Aleksandr Vishnevskiy
(Vishnevskiy Aleksandr Aleksandrovichdan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Aleksandr Aleksandrovich Vishnevskiy (1906—1975) — jarroh, Tibbiyot Fanlar akademiyasi akademik (1957), Rossiya (1956) va Oʻzbekistonda (1963) xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tibbiyot xizmati generalpolkovnigi (1963), tibbiyot fanlari doktori (1936), professor (1939). 1948-yildan Tibbiyot Fanlar akademiyasi Jarrohlik institutining direktori. Ayni vaqtda 1956-yildan Armiya bosh jarrohi. Mitral stenoz boʻlgan yurakni jahonda birinchi boʻlib operatsiya qilgan (1953); sunʼiy qon aylanish apparati yordamida "ochiq yurak" operatsiyasini birinchi boʻlib amalga oshirgan (1957). Tugʻma va hayotda orttirilgan yurak porogini operatsiya qilib davolashning yangi usuli V. rahbarligida ishlab chiqilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |