Viktoriya (Victoria) — Avstraliya shim.dagi daryo. Uz 570 km, havzasi 7,5 ming km2. Katta Qumli choʻldagi Kimberli platosidan boshlanib, choʻl joylardan oqib oʻtadi. Timor dengizining jan.dagi Jozef-Bonapart qoʻltigʻiga quyiladi. Vodiysi tor, darasimon. Oʻrtacha suv sarfi 200 m3/sek. May — noyabrda daryo sayozlanadi, yuqori va oʻrta oqimida, hatto qurib qoladi. Seryomgʻirli dek.— fevralda toʻlib, baʼzan toshib oqadi. Quyilish joyidan qariyb 150 km ichkarigacha kema qatnaydi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil