Vitaliy Panasyuk
Vitaliy Panasyuk (belaruscha: Віталь Панасюк) — belruslik futbolchi, himoyachi pozitsiyasi toʻp surgan. 2012-yilda Navbahor Namangan futbol klubida oʻynagan[1][2].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 9-fevral 1980-yil | ||
Tavallud joyi | Brest, Belarus, SSSR | ||
Boʻyi | 1.85 m (6 ft 1 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1996-1999 | RUOR Minsk | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1996-1999 | RUOR Minsk | 71 | (0) |
2000-2001 | BATE Borisov | 34 | (0) |
2002 | Dinamo Brest | 20 | (1) |
2003 | Belshina Bobruisk | 23 | (1) |
2004 | Dinamo Brest | 17 | (0) |
2005 | Granit Mikashevichi | 28 | (1) |
2006-2008 | Dinamo Brest | 50 | (1) |
2009-2010 | Vitebsk | 33 | (2) |
2011 | Granit Mikashevichi | 18 | (1) |
2012 | Navbahor Namangan | 14 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2000-2001 | Belarus U21 | 9 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2015-yil 1-dekabr uchun) |
Futbolchilik faoliyati
tahrirVitaliy yoshlik davrida Brestdagi 5-sonli sport maktabida tahsil olgan. Uning birinchi murabbiyi Yevgeniy Trotsyuk. 1996-yilda Vitaliy Minsk shahridagi Bolalar va oʻsmirlar sport maktabiga koʻchib oʻtdi va toʻrt mavsum davomida maktabning ikkinchi ligadagi asosiy jamoasida oʻtkazdi (1996-yilda jamoa „MPCC-96“ nomi ostida oʻynagan). 2000-yilda Belorusning yetakchi jamoalaridan biri, Borisov shahrining „BATE“ jamoasiga oʻtdi va u yerda ikki mavsum davomida oʻynadi. Uning Premyer-ligadagi debyut uchrashuvini 2000-yilgi mavsumning birinchi turida, 15-aprel kuni „Belshina“ jamoasiga qarsh oʻyinda oʻtkazdi. Bu davr muobaynida Belarus chempionatining kumush (2000) va bronza (2001) medali sovrindori boʻldi. „BATE“ jamoasi birgalikda Yevropa musobaqalarida qatnashgan.
2002-yilda Vitaliy jamoasini Brestning „Dinamo“ jamoasi yoʻnalishida oʻzgartirdi. Dinamo jamoasi tarkibidan muqim oʻrin olmadi va 5 mavsum davomida 2 bor boshqa jamoalar safida ijara asosida, „Belshina“ va birinchi liganing „Granit“ (Mikashevichi) klubida toʻp surdi. 5 mavsumda Brest jamoasida 88 ta oʻyin oʻtkazgan. Dinamo jamoasi bilan 2006/07-yilgi Belarus kubogi gʻolibi aylangan. 2009-yilda Brest jamoasi bilan xayrlashdi va „Vitebsk“ jamoasi safiga koʻchib oʻtdi va u yerda ikki mavsum Premyer-ligada oʻynadi.
2011-yildan beri u Belarusning birinchi liga klublari safida toʻp surdi. 2012-yilgi mavsumning ikkinchi qismida Oʻzbekiston Oliy ligasi vakili Namanganning „Navbahor“ jamoasi tarkibida oʻtkazdi. Chet eldagi faoliyati unchalik muavffaqiyatli boʻlmadi va 2013-yil Belorusga qaytib keldi. Umumiy hisobda u Belarus oliy dvizioni, Premyer-ligada 194 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan. Vitaliy shuningdek Belarus yoshlar terma jamoasida oʻynagan. 2010-yillarning oxirida u Brestdagi mini-futbol chempionati jamoalarida oʻynadi[3][4].
Yutuqlar
tahrir- Belarus kubogi gʻolibi : 2006/07
- Belarus chempionatining kumush medali sovrindori : 2000
- Belarus chempionatining bronza medali sovrindori : 2001
Manbalar
tahrir- ↑ „ELITE LEAGUE 2 ТУР: ПРОВЕРКИ НА ПРОЧНОСТЬ“. 2020-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-sentyabr.
- ↑ „Мини-футбол. «Джокер» снова оказался на вершине турнирной таблицы“. 2020-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-sentyabr.
- ↑ „ELITE LEAGUE 2 ТУР: ПРОВЕРКИ НА ПРОЧНОСТЬ“. 2020-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-sentyabr.
- ↑ „Мини-футбол. «Джокер» снова оказался на вершине турнирной таблицы“. 2020-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-sentyabr.