Viktor Jirmunskiy
Viktor Maksimovich Jirmunskiy 1891.21.7 (2.8), Peterburg – 1971.3.1, Leningrad – rus tilshunosi, adabiyotshunos va folklorshunosi.
Viktor Maksimovich Jirmunskiy | |
---|---|
Tavalludi |
Viktor Mendelevich Jirmunskiy 21 iyul (2-avgust) 1891 |
Vafoti | 31-yanvar 1971[1] |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi, Russian Socialist Federative Soviet Republic va SSSR |
Kasbi | Rus tilshunosi, adabiyotshunos va folklorshunosi |
Otasi | Mendel Zhirmunsky |
Mukofotlari |
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1944), akademik (1966). Peterburg universitetini tamomlagan (1912), Leningrad universiteti professor (1919—41; 1945—49), U rta Osiyo davlat universiteti professor, shu universitet huzuridagi tarix filologiya ilmiy tadqiqot instituta direktori, Toshkent davlat pedagogika institutida kafedra mudiri (1942—44), sobiq Ittifoq Fanlar akademiyasi Tilshunoslik instituti Leningrad boʻlimida hind-yevropa shoʻbasi mudiri (1957—71). Ilk asari nemis romantizmiga bagʻishlangan (1913), Sharq xalqlari eposi masalalariga oid „Oʻzbek xalq qaxramonlik eposi“ (H. T. Zarifov bilan hamkorlikda, 1947), „Alpomish haqidagi rivoyat va bahodirlik ertaklari“ (1960) kabi monografiyalar muallifi. Nemis tili tarixi va dialektologiyasi, turkiy tillar shevalarini qiyosiy oʻrganish masalalariga oid ilmiy ishlari bor[2].
Manbalar
tahrir- Narodniy geroicheskiy epos, M. —L., 1962.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |