Vincas Krėvė-Mickevičius (litovcha: Vincas Krėvė (Mickevičius) 1882—1954) – Litva yozuvchisi, nosir, shoir, tanqidchi, dramaturg, publitsist, tarjimon va davlat arbobi. Litva adabiyotining klassik namoyondalaridan biri hisoblanadi.

Vincas Krėvė-Mickevičius
litovcha: Vincas Krėvė (Mickevičius)
Tavalludi 19-oktyabr 1882-yil
Vafoti 17-iyul 1954-yil
Pensilvaniya, AQSH
Fuqaroligi Litva
Kasbi Shoir, siyosatchi

U realistik aniqlikni romantik yuksaklik bilan uygʻunlashtirgan, turli janrdagi asarlar yaratgan. Tarixiy asarlar yaratuvchisi, Injil tarjimoni, Litva adabiyotida adabiy folklorizm asoschisi, shuningdek keng stilistik amplitudasiga ega yozuvchi.

Hayoti

tahrir

Vincas Krėvė 1882-yil 19-oktyabrda Troki tumani Merech volostining Subartonis qishlogʻida tugʻilgan. Mitskevichlar qishloqda Krewe deb ham atalgan, shuning uchun yozuvchi bu familiyani taxallus sifatida tanlagan. V.Kreve Merkin maktabida qishloq oʻqituvchisi qoʻl ostida oʻqigan, keyin Vilnada xususiy maktabga qabul qilinadi. Imtihonlarni musofir talaba sifatida topshirib, 1898-yilda Vilna diniy seminariyasiga oʻqishga kiradi[1]. U ruhoniylikni oʻzida his qilmay, ikki yildan keyin seminariyani tark etdi. 1904-yilda Kreve Kiyevdagi Avliyo Vladimir imperator universitetiga oʻqishga kiradi va u yerda filologiya fakultetida tahsil oladi. 1905-yilda Lemberg universitetida oʻqishni davom ettiradi. 1908-yilda u Lemberg universitetini filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi bilan tamomlagan, Kiyev universitetida imtihonlarni topshirgan va professorlikka tayyorlanish uchun taklif qilingan. Maoshi kam boʻlgani uchun universitetni tashlab, Bokuga koʻchib oʻtdi va shahar gimnaziyasida rus tili va adabiyotidan dars beradi. 1913-yilda Kiyev universitetida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi va qiyosiy tilshunoslik boʻyicha magistrlik darajasini oladi[2].

1947-yilda Kreve AQShga koʻchib oʻtdi va Filadelfiyaga joylashdi. Pensilvaniya universitetida rus va polyak tillari boʻyicha dars bergan. Vinkas 1954-yil 7-iyulda Pensilvaniyada vafot etgan va 1992-yilda vatanida qayta dafn etilgan.

Adabiyotdagi debyutini sheʼrlar bilan boshlagan. „Sarunas“ dramasi („Šarunas“, 1911), „Dainavos şalies senų žmonių padavimai“ („Dainava mintaqasi keksa odamlari afsonalari“) stiliz qilingan afsonalar toʻplamining muallifi.

Manbalar

tahrir
  1. Genys, Arvydas (2000). "Laisvės ir literatūros hipostazės". Mokslo Lietuva (4). Archived from the original on 2007-09-27. https://web.archive.org/web/20070927225452/http://ic.lms.lt/ml/206/laisves.htm. Qaraldi: 2007-09-07. Vincas Krėvė-Mickevičius]]
  2. „Vincas Krėvė-Mickevičius Memorial Museum“. Qaraldi: 2013-yil 9-yanvar.