Vishniy volochyok
Vishniy volochyok - Rossiya Tver viloyatidagi shahar. Vishini Volochyok suv sistemasi (1709 yildan ishlaydi) boʻyidagi pristan. Moskva — Sankt-Peterburg avtomobil yoʻli ustida. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 64,5 ming kishi (1999). Toʻqimachilik sanoatining yirik markazi. Ip gazlama kombinati, yigirishtoʻqish va trikotaj fabikalari. mexanika, oyna-shisha, avtomobil tuzatish zavodlari, karavot, pianino, oyna fabikalari, yogʻochsozlik va oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab turibdi. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi bor.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |