Vikipediya munozarasi:Imlo va grammatika
Yangi qoidalar
tahrirUshbu sahifada oʻzbekcha Vikipediyaga hissa qoʻshadigan barcha foydalanuvchilar amal qilishi kerak boʻlgan imloviy hamda ayrim uslubiy qoida va koʻrsatmalar jamlangan. Ushbu qoidalar majmuasini „Uslub qoʻllanmasi“ (inglizcha: Manual of style) deb nomlash mumkin. Bugunda qadar har kim har xil qoidalarga rioya qilib keladi. Taklif qilinayotgan qoidalarni muhokama qilib, rasman qabul qilib olganimizdan keyin oʻzbekcha Vikipediyadagi barcha sahifalarda ularga amal qilinishini talab qilamiz.
Qoidalar koʻp sonli boʻlgani uchun har bir boʻlim boʻyicha alohida munozara olib borishni taklif qilaman. Fikr bildirayotganda nufuzli manbalarga havola qoldirsangiz, barchamiz uchun foydali boʻladi. Izoh yozib boʻlgandan keyin ~~~~ belgisi bilan imzo chekishni unutmang. Nataev munozara 08:08, 19-Avgust 2022 (UTC)
Harflar
tahrirOldindan amal qilib kelgan qoidalarimiz. Yagona oʻzgarish — y(a), y(o) va y(u) imlosi. Bu borada har kim har xil qoidaga amal qilib keladi (aktor/aktyor, komputer/kompyuter, sentabr/sentyabr va hokazo). Nataev munozara 08:08, 19-Avgust 2022 (UTC)
Fikrlar
tahrir„Sentyabr“ — „sentabr“, „aktyor“ — „aktor“, „kompyuter“ — „komputer“ soʻzlariga toʻxtaladigan boʻlsak:
- Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek tili qoidalari kitobning (yaʼni ushbu kitob hozirda oʻzbek tilidagi barcha soʻzlar imlosining bosh manbasidir) 17-betida „aktyor“ shaklida aniq belgilangan. Yana qarang: „aktor“ soʻzi esa 30-betda fizikaga aloqador soʻz deya berilgan. Ushbu nufuzli manbaga koʻra, Vikipediyamizga „aktyor“ shaklini olganimiz maʼqul, nazdimda.
- „Sent(y)abr“ soʻzi uchun bu manbani koʻrsata olmayman. Sabab, nashrda muammo tufayli anglashilmovchilik boʻlgan boʻlishi mumkin. Lekin Kun.uz saytidagi mana bu maqolaga qarang. Ushbu manbaga koʻra, „sentabr“ maʼqul variantdir.
- „Komp(y)uter“ soʻziga kelsak, huddi shu manba ning 213-betida kompyuter soʻzi ishlatilgan. „Komputer“ versiyasi esa haqiqiy chalasavodlikdir. Shuning uchun, „kompyuter“ soʻzini asos qilib olish kerak deb oʻylayman.
Qoʻshimcha
OʻZBEK TILINING IMLO LUGʻATI — juda nufuzli manba. Chop etishdagi kichik anglashilmovchilik uchun manba obroʻsizlantirilmasligi kerakdir. Hurmatli @Nodir ogʻa, keltirgan asos va fikrlarimni inobatga olasiz, degan umiddaman. Muhammad Ali (munozara) 14:02, 20-Avgust 2022 (UTC)
- Sent(y)abr masalasida adashyapsiz. Maqoladagi jadvalda koʻrsatilganidek, bugunga qadar kun.uz da „sentabr“ bilan „sentyabr“ deyarli teng ishlatilgan. Bundan tashqari, kun.uzdagi bitta maqola nufuzli manba boʻla olmaydi. Maqolada yozilganidek, 2013-yilgi imlo lugʻatida „sentyabr“ deb yozilgan. Oʻzbekistondagi koʻplab gazeta-jurnal, kitob va reklamalarda ham „sentyabr“ yozilyapti. Hammaga oson, tushunarli boʻlishi uchun „aktyor“, „sentyabr“, „kompyuter“ deb yozish tarafdoriman. Nataev munozara 13:43, 20-Avgust 2022 (UTC)
- Qolgan ikkitasi yaxshi, lekin, „sentyabr“ga chidash, negadir, qiyin. „Sentyabr“ deb olamiz shekilli. Chunki mana bu manbada „sentabr“ga yaqin boʻlgan soʻz „oktyabr“ deb yozilgan. „Oktabr“ deb emas. Savodxon.uzda ham shu ahvol. Fikringiz menga maʼqul, @Nataev. Muhammad Ali (munozara) 14:02, 20-Avgust 2022 (UTC)
- Kun.uz saytida bir maqolada ham sentyabr, ham sentabr kelyapti (1, 2, 3). Qavs ichida misol sifatida berilgan havolalarga qarasak, asosan sentabr ishlatilgan. Masalan, ayni maqolada toʻrt-besh marta sentabr, deb yozilsa, bir marta sentyabr, deb yozilgan. Deyarli teng ishlatilgan deyish notoʻgʻri boʻladi, chamamda. Sababi sentabr, deb qidirganda ham, sentyabr, deb qidirganda ham bir maqola ikkalasiga ham hisobga oʻtyapti (maqolada sentabr koʻp ishlatilgan boʻlsa ham). Boshqa tomondan, sentabr, deb qidirganda, ilk 40 ta natijadagi eng oxirgi, yaʼni 40-maqola 16-avgustda chop etilgan. Sentyabr, deb qidirsak, ilk 40 ta natijadagi 40-maqola 11-martda chop etilgan. Bundan, hozirda kun.uz asosan sentabrni ishlatyapti degan xulosa qilsak boʻladi. Daryo.uz saytida sentyabr uchun 210 ta natija, sentabr uchun esa 10 940 ta natija topildi. Oʻqituvchi nashriyoti tomonidan 2016-yilda qayta chop etilgan imlo lugʻatida esa „sentabr“ deb yozilgan. Bundan tashqari, maktab/litsey/kollejlarda oʻquvchilarga sentabr, deb oʻrgatishadi. Malikxan munozara 19:43, 21-Avgust 2022 (UTC)
- Kun.uz har ikki variantni ishlatyaptimi, demak biz uchun nufuzli manba boʻla olmaydi. „Oʻqituvchi“ nashriyotidan „Akademnashr“ ozroq nufuzli, deya olmaymiz. Shunday ekan, biri muhimroq boʻla olmaydi. Maktab va litseylarga kelsak, balki sizning litseyingizda shundaydir. Toshkentda barcha reklamalarda, gazetalarda sentyabr variantini koʻrdim. Yoki ularni yozganlarni birortasi maktabda va litseyda oʻqimagan, yoki ular shunchaki hamma norasmiy tarzda oʻtib olgan qoidaga amal qila boshlagan. „Akademnashr“ 2013-yilda chop etgan (bugunga qadar keng keng koʻlamli) imlo lugʻati esa bu tendensiyani rasmiylashtirdi, xolos. Qolaversa, barcha vikilarda eng koʻp qoʻllaniladigan variantni ishlatish ragʻbatlantiriladi. Sahida taklif qilingan qoida bu chigallik nuqta qoʻyadi. Shuningdek, har doim aytganimdek, menga oʻxshagan lotin-kirill konverterdan foydalanadiganlarga shu variant qulay. Nataev munozara 05:05, 24-Avgust 2022 (UTC)
- Assalomu alaykum. Meningcha, hozir turli manbalarni izlasak sentabr shakli ham, sentyabr ham istaganimizcha topiladi. Bitta kitobning o'zida bir necha xil shaklda uchragan bo'lishi mumkinligiga ham shubham yo'q. Demak, yakuniy qaror yana o'zimizda qoladi. Meni qiziqtirayotgani shuki, nega biz sentyabr deb talaffuz qila turib yana sentabr deb yozmoqchimiz? Buni ruslarga taqlid deb hisoblasangiz, aslo unday emas. Siz o'zingiz shunday talaffuz qilyapsiz va shunday ishlatishga haqqingiz bor, bu taqlid degani emas-ku. Masalan, qarang, g'alatyiroq o'xshatish qilaman. Siz ertalab ovqatlanishingiz kerak, ruslar ham ertalab ovqatlanadi. Siz iye, ruslar ertalab ovqatlanar ekan, menam ertalab ovqatlansam ularga taqlid qilgan bo'lib qolaman deysizmi? Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 05:50, 24-Avgust 2022 (UTC)
- Assalomu alaykum, oʻzbekcha vikipediyada nafaqat „sentabr“ yoki „sentyabr“ jumlasini yozilishni hal etish kerak, balki „yu“, „ya“, „yo“, „ц“ („ts“ yoki „s“) uchraydigan soʻz va jumlalar yozilishini ham aniq-tiniq joriy etish lozim. Shuningdek, oʻzbekcha vikipediyada tarkibida „yu“, „ya“, „yo“, „ц“ („ts“ yoki „s“) boʻlgan soʻzlarning aniq roʻyxatini shakllantirish zarur. Quyidagi fikr va maqolalarni oʻqib koʻrsak, hozirgacha tilshunoslar orasida yakdil fikr yoʻqligini koʻrish mumkin. «Sentabr»mi yoki «sentyabr»? (kun.uz), Қайси бири тўғри: «sentabr» ёки «sentyabr»? | Xushnudbek.uz, Lotin o‘zbek yozuvida ayrim so‘zlarning yozilishi bo‘yicha Til va adabiyot instituti tilshunoslarining tavsiyalari | Xushnudbek.uz, “Sentabr” yoziladimi yoki “sentyabr”? — «Daryo», Sentyabr қандай қилиб sentabr бўлиб қолган ва бу масала қачон ечим топади? (hudud24.uz), Munosabat: Imlo qoidalari qachon shakllanadi?, Shahnoza Soatova blogi, Egasi yo‘q muammo: imlodagi chalkashliklarga yechim kerak — «Daryo», Shahnoza To‘raxo‘jayeva. Daryo tilim, tilim-tilim…“Tafakkur” jurnali savollariga javoblar | Xurshid Davron kutubxonasi (kh-davron.uz), MANBAIMI yoki MANBAYIMI? - zarnews.uz, O'zbek tili davlat tiliga aylandimi? - BBC News O'zbek. Shu sababdan oʻzbekcha vikipediya administratorlari munozaralarda foydanuvchilar tomonidan bildirib oʻtilgan fikr-mulohazlarani inobatga olgan holda, oʻzbekcha vikipediyaning imlo va grammatikasi boʻyicha qatʼiy qoidalarni joriy etishi, barcha foydalanuvchilar uchun bu majburiy boʻlishini taklif etaman. Bu orqali oʻzbekcha vikipediya dunyodagi „eng xunuk alifbo“ning qusurlaridan holi boʻlgan boʻladi. Humoyun Qodirov (munozara) 08:01, 24-Avgust 2022 (UTC)
- Barcha vikilarda eng koʻp qoʻllaniladigan variantni ishlatish ragʻbatlantirilishini hisobga olsak, sentyabr sentabrga qaraganda koʻp qoʻllaniladi, deb oʻylamagan boʻlardim. Kun.uz, daryo.uz, maktab darsliklarida (1, 2, 3) asosan sentabr, oktabr ishlatiladi. Reklamalarga kelsak, balki siz uchratgan reklamalarda shundaydir. Lotin-kirill konverter muammosini yechish mumkin. Yaʼni, uning manba kodiga tegishli oʻzgartirish kiritilsa, masalan, biror sahifada sentabr, deb yozilsa, sahifa kirillchaga oʻtganda сентaбр emas, сентябр boʻlib koʻrinadigan qilishning iloji bor. Chigallikka nuqta qoʻyish uchun ikkalasidan birini tanlashimiz kerak, aynan sentyabr variantini emas. Malikxan munozara 19:27, 24-Avgust 2022 (UTC)
- Assalomu alaykum, sentabr va sentyabr so'zlari qo'llanilishida sentabr variyanti ma'niliroq yechim deb hisoblayman. Garchi turli manbalarda turlicha keltirilgan bo'lsa ham. Rosti bu so'zning hatto imlo lug'atidagi holati ham deyarli ikki xil talqin etilgan. Jumladan, "O'zbek tilining kirill va lotin alifbolaridagi imlo lug'ati" 2004-yil, sharq nashriyoti kitobida сентябрь -- sentabr; октябрь -- oktabr shaklida berilgan. Panpanchik (munozara) 14:17, 24-Avgust 2022 (UTC)
- Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-avgustdagi 339-son qaroriga qilingan ILOVA
- O‘ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARI
- HARFLAR IMLOSI
- Unlilar imlosi
- 1. A a harfi:
- 1) aka, alanga, aloqa, og‘a; sentabr, noyabr kabi so‘zlarda old qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi. Olimidono (munozara) 14:05, 24-Avgust 2022 (UTC)
- Malikxan, Panpanchik, Olimidono, xoʻp, sentabr uchun manba koʻp ekan. Qolgan soʻzlar-chi (aktyor/rejissyor/kompyuter va hokazo)? Nataev munozara 04:01, 25-Avgust 2022 (UTC)
- Aynan shu so'zlar yo'q. Olimidono (munozara) 12:18, 26-Avgust 2022 (UTC)
- Rus tilidan aynan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yo‘li bilan olingan so‘zlar asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi:
- unter-ofitser, kilovatt-soat kabi. Olimidono (munozara) 12:20, 26-Avgust 2022 (UTC)
- Kompyuter, aktyor soʻzlari „Oʻqituvchi“ nashriyotida chop etilgan imlo lugʻatida ham, „Akademnashr“ nashriyotida chop etilgan imlo lugʻatida ham bir xil yozilgan, yaʼni y bilan. Lekin, „rejissor“ farqli. „Oʻqituvchi“ nashriyotida rejissor boʻlsa („Sharq“ nashriyotida chop etilgan imlo lugʻatida ham shunday), „Akademnashr“ nashriyotida rejissyor. Boshqa soʻz, masalan, evolutsiyani olsak. Biologiya maktab darsliklarida evolutsiya ishlatilgan (1, 2, 3). Mana bunda esa 13 marta evolutsiya ishlatilgan boʻlsa, bir marta evolyutsiya ishlatilgan. Yana 1, 2 kabi lotin yozuvida chop etilgan kitoblarda ham evolutsiya ishlatilgan.
- Malikxan munozara 12:41, 26-Avgust 2022 (UTC)
- Aynan shu so'zlar yo'q. Olimidono (munozara) 12:18, 26-Avgust 2022 (UTC)
- Malikxan, Panpanchik, Olimidono, xoʻp, sentabr uchun manba koʻp ekan. Qolgan soʻzlar-chi (aktyor/rejissyor/kompyuter va hokazo)? Nataev munozara 04:01, 25-Avgust 2022 (UTC)
- Assalomu alaykum, oʻzbekcha vikipediyada nafaqat „sentabr“ yoki „sentyabr“ jumlasini yozilishni hal etish kerak, balki „yu“, „ya“, „yo“, „ц“ („ts“ yoki „s“) uchraydigan soʻz va jumlalar yozilishini ham aniq-tiniq joriy etish lozim. Shuningdek, oʻzbekcha vikipediyada tarkibida „yu“, „ya“, „yo“, „ц“ („ts“ yoki „s“) boʻlgan soʻzlarning aniq roʻyxatini shakllantirish zarur. Quyidagi fikr va maqolalarni oʻqib koʻrsak, hozirgacha tilshunoslar orasida yakdil fikr yoʻqligini koʻrish mumkin. «Sentabr»mi yoki «sentyabr»? (kun.uz), Қайси бири тўғри: «sentabr» ёки «sentyabr»? | Xushnudbek.uz, Lotin o‘zbek yozuvida ayrim so‘zlarning yozilishi bo‘yicha Til va adabiyot instituti tilshunoslarining tavsiyalari | Xushnudbek.uz, “Sentabr” yoziladimi yoki “sentyabr”? — «Daryo», Sentyabr қандай қилиб sentabr бўлиб қолган ва бу масала қачон ечим топади? (hudud24.uz), Munosabat: Imlo qoidalari qachon shakllanadi?, Shahnoza Soatova blogi, Egasi yo‘q muammo: imlodagi chalkashliklarga yechim kerak — «Daryo», Shahnoza To‘raxo‘jayeva. Daryo tilim, tilim-tilim…“Tafakkur” jurnali savollariga javoblar | Xurshid Davron kutubxonasi (kh-davron.uz), MANBAIMI yoki MANBAYIMI? - zarnews.uz, O'zbek tili davlat tiliga aylandimi? - BBC News O'zbek. Shu sababdan oʻzbekcha vikipediya administratorlari munozaralarda foydanuvchilar tomonidan bildirib oʻtilgan fikr-mulohazlarani inobatga olgan holda, oʻzbekcha vikipediyaning imlo va grammatikasi boʻyicha qatʼiy qoidalarni joriy etishi, barcha foydalanuvchilar uchun bu majburiy boʻlishini taklif etaman. Bu orqali oʻzbekcha vikipediya dunyodagi „eng xunuk alifbo“ning qusurlaridan holi boʻlgan boʻladi. Humoyun Qodirov (munozara) 08:01, 24-Avgust 2022 (UTC)
- Assalomu alaykum. Meningcha, hozir turli manbalarni izlasak sentabr shakli ham, sentyabr ham istaganimizcha topiladi. Bitta kitobning o'zida bir necha xil shaklda uchragan bo'lishi mumkinligiga ham shubham yo'q. Demak, yakuniy qaror yana o'zimizda qoladi. Meni qiziqtirayotgani shuki, nega biz sentyabr deb talaffuz qila turib yana sentabr deb yozmoqchimiz? Buni ruslarga taqlid deb hisoblasangiz, aslo unday emas. Siz o'zingiz shunday talaffuz qilyapsiz va shunday ishlatishga haqqingiz bor, bu taqlid degani emas-ku. Masalan, qarang, g'alatyiroq o'xshatish qilaman. Siz ertalab ovqatlanishingiz kerak, ruslar ham ertalab ovqatlanadi. Siz iye, ruslar ertalab ovqatlanar ekan, menam ertalab ovqatlansam ularga taqlid qilgan bo'lib qolaman deysizmi? Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 05:50, 24-Avgust 2022 (UTC)
- Kun.uz har ikki variantni ishlatyaptimi, demak biz uchun nufuzli manba boʻla olmaydi. „Oʻqituvchi“ nashriyotidan „Akademnashr“ ozroq nufuzli, deya olmaymiz. Shunday ekan, biri muhimroq boʻla olmaydi. Maktab va litseylarga kelsak, balki sizning litseyingizda shundaydir. Toshkentda barcha reklamalarda, gazetalarda sentyabr variantini koʻrdim. Yoki ularni yozganlarni birortasi maktabda va litseyda oʻqimagan, yoki ular shunchaki hamma norasmiy tarzda oʻtib olgan qoidaga amal qila boshlagan. „Akademnashr“ 2013-yilda chop etgan (bugunga qadar keng keng koʻlamli) imlo lugʻati esa bu tendensiyani rasmiylashtirdi, xolos. Qolaversa, barcha vikilarda eng koʻp qoʻllaniladigan variantni ishlatish ragʻbatlantiriladi. Sahida taklif qilingan qoida bu chigallik nuqta qoʻyadi. Shuningdek, har doim aytganimdek, menga oʻxshagan lotin-kirill konverterdan foydalanadiganlarga shu variant qulay. Nataev munozara 05:05, 24-Avgust 2022 (UTC)
- Kun.uz saytida bir maqolada ham sentyabr, ham sentabr kelyapti (1, 2, 3). Qavs ichida misol sifatida berilgan havolalarga qarasak, asosan sentabr ishlatilgan. Masalan, ayni maqolada toʻrt-besh marta sentabr, deb yozilsa, bir marta sentyabr, deb yozilgan. Deyarli teng ishlatilgan deyish notoʻgʻri boʻladi, chamamda. Sababi sentabr, deb qidirganda ham, sentyabr, deb qidirganda ham bir maqola ikkalasiga ham hisobga oʻtyapti (maqolada sentabr koʻp ishlatilgan boʻlsa ham). Boshqa tomondan, sentabr, deb qidirganda, ilk 40 ta natijadagi eng oxirgi, yaʼni 40-maqola 16-avgustda chop etilgan. Sentyabr, deb qidirsak, ilk 40 ta natijadagi 40-maqola 11-martda chop etilgan. Bundan, hozirda kun.uz asosan sentabrni ishlatyapti degan xulosa qilsak boʻladi. Daryo.uz saytida sentyabr uchun 210 ta natija, sentabr uchun esa 10 940 ta natija topildi. Oʻqituvchi nashriyoti tomonidan 2016-yilda qayta chop etilgan imlo lugʻatida esa „sentabr“ deb yozilgan. Bundan tashqari, maktab/litsey/kollejlarda oʻquvchilarga sentabr, deb oʻrgatishadi. Malikxan munozara 19:43, 21-Avgust 2022 (UTC)
- Qolgan ikkitasi yaxshi, lekin, „sentyabr“ga chidash, negadir, qiyin. „Sentyabr“ deb olamiz shekilli. Chunki mana bu manbada „sentabr“ga yaqin boʻlgan soʻz „oktyabr“ deb yozilgan. „Oktabr“ deb emas. Savodxon.uzda ham shu ahvol. Fikringiz menga maʼqul, @Nataev. Muhammad Ali (munozara) 14:02, 20-Avgust 2022 (UTC)
Ovoz
tahrirYuqorida koʻp va xoʻp fikr bildirildi. Qoida sahifasida keltirilgan jadvalda yaqqol koʻrinib turganidek, har kim xohlaganidek yozyapti. Eng qizigʻi, ayni manbada turli variant uchraydi, masʼul vazirlklar tasdiqlagan ona tili darsliklari bir-biriga zid.
Qoida sahifasida keltirilgan uch argument asosida hamda president.uz, savodxon.uz va „Akademnashr“ nashriyotida 2013-yilda chiqarilgan imlo lugʻatidagi kabi tarkibida ё, я va ю harflari boʻlgan soʻzlarni har doim ikki harf bilan yozishni (yaʼni, aktyor, sentyabr va evolyutsiya deb yozishni) rasman qoida oʻlaroq qabul qilishni taklif qilaman.
Quyida {{Roziman}}. ~~~~ yoki {{Qarshiman}}. ~~~~ andozalari bilan ovoz berishingizni soʻrayman. Shunchaki fikr bildirishigiz ham mumkin, ammo bu ovozlarni sanash jarayonida hisobga olinmaydi. Ovoz berish ikki hafta, yaʼni 2022-yilning 2-oktyabriga qadar davom etadi. Nataev munozara 11:28, 18-Sentabr 2022 (UTC)
Rozilar
tahrir- Roziman. MaxiMillian(menga yozish) 11:30, 18-Sentabr 2022 (UTC)
- Roziman. — Bu xabarni Dilmurod Rashidov (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
- Roziman. Nilu-navruz 18-Sentybr 2022
- Roziman.--MirzoUlugʻBek 18:11, 18-Sentabr 2022 (UTC)
- Roziman. Humoyun Qodirov (munozara) 03:29, 19-Sentabr 2022 (UTC)
- Roziman. Muxriddin Azimov (munozara) 03:32, 19-Sentabr 2022 (UTC)
- Roziman. Inosham ([[Foydalanuvchi munozarasi:Inosham ( Inosham هىخساشة 05:46, 29-Sentabr 2022 (UTC))|munozara]])
- Roziman. — Kagansky (munozarasi) 05:48, 29-Sentabr 2022 (UTC)
Qarshilar
tahrirBetaraflar
tahrir- Betarafman Rosti menga qolsa har ikkala holatni ham qoʻllayverish kerak PanPanChik (munozara) 17:01, 18-Sentabr 2022 (UTC)
- Betarafman – Olimidono (munozara) 04:43, 19-Sentabr 2022 (UTC)
Natija
tahrirBajarildi. Bundan nari sahifada yozilgan qoidalarga amal qilamiz. Nataev munozara 05:06, 2-Oktabr 2022 (UTC)
Belgilar
tahrirBugunga qadar har kim har xil qoidaga amal qilib, har xil qoʻshtirnoq ishlatib, tire va chiziqchani har xil holatlarda foydalanib keladi. Taklif qilinayotgan qoidalar haqida oʻz fikringizni bildiring. Nataev munozara 08:08, 19-Avgust 2022 (UTC)
- Qoidalarni qoʻllab quvvatlayman, faqat menda bir masalada biroz ikkilanish bor. -da qoʻshimchasi -sa qoʻshimchasidan keyin kelganda ikkalasi qoʻshib yuboriladigan holatlarga guvoh boʻlganman. Masalan, kelsa-da emas kelsada. Qaysi biriga amal qilishim kerak, Nodir aka? Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 05:54, 24-Avgust 2022 (UTC)
- Dilbar Elamanova (Ismatullayeva), qoidalar sahifasida bu holatda chiziqcha kerakligi aniq koʻrsatilgan. Nataev munozara 10:14, 24-Avgust 2022 (UTC)
Fikrlar
tahrirShu yerdagi asos qolishi kerak, deb hisoblayman. Shu talqin aslida haqiqatga mos. Qolgan versiyalar shunchaki erinchoqlik va chalasovlik natijasida kelib chiqqan. Boshqa narsa emas. Hech boʻlsa bizda mavjud versiya tilning rasmiy qoidalarida bor. Muhammad Ali (munozara) 14:02, 20-Avgust 2022 (UTC)
- Qoʻllab-quvvatlayman. Malikxan munozara 19:48, 21-Avgust 2022 (UTC)
- Qoʻllab-quvvatlayman. Humoyun Qodirov (munozara) 08:03, 24-Avgust 2022 (UTC)
Natija
tahrirBajarildi. Bundan nari sahifada yozilgan qoidalarga amal qilamiz. Nataev munozara 05:06, 2-Oktabr 2022 (UTC)
Tire
tahrir@Jamshid Nurkulov, tire masalasidagi muhokamani shu yerda davom ettiraylik. Qoida sahifasidagi tahririmda izohlaganimdek, mana bu punktuatsiya qoidalariga bagʻishlangan kitobga koʻra, uzundan-uzoq tire emas, oʻrtacha uzunlikdagi tire ishlatilishi kerak. 02:02, 12-Fevral 2024 (UTC) Nataev munozara 02:02, 12-Fevral 2024 (UTC)
- Kitobning biror yerida uzun yoki qisqa tire degan soʻzni koʻrmadim, biz oʻzbeklar uchun bitta tire mavjud. Buning ustiga tirening shakli oʻzgargani boʻyicha biror yerda xabar (bildirish) qoldirilmagan. Kitobda qoʻllanilgan shakl esa Microsoft Wordda yoki shunga oʻxshash arzon yechimda yozilgani uchun kelib chiqqan ingliz-amerika standarti asosidagi belgi boʻlishi mumkin. Odatiy tirega manba izlab koʻraman. Har-holda bizda 20 yil odatiy (uzun) tire ishlatib kelingan, hozir uni qisqarogʻiga almashtirsak, maqolalar atala boʻlib ketadi, botni ishga solsak maqoladagi sonlar orasi va soʻzlar orasidagi tirelarni hammasini almashtirib yuborishi mumkin. Jamshid Nurqul (munozara) 03:26, 12-Fevral 2024 (UTC)
- Tire kitoblarda qanday nomlangani ahamiyatsiz. Amalda qaysi biri qoʻllanillayotgani muhum. Bot esa oson hal boʻladigan texnik masala. Atala allaqachon yuzaga kelgan, chunki uzwikida ayrimlar uzun tire, boshqalat qisqa tire ishlatayapti. Maqsad bir xillikka erishish. Fakt shuki, aksar lotin yozuvidagi manbalarda, jumladan, punktuatsiya boʻyicha kitoblar va OʻTILda oʻqlov tire umuman uchramaydi. Nataev munozara 15:27, 12-Fevral 2024 (UTC)
- Men ham amalda lotin yozuvida qisqaroq tire ishlatilganini koʻp uchratyapman. Menga qolsa, bu muammolarga hozirgi muharrirlar va sahifalovchilarning malakasizligi sifatida qarab, biroz muddat uzun tireda qolganimiz maʼqul deyman, chunki maqolalarimizning asosiy qismida uzun tiredan foydalanilgan. Vikifikatordagi qisqa tireni qayta uzuniga oʻtkazib qoʻysak yangi foydalanuvchilar ham chalgʻimaydi. Boshqa foydalanuvchilar ham fikr bildirishsinchi, shunga koʻra ish tutaveramiz. Jamshid Nurqul (munozara) 16:23, 12-Fevral 2024 (UTC)
- Tire kitoblarda qanday nomlangani ahamiyatsiz. Amalda qaysi biri qoʻllanillayotgani muhum. Bot esa oson hal boʻladigan texnik masala. Atala allaqachon yuzaga kelgan, chunki uzwikida ayrimlar uzun tire, boshqalat qisqa tire ishlatayapti. Maqsad bir xillikka erishish. Fakt shuki, aksar lotin yozuvidagi manbalarda, jumladan, punktuatsiya boʻyicha kitoblar va OʻTILda oʻqlov tire umuman uchramaydi. Nataev munozara 15:27, 12-Fevral 2024 (UTC)
- Menimcha, 2, 3 xil chiziqchalarni bitta oʻrtacha chiziqchaga almashtirish fikrini qoʻllab-quvvatlayman. Agar bittasiga kelishmasak, maqolalarda juda chalkashlik boʻlyapti. Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 15:13, 12-Fevral 2024 (UTC)
- Bu yerda ikki-uch xil chiziqchalar haqida emas, aynan tirening shakli haqida gap ketyapti, sanalarda, juft soʻzlarda keluvchi chiziqchalar oʻzidek qolaveradi. Oʻrtacha chiziqcha deganingiz hamma narsaga yechim boʻlolmaydi. Jamshid Nurqul (munozara) 15:27, 12-Fevral 2024 (UTC)
Izofali birikmalar
tahrirAssalomu alaykum @Alpasli:, @Artemev Nikolay:, @Jamshid Nurkulov:, @Kagansky:,@Laziz Baxtiyorov:, @Malikxan:, @Mirzoulugʻbek:, @Muxriddin Azimov:, @Nataev:, @Panpanchik: hozirda oʻzbekcha Vikipediyada „tarjimayi hol“ — „tarjimai hol“, „nuqtayi nazar“ — „nuqtai nazar“ jumlasi ikkkala holatda ham ishlatilmoqda. Ammo Oʻzbek tilining oʻquv imlo lugʻati (2023), Oʻzbek tilining katta imlo lugʻati (2023), Oʻzbek tilining imlo lugʻati (2013) kitoblarida Izofali birikmalar ajratib yoziladi. Bunda izofa undosh bilan tugagan soʻzlarga „i“ shaklida, unli bilan tugagan soʻzlarga „yi“ shaklida qoʻshiladi deb koʻrsatilgan. Shuningdek, oʻzbek tilining lotin yozuvidagi yangi O‘zbek tilining izohli lug‘ati (N jildi 356- va 417-betlar, T jildi 111-bet)da ham nuqtayi nazar, tarjimayi hol shaklida keltirilgan. Ushbu va boshqa izofali birikmalar masalasi yuzasidan yakdil qaror qilinishi kerak deb oʻylayman Humoyun Qodirov (munozara) 16:15, 6-Iyul 2024 (UTC)
- Lotin yozuvidagi lugʻatlar mutlat nufuzli manba boʻla oladi. Shunday ekan, -yi variantiga oʻtishni toʻliq qoʻllayman. Nataev munozara 16:26, 6-Iyul 2024 (UTC)
- Lotin yozuvidagi lugʻatlarda -yi shaklida. Kril yozuvida esa i shaklida kelar ekan. Bizning vikipediyamiz to'liq lotin alifbosida yozilgani uchun -yi variantiga oʻtishni toʻliq qoʻllayman. Mirzoulugʻbek |@ 16:55, 6-Iyul 2024 (UTC)
- Lotin yozuvudagi nufuzli nashrlarda ham -yi shakli koʻproq ishlatilgan. Yuqorida bildirlgan fiklarga qoʻshilgan holda -yi shakliga oʻtishni qoʻllayman. Muxriddin Azimov (munozara) 18:08, 6-Iyul 2024 (UTC)
- „-yi“ variantida yozishni qoʻllab quvvatlayman, taklif qabul qilingach, buni VP:IVG qoidalariga qoʻshib qoʻyish lozim deb bilaman. Jamshid Nurqul (munozara) 21:20, 6-Iyul 2024 (UTC)
- Oʻzbek tili boʻyicha nufuzli manbalarda keltirilgan shaklni toʻliq qoʻllayman. Jamshid Nurkulovning qoidaga oʻzgartish kiritish taklifini ham qoʻllayman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 14:27, 7-Iyul 2024 (UTC)
- Nafaqat siz taqdim etgan lugʻatlar, balki Oʻzbak tilining imlo lugʻati 2013-yil nashrida ha ayni nuqtayi nazar, tarjimayi hol shakli qoʻllanilgan ekan. Garchi google qidiruv oyna nuqtayi nazar va tarjimayi holdan koʻra, ularning -y siz shakliga koʻproq variantlar chiqarsa-da, imlo lugʻatlarida taqdim etilgan holatga oʻtish taklifini maʼqullayman. PanPanChik #yozish 08:20, 8-Iyul 2024 (UTC)
- Yuqorida keltirilgan oʻrnaklar oʻrinli. Qoida tarzida mustahkamlanishi ham qoʻllayman. Alpasli (munozara) 05:19, 12-Iyul 2024 (UTC)