Vinnitsa
Vinnitsa (ukraincha: Ві́нниця) — Ukrainadagi shahar, Vinnitsa viloyatining markazi. Janubiy Bug daryosi boʻyida. Temir yoʻl tuguni. Ahrlisi 381 ming kishi. Shahar birinchi marta 1363-yildan tilga olingan. Ukrainaning yirik sanoat va madaniyat markazlaridan. Vinnitsada oziq-ovqat (yogʻ-moy, meva konserva va goʻsht), yengil (poyabzal, tikuvchilik, trikotaj, attorlik fabrikalari va b.), kimyo (kimyo kombinati), mashinasozlik (shu jumladan traktor agregatlari, asbobsozlik, elektrotexnika, radiotexnika apparaturalari, podshipnik zavodlari) va metallsozlik sanoatlari rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 3 oliy oʻquv yurti, musiqa, tibbiyot bilim yurtlari, 3 muzey, musiqali drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri va filarmoniya ishlab turibdi. 1793-yildan Rossiya imperiyasi qoʻl ostida boʻlib kelgan. Iyezuit (XVII asr), dominikan (XVIII asr) va kaputsin (XVIII asr) ibodatxonalari, Yurev (XVIII asr) va Nikolayev (XVIII asr) yogʻoch cherkovlari saqlangan.
Vinnitsa | |
---|---|
49°14′14″N 28°28′2″E / 49.23722°N 28.46722°E | |
Mamlakat | Ukraina |
|
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |