Viloyat Isаxarovna Oqilova (Viktoriya Akilova nomi bilan ham elga mashhur) (1937-yil 12-oktabr2022-yil 2-fevral Toshkent) — sovet va oʻzbek artisti, raqqosa, baletmeyster, xoreografchi. Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1989).

Viloyat Isаxarovna Oqilova
Tavalludi 12-oktyabr 1937-yil
Vafoti 2-fevral 2022-yil(2022-02-02)
(84 yoshda)
Kasbi raqqosa, baletmeyster, xoreografchi
Faoliyat yillari 1958-2022
Mukofotlari Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1989), Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1989), „El-yurt hurmati“ ordeni (1998)

Tarjimai hol

tahrir

1937-yil 12-oktabrda Toshkent shahrida tugʻilgan.

Bolaligidanoq ota-onasidan oʻrnak olib, u oʻzbek milliy raqslarga qiziqa boshladi.

1958-yilda Toshkent xoreografiya bilim yurtini tamomlagan.

1958-yildan Oʻzbekiston SSR Davlat filarmoniyasi “Katta ashula va raqs” ansamblida (1969-yildan “Shodlik” ansambli)da yakkaxon baletchi sifatida faoliyat olib borgan.

Toshkent pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetini (boshqa maʼlumotlarga koʻra, Toshkent davlat universitetining filologiya fakulteti)sirtdan tamomlagan.

1977-yilda Viloyat Oqilova Moskvadagi I.Moiseyev nomidagi Davlat akademiyasi Xalq raqsi ansanmbli negizida oliy baletmeyster kurslarida qayta tayyorgarlik koʻradi. Mazkur ansambl yordamida “Besh qarsak” raqsini ijro etadi.

1987-1988-yillarda Afgʻonistonga ijodiy xizmat safari uyushtirib, Qobul teatrida “Nargis” va “Shukufa” ansamblini tashkil etdi.

1989-yili Oʻzbekiston SSR Davlat filarmoniyasi qoshida “Zarafshon” Buxoro raqs ansambliga asos soldi. Ushbu ansamblni u 1994-yilgacha boshqardi. Raqqosa ketgach, ansambl ham tarqatib yuborildi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, AQSHda Viloyatga raqqosalik boʻyicha saboq berish taklifi tushdi. 2004-yil Los-Anjelesda raqqosa oʻzining shogirdlari bilan hamkorlikda “Buyuk ipak yoʻli” konsert dasturini taqdim etdi va oʻzi sahnada raqsga tushdi.

2002-yili “Shalom Toshkent” ansanblini tuzib va 2021-yilgacha mazkur ansamblni boshqarib, 2021-yil oktabr oyigacha raqs namoyish etdi.

Xalqaro markazga asos solgandan keyin u bosh baletmeyster boʻldi.

2014-yildan boshlab u Respublika milliy yahudiy madaniyat markazi boshqaruvi aʼzosi boʻlgan.[1]

Viloyat Oqilova Toshkentda 2022-yil 2-fevralda vafot etdi.

Oilasi

tahrir

Oqilovlar sulolasi — 20-asrda Oʻzbekiston raqs sanʼatiga ulkan hissa qoʻshgan sanʼatkorlardan sanaladi.

  • Otasi (1914—1988) — Isohor Oqilov — taniqli baletmeyster, Buxoro-Yahudiy musiqali drama teatri asoschilaridan biri, raqs sanʼati ustasi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1959), Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1970). U mumtoz oʻzbek raqsining zamonaviy xoreografiyasini tashkil etdi. Asli kelib chiqishi samarqandlik Buxoro yahudiylaridan edi.
  • Buvisi — Davoraxonim – Buxoro amiri saroyida raqqosa boʻlgan.
  • Onasi — Margarita Oqilova (1919—2015) — raqqosa, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1959), Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1970), samarqandlik Buxoro-yahudiylardan edi. U Isohorga turmushga chiqib, 1935-yili Toshkentga keladi.[2]
  • Opasi — Zulayho — baletmeyster, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Moskonsert yakkaxoni, Isroilda 1998-yil vafot etgan.
  • Opasi — Gavhar (Galya) — xor dirijyorligi boʻyicha mutaxassis, Isohor Oqilov nomidagi “Aka-uka Oqilovlar”ansambli ishtirokchisi.
  • Opasi— Lola — raqqosa, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Isohor Oqilov nomidagi “Aka-uka Oqilovlar” raqs ansambli asoschisi va ishtirokchisi (ansambl – “Oltin kubok” sovrindori – Sitsiliyadagi xalqaro folklor festivalining oliy mukofotini qoʻlga kiritgan). ·        Lolaning turmush oʻrtogʻi — Malkiel Oqilov (uylanguncha — Alishayev) — Oʻzbekiston va Isroilda mashhur doirachi, Isohor Oqilov nomidagi “Aka-uka Oqilovlar” raqs ansambli ishtirokchisi.
  • Ukasi — Artur — bastakor, ayni kunda Moskvada yashaydi. <
  • Nevarasi — Lena — raqqosa, “Shalom, Toshkent” ansamblini yetakchi yakkaxoni, “Oʻzbekiston — umumiy uyimiz” madaniyat markazi festivali gʻolibi, “Isroildagi musiqa va raqs” tanlovi laureati.[3]

Ijodiy faoliyati

tahrir

Viloyat Oqilovaning butun Sovet Ittifoqidagi xalq raqslari (“Zang”, “Larzon”, “Shodlik”, “Xorazm lazgisi”, “Pomir raqsi”, “Dilrabo” va boshqa bir qancha) tomoshabinlar qalbida bir umr muhrlanib qoldi.

Raqqosa ijodi lirik joʻshqinligi, nafis, ravon ijrosi, oyoq, qoʻl, bosh va tana harakatlarining umumiy ohangga boʻysunishi, shoʻxchanligi, plastik ifodaviylikning kuchliligi bilan ajralib turadi.

Baletmeyster sifatida “Chorzarb”, “Sa-mandariy”, “Buxoro toʻlqini”, “Tanavor 2”, “Afgʻoncha”, “Tojikcha”, “Surnay lazgisi” kabi raqslarni sahnalashtirgan.

Uning shogirdlari orasida Oʻzbekiston xalq artistlari Rushana Sultonova, Saida Mansurxoʻjayeva, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Humora Ixtiyerova, Nargiza Alimova, Roza Abdulxayirova, Feruza Solihova, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist Elmira Nabayeva bor edi..

1998-yil mart oyi boshida Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan “Eng namunali kelin” viloyat koʻrik-tanlovi finalida hakamlar hayʼati aʼzosi boʻlgan.

2016-yil 15-17-iyul kunlari Xiva shahrida boʻlib oʻtgan “Raqs sehri” xalqaro raqs festivalida ishtirok etadi.[4].

22019-yil 27-sentabr Toshkentda boʻlib oʻtgan Mukarram Turgʻunboyeva nomidagi Respublika milliy raqs tanlovining saralash bosqichida hakamlar hayʼati aʼzosi boʻlgan.[5]

Teatr tomoshalari

tahrir
  • 2007-yil – “Mavrigi” – Respublika Oʻzbekiston yosh tomoshabinlar teatri – xoreografchi, raqqosa[6].

Filmografiyasi

tahrir
  • 2021-yil — “Oʻzbek raqsi afsonalari” (musiqiy-hujjatli film) — mehmon sifatida ishtirok etgan.[7]

Mukofot, uvon va sovrinlari

tahrir
  • 1959-yil Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist
  • Butunittifoq yosh va talabalar festivali laureati
  • Butunjahon yosh va talabalar festivali laureati
  • 1989-yil — Oʻzbekiston SSR xalq artisti
  • 1998-yil — “El-yurt hurmati” ordeni

Manbalar

tahrir
  1. В Национальной библиотеке состоялось презентация книги «Узбекистан – наш дом родной» Old.natlib.uz
  2. [www.kultura.uz/view_2_r_4122.html Памяти Маргариты Акиловой] Kultura.uz
  3. Танцует Лена Акилова Bukharianjewishcongress.org
  4. ФЕСТИВАЛЬ «РАКС СЕХРИ» («ВОЛШЕБСТВО ТАНЦА») Uz-obshina.ru
  5. Завершились отборочные туры Республиканского конкурса национального танца имени Мукаррам Тургунбаевой – впереди финал (Wayback Machine saytida 2022-02-06 sanasida arxivlangan) Nuz.uz
  6. Театр Овлякули Ходжакули Мавриги Cultureuz.net
  7. BWG Production представила фильм об истории национального танца Kultura.uz