolasini Olmoniya ga koʻchirish ham kerakmi?
- Taʼkidlaganlaringizning aksariyati mayda gap, eʼtiborga arzimaydi. Tirnoq ichidan kir qidiryapsiz. Muzaffar Murodovich (munozara) 08:19, 6-Iyul 2024 (UTC)
Rozilar
tahrir- Roziman Yaxshi maqola chiqqan. Janob Mirzaolim (munozara) 07:22, 28-May 2024 (UTC)
- Roziman yaxshi yozilgan maqola, tarixini koʻrgan holda shuni ayta olamanki, yetarlicha mavjud kamchiliklar bartaraf etilgan – Axadjon1 (munozara) 08:20, 28-May 2024 (UTC)
- Roziman. YM kriteriylariga va statusiga loyiq maqola. – Kagansky munozara 09:12, 28-May 2024 (UTC)
# Roziman ANJANIY#gurung 12:16, 30-May 2024 (UTC) – Butun matnni bir xillikdan ozod qilgach, ovoz berishni oʻylab koʻraman. Nimani nazarda tutayotganimni fikrlar boʻlimida keltirib oʻtganman va maqola tarixida kiritgan oʻzgartirishlarimdan misol olsangiz ham boʻladi. ANJANIY#gurung 09:35, 3-Iyul 2024 (UTC)
- Qanday bir xillik? -gan qoʻshimchasi oʻrniga -di qoʻyish kerakmi?
- Fikrlar boʻlimida keltirgan fikringiz qanchalik xato ekanligini shu boʻlimda aytib oʻtganman va maqolada qilgan tahriringizni asosli ravishda qaytarganman. Yana nimani talab qilayotganingizni tushunmayapman. Muzaffar Murodovich (munozara) 16:25, 6-Iyul 2024 (UTC)
- Roziman – Ibrohimjon 06:36, 5-Iyun 2024 (UTC)
- Roziman - Mirishkorlik (munozara) 11:55, 6-Iyun 2024 (UTC)
- Roziman - Ahror Akramovich (munozara) 19:52, 7-Iyun 2024 (UTC)
# Roziman. Maqola mavzusi juda qiziqarli va YM talablariga mos. Umarxon III (munozara) 13:52, 9-Iyun 2024 (UTC).
Qarshilar
tahrirBetaraflar
tahrirXulosa
tahrir17-may kuni statusga nomzodlikka qoʻyilgan maqolaning xatolaridan biri 6-iyulga kelib tuzatilganining oʻzi ham maqola hali ancha tahrirga muhtojligini bildiradi. Bu maqola status uchun nomzod qilinganidan keyin shaxsan oʻzim bir necha marta tahrirlaganman, xatoliklari qay darajada ekanini, qanaqa ahvoldan qay holatga kelganini yaxshi bilaman. Boshqa tillardagi xuddi shu maqola bilan solishtirganimda butunlay boshqa maʼno kelib chiqqan, buni nominatorga aytganimda maqolada xato yoʻq deb turib olgan. Xatosini keltirib berganimdan soʻng tuzatgan lekin bu tuzatish dengizdan tomchi, xolos. Hamma xatolarini tuzatib chiqish uchun menda na vaqt, na xohish, na sabr bor. Shundoq ham maqolani ancha tahrir qilib, uning ustida koʻp vaqt sarf qilindi. Boshqa foydalanuvchilar maqolaning holatini yaxshilashga qiziqish bildirishganida, hashar qilib boʻlsa ham uni yaxshi holatga keltirish mumkin edi. Qisqa qilib aytganda - rozi ovozlar bor boʻlishidan qatʼiy nazar, maqola matnini oʻqib, boshqa tillar bilan solishtirib chiqqan kishi sifatida maqola status olish uchun hali tayyor emas deb hisoblayman. Nima boʻlganda ham nominatorga tashakkurlar. Maqolaning holatini yaxshilagandan keyin uni yana status uchun nomzod qilish mumkin. Jamshid Nurqul (munozara) 21:47, 6-Iyul 2024 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Egamberdi Iskandarov (munozara) 11:36, 8-Yanvar 2024 (UTC)
Assalomu alaykum barchaga! Quyidagi ushbu maqola Geografiya fanining katta tarmogʻi boʻlgan Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning yangi yoʻnalishi „Yangi iqtisodiy geografiya“ haqida. Ushbu maqolani statusli maqola darjasiga olib chiqishda yordamlaringizni soʻrayman. Maqolada kamchiliklar boʻlsa toʻgʻirlayman. Ushbu maqola rus vikipediyasida Yaxshi maqola statusini olgan. Barchaga rahmat! Egamberdi Iskandarov (munozara) 11:36, 8-Yanvar 2024 (UTC)
Fikrlar
tahrirMaqolani kuzatish davomida quyidagilarga koʻzim tushdi:
- Tire „—“ bilan -dir birga kelmaydi.
- Maqola ichidagi qizil wikilinklarni koʻkartirish kerak. Ayniqsa, birinchi gapdagi 2 ta qizil wikilinkni. Chunki, bularni bilmagan oʻquvchi maqolani umuman tushunmaydi.
- Uzun gaplarni toʻgʻrilash kerak. Ayniqsa, „Dixit-Stiglitz-Krugman modeli – 1977-yilda Avinash Dixit va Jozef Stiglitz tomonidan taklif qilingan model boʻlib, u monopolistik raqobatni monopol hokimiyat mavjudligini va bu hokimiyat hosil qiladigan daromadning ortib borayotganligini tan olishga urinish sifatida tavsiflaydi“ kabi gaplar oʻquvchida tushunmovchilik hosil qiladi. Yaxshisi shu va shunday gaplarni 2 ga boʻling.
- Kirish qismini koʻpaytirish kerak. Yaqinda YM statusini olgan maqolalar kirish qismini koʻring. Young Economist7 (munozara) 09:21, 9-Yanvar 2024 (UTC)
- Assalomu alaykum, fikringiz uchun rahmat! Kamchiliklarni albatta to'g'irlayman. Kamchiligimni aytganingiz uchun sizga rahmat! Egamberdi Iskandarov (munozara) 14:35, 9-Yanvar 2024 (UTC)
- Assalomu alaykum, maqoladagi siz aytgan kamchiliklarni to'g'irlab chiqdim. Kirish qismini ham boyidim va bir qancha xatolarni to'g'irladim. Kirish qismidagi qizil wikilink hali o'zbek wikipediyasida mavjud bo'lmaganligi uchun ularni o'zbek tilida yaratayabman. Tez kunlarda qizil wikilinklar ham tayyorlayman. Egamberdi Iskandarov (munozara) 15:30, 12-Yanvar 2024 (UTC)
Rozilar
tahrirQarshilar
tahrirBetaraflar
tahrirXulosa
tahrirBajarilmadi — 2 hafta davomida hech kim ovoz bermadi. Jamshid Nurqul (munozara) 22:28, 21-Yanvar 2024 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Janob Mirzaolim (munozara) 07:51, 25-Dekabr 2023 (UTC)
Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi Osiyoning eng yaxshi loukoster aviakompaniyalaridan biri. Aviakompaniya haqidagi maqola inglizcha Vikipediyada „yaxshi“ unvonini qoʻlgan kiritgan. Ushbu maqola bilan tanishib, u boʻyicha oʻz fikringizni bildirishingizni soʻrayman Janob Mirzaolim (munozara) 07:51, 25-Dekabr 2023 (UTC)
Fikrlar
tahrirIllyustratsion tasvirlarni koʻpaytirish kerak. Ushbu maqolaning inglizchasi tasvirlarga boyroq ekan. Yana, aviakompaniyaning logosini uzwikiga insofli foydalanish mezonlari asosida yuklash va bilgiqutiga joylashtirish lozim. Hozirgi koʻrinishida tasvir kam. Jamshid Nurqul (munozara) 10:56, 25-Dekabr 2023 (UTC)
- 1. Bilgiqutiga logo joylashtirildi.
- 2. Maqolaning inglizcha variantidagi rasmlar o'zbekchadagisida ham aks ettirildi. Janob Mirzaolim (munozara) 06:36, 26-Dekabr 2023 (UTC)
Maqola bilgiqutisdagi qizilwikilinklarni ko‘kartirish kerak. Maqolani o‘qiyotgan kishida tushunmovchilik hosil qilishi mumkin. -Egamberdi Iskandarov (munozara) 10:15, 17-Yanvar 2024 (UTC)
Rozilar
tahrirQarshilar
tahrirBetaraflar
tahrirXulosa
tahrirBajarilmadi — nominatsiyaga qoʻyilgan maqola bir oyga yaqin vaqt davomida birorta ham ovoz ololmadi. Jamshid Nurqul (munozara) 20:29, 20-Yanvar 2024 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Akhrorbeak (munozara) 11:02, 16-Dekabr 2023 (UTC)
Assalomu aleykum. Bu maqola Quddus Qirolligi uchun jonidan kechgan qirol haqidadir.O'z fikrlaringizni bildirib qolishingizni so'rayman. Akhrorbeak (munozara) 11:02, 16-Dekabr 2023 (UTC)
Fikrlar
tahrirBilgiqutidagi rasm qayerdan olingan? Nimaga qarab (qaysi manba asosida) chizilgan? Yasama ong (sunʼiy intellekt) mahsulimi yoki oʻzingiz chizganmisiz? Tasvir muallifi sifatida oʻzingizni koʻrsatgan ekansiz. Jamshid Nurqul (munozara) 11:07, 16-Dekabr 2023 (UTC)
- Buni men o'zim sun'iy intellektdan olib oz-moz joylarini to'g'rilab, tiniqlashtirib bilqutiga qo'yganman Akhrorbeak (munozara) 12:24, 16-Dekabr 2023 (UTC)
- Yasama ong yordami bilan yaratilgan rasm mustaqil tadqiqot boʻlib chiqishi mumkin (VP:MTT), maqolaning inglizcha versiyasidagi bilgiqutida foydalanilgan rasmni qoʻyganingiz maʼqulroq. Jamshid Nurqul (munozara) 14:45, 16-Dekabr 2023 (UTC)
- Ammo bu rasm internet brauzerlarda ham bor. Faqat xira. Men shunga o'zgartirishlar kiritgan holda yangiroq ya'ni tiniqroq rasm tayyorladim.Inglizcha versiyasida rasmlar uncha yaxshi emas. Akhrorbeak (munozara) 15:24, 16-Dekabr 2023 (UTC)
- Mana bu yerda izlab koʻrsam siz yuklagan rasmning xuddi oʻzi kelib chiqyapti, albatta tiniqligi farq qilishi mumkin. Vikipediyada sifatli maqolalarni yaratish yoʻlida harakat qilayotganingiz uchun tashakkur ammo rasm sizning mualliflik ishingiz emas ekan. Shu sababli yuqorida bildirgan fikrim aktualligicha qoladi, avvaldan mavjud rasmdan foydalanganingiz yaxshiroq. Jamshid Nurqul (munozara) 16:48, 16-Dekabr 2023 (UTC)
- Ammo bu rasm internet brauzerlarda ham bor. Faqat xira. Men shunga o'zgartirishlar kiritgan holda yangiroq ya'ni tiniqroq rasm tayyorladim.Inglizcha versiyasida rasmlar uncha yaxshi emas. Akhrorbeak (munozara) 15:24, 16-Dekabr 2023 (UTC)
- Bilgiqutida foydalangan tasviringiz plagiat sifatida Wikimedia Commonsda oʻchirishga nomzod qilindi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 09:43, 13-Yanvar 2024 (UTC)
- Yasama ong yordami bilan yaratilgan rasm mustaqil tadqiqot boʻlib chiqishi mumkin (VP:MTT), maqolaning inglizcha versiyasidagi bilgiqutida foydalanilgan rasmni qoʻyganingiz maʼqulroq. Jamshid Nurqul (munozara) 14:45, 16-Dekabr 2023 (UTC)
Rozilar
tahrir# Roziman. Bu maqola teranligi jihatdan menga yoqdi.Raketa.uz (munozara) 14:58, 10-Yanvar 2024 (UTC) — 2 ta tahrir qilgan foydalanuvchi birdan statusga nomzodlikka qoʻyilgan maqola uchun ovoz berishi gʻalati. Bu ovozlardan qoʻgʻirchoqbozlikning hidi kelyapti. Jamshid Nurqul (munozara) 20:44, 10-Yanvar 2024 (UTC)
# Roziman. Maqola mazmunli va ajoyib.La.roi7 (munozara) 15:04, 10-Yanvar 2024 (UTC) — bu ovozda ham ayni yuqoridagidek holat kuzatilgan. Jamshid Nurqul (munozara) 20:44, 10-Yanvar 2024 (UTC)
Qarshilar
tahrir- Qarshiman, maqolada mashina tarjimasi qismlari saqlanib qolgan, aksar jumlalar tushunarsiz. statusga loyiq emas. Alpasli (munozara) 20:34, 13-Yanvar 2024 (UTC)
Betaraflar
tahrirXulosa
tahrirBajarilmadi — maqola bir oyga yaqin muddat ichida yetarli ovoz toʻplay olmadi, rozi boʻlib berilgan ikkita ovoz yangi ochilgan profillarning ovozi boʻlgani uchun VP:QOʻGʻda shubha qilinib qabul etilmadi. Bitta asosli qarshi ovoz oldi. Maqola bilgiqutisida foydalanilgan surat ham plagiatorlik mahsuli sifatida Vikiombordan oʻchirishga nomzod qilindi. Nima boʻlganda ham, uzwikida sifatli maqola yaratish yoʻlida xizmat qilayotgan nominatorga tashakkurlar. Maqolani statusga loyiq holga keltirib, qayta nomzodlikka qoʻyish mumkin. Jamshid Nurqul (munozara) 20:42, 13-Yanvar 2024 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Muzaffar Murodovichmusohaba 08:51, 11-Dekabr 2023 (UTC)
Assalomu alaykum. Ushbu maqola 2006-yilda Uzgen tomonidan yaratilgan. Maqolani qoʻldan kelgancha shu holatgacha olib keldim. Mavzuning koʻlami qisqaroqligi uchun tanlangan maqola nomzodligidan yaxshi maqola nomzodligiga oʻtkazdim. Fikr bildirishda ishtirok etishingizni soʻrab qolaman. Muzaffar Murodovichmusohaba 08:51, 11-Dekabr 2023 (UTC)
Fikrlar
tahrirMaqola ustida qilgan mehnatlaringizni qadrlayman, lekin maqolaning „Oʻlimi“ boʻlimi biroz chaladek. Hamzaning oʻlimi albatta alohida maqolaga loyiq hodisa lekin maqolada ham Hamzaning oʻlimi haqida tuzukroq maʼlumot berilsa yaxshi boʻladi. Hozirgi holatda xalq Hamzani shunchaki, zerikishdan oʻldirgandek taassurot uygʻonyapti. Jamshid Nurqul (munozara) 13:00, 1-Yanvar 2024 (UTC)
- „Oʻlimi“ boʻlimini yana ham toʻldirishga harakat qilaman. Muzaffar Murodovichmusohaba 04:19, 12-Yanvar 2024 (UTC)
__________
Maqola mazmunan ancha boʻsh, toʻldirishlarga muhtoj. Hamzaning hayoti, xususan necha marta uylangani, oʻldirilishiga olib kelgan sabablar umuman yozilmagan, „Hayoti“ boʻlimida uning tarjimayi holi qolib, asosan maktabdorlik faoliyati yoritilgan. Bunday katta va koʻp oʻrganilgan shaxsiyat haqida chala maʼlumotlar yozilgan maqolaga status berish xato. Yuqorida (bir haftacha oldin) Hamzaning oʻldirilishi haqida batafsilroq yozilishi kerakligini taʼkidlagandim, nominator statusga boʻlgan qiziqishini yoʻqotganmi, hech bir fikr bildirmadi, maqolani toʻldirishga urinayotgani yoki toʻldirish shart emasligi haqida hech narsa yozmadi. Maqolada uslubiy xatolar ham bor (til masalasi!), ular haqida yozmayapman hali. Qanday statusga nomzod boʻlsa ham, maqola hali ancha toʻldirilishi kerak! Jamshid Nurqul (munozara) 21:08, 6-Yanvar 2024 (UTC)
- Jamshid Nurkulov, avvalo befarq boʻlmaganingiz va fikr berganingiz uchun rahmat.
Maqolaga kitoblar, veb-saytlar orqali maʼlumotlar qoʻshdim. Ancha izlandim. Lekin boshqa manbalar topa olmadim. „Hayoti“ boʻlimiga doir qoʻshsa boʻladigan maʼlumotlar asossan maktabdorlik faoliyatiga doir edi. Shuni qoʻshganman.
Statusga qiziqishimni yoʻqotganim yoʻq. Oxirgi haftalarda vaqtim biroz kamligi uchun nomzodlik sahifaga qarash yodimdan koʻtarala yozibdi. Muzaffar Murodovichmusohaba 04:20, 12-Yanvar 2024 (UTC)
Rozilar
tahrir- Roziman. Maqolada shaxs bosh sahifaga olib chiqilishini qoʻllab-quvvatlayman! Salazarov 20:01, 16-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman maqola TMga nomzodligida tubdan koʻrib chiqilgandi, xatolarni deyarli koʻrmadim. Oʻzbek adabiyotida muhim va oʻz oʻrniga ega shaxs haqida ajoyib maqola uchun – Mirishkorlik (munozara) 12:20, 17-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman. YM talablariga mos maqola. – Kagansky munozara 09:15, 26-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman. maqola ustida yaxshi mehnat qilingani matn oʻqilishidagi „yengillikdan“ ham maʼlum. Alpasli (munozara) 19:38, 30-Dekabr 2023 (UTC)
- Ajoyib maqola uchun Roziman. Ibrohimjon 05:07, 31-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman YM statusiga mos maqola – Axadjon1 (munozara) 10:43, 2-Yanvar 2024 (UTC)
- Roziman – Ahror Akramovich (munozara) 19:23, 8-Yanvar 2024 (UTC)
Qarshilar
tahrir- Qarshiman! — Hozirgi holatida maqola hech bir statusga tortmaydi. Maqola mavzusi oʻta yirik shaxsiyat haqida boʻlsa, u haqdagi koʻplab ilmiy adabiyotlar, ilmiy ishlar, gazeta va jurnallar, elektron resurslarda eʼlon qilingan materiallarni erinmasdan oʻrganish, ishonchli manbalardagi maʼlumotlarni viki talablariga mos holda maqolaga kiritish kerak. Hozirgi holida esa maqola ancha sayoz, uni statusga olib chiqish uchun yana harakat qilish kerak. Ushbu maqolani kamida ruvikidagi „Lev Trotskiy“ maqolasi darajasida salmoqli qilish mumkin. Yuqorida, „Fikrlar“ boʻlimida Hamzaning hayoti, xususan necha marta uylangani, oʻldirilishiga olib kelgan sabablar umuman yozilmagani, „Hayoti“ boʻlimida uning tarjimayi holi qolib, asosan maktabdorlik faoliyati yoritilgani, qanday statusga nomzod boʻlsa ham, maqola hali ancha toʻldirilishi keraklini aytib oʻtgandim. Bir qancha vaqt oʻtgan boʻlsa ham nominator fikrlarimga na eʼtiroz bildirdi, na maqolani toʻldirishga harakat qildi. Bundan, nominator maqolaning status olishiga qiziqishini yoʻqotganini tushunish mumkin. VP:YMN? qoidasining 5-bandida „Maqola toʻliq boʻlishi va tugallanmagan boʻlimlarni oʻz ichiga olmasligi kerak“, deb yozilgan, maqolada esa bidan ortiq boʻlimlar toʻliqsiz holda. Nima boʻlganda ham uzwikiga salmoqli hissa qoʻshib kelayotgan nominatorga tashakkurlar aytaman, yoqimli tahrirlar tilayman. Boshqalarga esa nominant maqolalar uchun ovoz berishdan oldin ularni eʼtibor bilan oʻqib chiqishni tavsiya etaman. Jamshid Nurqul (munozara) 01:53, 12-Yanvar 2024 (UTC)
Betaraflar
tahrirXulosa
tahrirBajarilmadi Maqolada baʼzi qismlar batafsil yoritilmagan. Shu sababli VP:YMN? qoidasining 5-bandiga hamda Foydalanuvchi:Jamshid Nurqul tomonidan keltirilgan asosli eʼtirozlarga asoslangan holda ushbu nomzodga status berilmadi. Nominator yoki boshqa foydalanuvchi koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, statusga qaytadan nomzod sifatida koʻrsatishi mumkin. Laziz Baxtiyorov (munozara) 11:23, 12-Yanvar 2024 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.