Vismut
83 | Висмут
|
Bi | |
4f145d106s26p3 |
Vismut (nem. Wismut; lot. Bismuthum), Bi — Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element, tartib raqami 83, atom massasi 208,98, och pushti-kumush rang metall, suyuqlanish temperaturasi 271,3°, qaynash temperaturasi 1564°, zichligi 9,8 g/sm3. Moss shkalasi boʻyicha qattiqligi 2,5. Yer poʻstlogʻidagi miqdori ogʻirlik jihatidan 2105%. Barqaror izotopining massa soni 209. Bir necha radioaktiv izotopi maʼlum: 2HBi, 2l0Bi, 212Bi, 211Bi va 2l3Bi. Eng ahamiyatlisi 210Bi neytronlar bilan nurlantirish orqali olinadi. Vismut alkimyo davrida ham maʼlum edi, uni surma, qalay va qoʻrgʻoshinning boshqa koʻrinishi deb oʻylashgan. 18-asr oʻrtalarida yarim metall xossasiga ega boʻlgan mustaqil element deb eʼtirof etildi. Vismut tabiatda har xil birikmalar holida uchraydi. Asosiy minerallari — vismutli oxra Bi2O3, vismut yaltirogʻi Bi2S3, kozalit Pb2Bi2S5, tetradimit Bi2TeS, bismutin Bi,CO,(OH)4.
Vismut nodir elementlardan hisoblanadi. U vismut rudalaridan, mis, qoʻrgʻoshin, qalay rudalarini qayta ishlash jarayonida hosil boʻladigan chiqindilardan pirometallurgik va gidrometallurgik usulda ajratib olinadi. Oʻz birikmalarida -3, +1, +2, +3, +4, +5 ga teng valentliklarini namoyon qiladi. Bi+3 birikmalari koʻproq uchraydi; Bi+5 birikmalari kuchli oksidlovchi. Vismut quruq havoda barqaror, namlik taʼsirida yupqa oksid parda bilan qoplanadi. 500°dan yuqori temperaturada qizdirilsa, Vismut yonib, Bi2O3 hosil qiladi. Vismut vodorod xlorid va sulfat kislotada erimaydi, nitrat kislotada yaxshi eriydi. Kizdirilganda galogenlar, oltingugurt va b. bilan birikadi. Vismutning angidridi Bi2O5 va vodorodning birikishidan hosil boʻluvchi gidridi VSH3 (beqaror zaharli gaz) maʼlum. Vismut oson suyuqlanuvchan qotishmalar komponenti magnit maydoni kuchlanishini oʻlchovchi asbob va yadro reaktorlarida issiqlik tashuvchi sifatida qoʻllanadi. Vismut preparatlari tibbiyotda qotiruvchi, yuqumsizlantiruvchi va qurituvchi modda sifatida (dermatol, kseroform va b.) ishlatiladi, meʼdaning yara kasalligida va ichakning yalligʻlanish kasalliklarida Vismut gidroksi nitrati ichiriladi, zaxmni davolash uchun bismoverol, biyoxinol va b. muskul orasiga yuboriladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil