Viktoriya — Kanadadagi shahar, Vankuver orolning janubiy-sharqida. Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 71,2 ming kishi (1991). Tinch okean sohilidagi port. Viktoriya orqali chetga yogʻoch va baliq mahsulotlari chiqariladi. Kemasozlik va yogʻochni qayta ishlash sanoati va turizm rivojlangan. Universitet bor. Shaharga 1849-yilda asos solingan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil