Askorbin kislota
(Vitamin Sdan yoʻnaltirildi)
Askorbin kislota — vitamin C — kristall modda; skorbutga qarshi vitamin. Hayvonlarning buyrak usti bezlari, gipofizi va jigarida, ignabargli daraxtlar yaproklarida, ayniqsa hoʻl meva va sabzavotlarda koʻp. Bu vitamin issiqqa chidamsiz, yuqori temperaturada buziladi. Askorbin kislota organizmdagi oksidlanish va qaytarilish jarayonlarida qatnashadi. Uning ovqatda yetishmasligi qon tomirlarning shikastlanishi, qon oqishi bilan kechadigan lavsha (skorbut) kasalligiga sabab boʻladi. Tibbiyotda keng qoʻllanadi[1].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil
Havolalar
tahrir- http://referat.arxiv.uz (Wayback Machine saytida 2019-11-28 sanasida arxivlangan)