Vird (arab.الورد-ibodat vaqti nomi)-tark qilmay doim bajarib turiladigan vazifa, duo. Tasavvufda shayx va muridlarning kundalik o‘qib yurishlari uchun zarur bo‘lgan Qur’oni karim tilovati, zikr, tasbeh o‘girish, duo va salavotlar vird hisoblanadi.

Virdlarning ko‘pligi avrod, deyiladi. Virdlarni ado etishning eng afzal vaqti - tun, eng afzal joyi - uy hisoblanadi. Sufiylar virdni uch turga ajratgan ular doimiy-kundalik, ko‘ngilli bajariladigan va qalbiy virdlar. Shimoliy Kavkaz mintaqasida tariqatlarning kichik halqalarini «vird» deb atash keng tarqalgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Usmonov, Olimov, Yo'ldashxo'djayev, Faxriddinov, To'ychiyeva, Jabborov, Cho'tmamatov, Rahimov, Komiljonova, Karimova, Nurmuhammedov, Erkaboyeva, Jurayev 2015, s. 68.

Adabiyotlar

tahrir
  • Usmonov I, Olimov S, Yo'ldashxo'djayev H, Faxriddinov Z, To'ychiyeva N, Jabborov N, Cho'tmatov J, Rahimov K, Komiljonova Z, Karimova S, Nurmuhammedov D, Erkaboyeva F, Jurayev O Turdiyeva D.. Tasavvuf atamalari. Movarounnahr nashriyoti, 2015 — 360-bet. ISBN 978-9943-12-346-5.