Vitaliy Evgenyevich Jilkin (1963-yil 27-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 2019-yil 26-oktyabr, Barnaul) — sovet futbolchisi, rossiyalik murabbiy. SSSR sport ustasi.

Futbol
Vitaliy Jilkin
Toʻliq ism Vitaliy Evgenyevich Jilkin
Tugʻilgan vaqti 27-avgust 1963(1963-08-27)
Oʻzbekiston SSR, SSSR
Vafoti 26-oktabr 2019(2019-10-26) (56 yosh)
Barnaul, Rossiya
Fuqaroligi Flag SSSR SSSR
Flag Rossii Rossiya
Pozitsiyasi Hujumchi , Yarim himoyachi
Yoshlik faoliyati
1980 Flag SSSR Traktor (Toshkent)
Futbolchilik faoliyati
1981—1983 Flag SSSR Paxtakor 22 (2)
1984—1985 Flag SSSR Zvezda (Jizzax) 10 (0)
1987 Flag SSSR Sohibkor 17 (2)
1988 Flag SSSR Selmashevets (Chirchik) KFK
1988 Flag SSSR Metallurg (Olmaliq) 9 (1)
1989—1990 Flag SSSR Traktor (Toshkent) 43 (9)
1993—1994 Flag Vengrii Yasboldoghaza 26 (9)
Murabbiylik faoliyati
1991—1992 Flag Uzbekistana Traktor (Toshkent) Murabbiy
1993 Flag Uzbekistana Traktor (Toshkent)
2000—2002 Flag Rossii Dianmo (Barnaul) Murabbiy
2000—2001 Flag Rossii Dianmo (Barnaul) Vatinchalik

bosh murabbiy

2004 Flag Rossii Okean (Naxodka) Murabbiy
2004—2005 Flag Rossii Dianmo (Barnaul) Murabbiy

Biografiya

tahrir

Toshkent futboli tarbiyalanuvchisi, SSSR yoshlar terma jamoasiga jalb qilingan. Faoliyatini „Traktor“ jamoasida futbolchi sifatida boshlagan. 1981-yilda u SSSR chempionati oliy ligasida oʻynagan "Paxtakor" klubiga oʻtib, uning tarkibida 22 ta oʻyin oʻtkazdi.

„Paxtakor“ni tark etgach, u Jizzaxning „Zvezda“, "Sohibkor", Olmaliqning „Metallurg“ va Chirchiqning „Selmashevets“ klublarida toʻp surdi. 1989-yilda u sobiq jamoasi Toshkentning „Traktor“ klubiga qaytdi.

Futbolchi sifatidagi faoliyatini 1994-yilda Vengriyaning „Jasboldoghaza“ havaskor klubida yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati

tahrir

Vengriyaga koʻchib oʻtishdan oldin ham Jilkin oʻzining „Traktor“ klubida bosh murabbiy boʻlib ishlagan.

2000-yilda u Barnaulga koʻchib oʻtdi va u yerda mahalliy „Dinamo“ tarkibida ishladi. 2000-2001-yillar oraligʻida esa jamoa bosh murabbiyi lavozimida ishlagan.

2004-yilda u Naxodkaning „Okean“ da murabbiy boʻlib ishlagan, biroq mavsum oxirida Barnaulga qaytgan. „Dinamo“ning asosiy jamoasida qisqa vaqt oʻtgach, Jilkin klub maktabida yosh futbolchilarni tarbiyalashga kirishdi.

Vafoti

tahrir

2019-yil 26-oktabr kuni Jilkin yo‘l chetida to‘xtab turgan mashinasida vofot etgan holda topilgan. Shifokorlar oʻlimning dastlabki sababini yurak xuruji ajralishi deb atashdi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Анна СЕМИНА | Sayt „Komsomolskoy pravdi“. „Съехал на обочину и умер: в Барнауле скончался известный футбольный тренер“ (ru). KP.RU — sayt „Komsomolskoy pravdi“ (2019-yil 28-oktyabr). 2019-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-oktyabr.

Havolalar

tahrir
  • Profil na sayte FootballFacts.ru