Vissarion Belinskiy
Vissarion Grigoryevich Belinskiy (1811.30.5(11.6), Sveaborg 1848.26.5 (7.6), Peterburg) — rus munaqkidi, publitsist, faylasuf. Oilasi Penza gubernyasining Chembar (hozirgi Belinskiy) shahriga koʻchib kelgan (1816). Chembar uyezd bilim yurtida (1822 — 24), Penza gimnaziyasida (1825 — 28) oʻqidi (ammo tugatmadi). Moskva universitetining til va adabiyot boʻlimiga o‘qishga kiradi (1829). Un-t adabiy toʻgaragida qatnashgani, krepostnoylikka qarshi yozilgan "Dmitriy Kalinin" romantik dramasi uchun oʻqishdan haydaladi (1832). 1834-yilda "Molva" gaz.da B.ning "Adabiy xayolot" degan dastlabki falsafa va estetikaga doir maqolasi bosilib chikdi. Shundan keyin B.ning tanqid va publitsistika sohasidagi samarali faoliyati boshlandi. "Teleskop" (1833 — 36), "Moskovskiy nablyudatel" (1838 — 39), soʻngra Peterburgda chiqadigan "Otechestvennoʻe zapiski" (1839 — 46), "Sovremennik" (1847 48) jur.larida ishladi. 1839 48 yillarda B. fiqolari maʼrifatchilikdan inqilobiy demokratiyaga ("Tanqid haqidagi soʻz", 1842; "Parij sirlari", 1844). F. Shelling va G. Gegel ruhidagi idealizmdan Feyerbax materializmiga ("Borodino jangi yilligi", 1839; "Mensel — Gyotening tanqidchisi" 1840; "Aqllilik balosi", 1840) tomon oʻzgardi. B. rus adabiyotidagi reachistik oqimning rahnamosiga aylandi. Sanʼat hodisasini aniq tarixiy nuqtai nazardan taxlil qilishga asoslangan estetika va adabiy tanqid qoidalarini ishlab chiqdi. Natural maktab tamoyillarini belgilab berdi. "Sof sanʼatoga, realistik ruhdagi adabiyotga zid oqimga qarshi kurashdi.
Manbalar
tahrir- Polnoye sobraniye sochineniy |t. 1 — 13J, M. L., 1953 59; Maqolalar, T., 1948; Tanlangan asarlar, T., 1955.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Polyakov M., Vissarion Belinskiy, Lichnost — idem — epoxa, M., I960; Gulyayev N. A., Belinskiy i sovremennost, M., 1964.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |