Vikipediya munozarasi:WikiStipendiya III marafoni

Savollar (01.05)

tahrir

Avvalambor, assalomu alaykum, marafon hakamlari va tashkilotchilar. Bir qancha men uchun tushunarsiz boʻlgan mavzularda savollarimni bermoqchi edim. Javob uchun rahmat.

  1. WikiNations marafon bilan parallel start oladi deyilgan edi. May oyi qaysi davlat oyligi ekanligi nega eʼlon qilinmadi yoki bu haqida qandaydir (masalan keyinroqqa surilgan boʻlsa yoki shunga oʻxshash nimadir sodir boʻlgan boʻlsa) oʻzgartirish kiritilmadi? Qachon aniq boʻladi va eʼlon qilinadi may oyi qaysi davlat oyligi ekanligi?
  2. Avval ishtirok etish uchun roʻyhatdan oʻtish shartlaridan biri boʻlgan passportni rasmini yuklash sharti qaysi Oliy taʼlim muassasidan ekanligini aniqlashda yordam berishi iddao qilingan edi. WikiStipendiya kanalida Jamoa a’zolarining bir ta’lim muassasada o‘qishi yoki aynan talaba bo‘lishi talab qilinmaydi deya post joylandi. Ammo WikiStipendiya kanalida eʼlon qilingan postdan google formni toʻldirish olib tashlanmaganini bilish mumkin. Endi savolim shundayki, Vikipediyada har bir tahrirchi shaxsini ochiqlamaslik huquqiga ega boʻlgan joyda nega asossiz soʻralyabdi. theZOOMERkid 💬 16:21, 1-May 2024 (UTC)
shuningdek WikiMedia Foundation maxfiylik siyosati bandi ham sizning fikrlaringizni tasdiqlaydi PanPanChik #yozish 16:51, 2-May 2024 (UTC)
Assalom aleykum agar loyihada qatnashishni istasangiz shartlardan biri boʻlgan google formni toʻldirish majburiy. Kelajakda boʻlishi mumkin boʻlgan ishlar hisobga olinib google form tashkillashtirilgan. Sizni shahsingizga tashkiliy jamoada xech kimda qiziqish yoʻq, men bunga kafolat beraman. Agar shunchalik shahsingizni sir saqlashingiz muhim boʻlsa unda marafonda qatnashmasligingiz mumkin. Zero qoida hamma uchun barorbar. Jahongir Boboyev (munozara) 08:01, 3-May 2024 (UTC)
Yana bir gap maxfiylik siyosati wikipedia saytida, biz berilayotgan maʼlumotlarni wikipediaga kiritish uchun soʻramayapmiz. Savolda ham javobda ham sal mantiqni ishlataylik! Jahongir Boboyev (munozara) 08:09, 3-May 2024 (UTC)

Jamoa ishtirokchilarini alshashtirish

tahrir

Assalom alaykum men Shodiyona Otabekovna nomi jamoa ishtirokchimni o'rniga Zulfizar Rasuljonova nomli yangi ishtirokchini jamoaga oldim. Kenjayev Jaloliddin (munozara) 09:57, 5-Iyun 2024 (UTC)

Vaalaykum assalom, qoidalarga koʻra, transferlar 5 kundan soʻng amalga oshiriladi va oʻsha transfer birinchi turing oxirgi transferi boʻladi. Muammo kelib chiqmasligi uchun qilingan tahrirni qaytarib, jamoa aʼzolarini almashtirishni 5 kundan soʻng amalga oshirganingiz maʼqul. Yoqimli tahrirlar... Laziz Baxtiyorov (munozara) 04:32, 6-Iyun 2024 (UTC)
Shunda men 10-iyundan so'ng eski ishtirokchimni o'rniga yangi ishtirokchini olsam bo'laveradimi. Javob uchun oldindan rahmat Kenjayev Jaloliddin (munozara) 07:40, 7-Iyun 2024 (UTC)

Jamoa ishtirokchilarini almashtirish

tahrir

Assalom alaykum men Avitsenna jamoimdagi Shodiyona Otabekovna ismli foydalanuvchimni oʻrniga Zulfizar Rasuljonova nomli ishtirokchimni jamoaga olgan edim. Uzur soʻrayman Ozgina internet yaxshi emasligi uchun ishtirokchilarni almashtirishga ozgina vaqtga kechikdim. Avvalroq ham munozara sahifaga yozgan edim. Oldindan Rahmat Kenjayev Jaloliddin (munozara) 19:10, 10-Iyun 2024 (UTC)

Assalomu alaykum WikiMed jamoasida SHAHRISABZ foydalanuvchisi oʻrniga Rahmonaliyeva nomli foydalanuvchi jamoaga taklif qilindi. SHAHRISABZ foydalanuvchisi yozgi taʼtil davomida ayrim sabablarga Vikipediyada maqolalar chop qila olmas ekan. Shu sababli ham foydalanuvchilarni alamashtirishda biroz kechikdik. Oldindan rahmat kattakon. Muxriddin Azimov Hamrayev Zafarjon (munozara) 12:46, 11-Iyul 2024 (UTC)

„WikiStipendiya III marafoni“ loyiha sahifasiga qaytish.