Vitim yassitogʻligi - Rossiya Federatsiyasi Buryatiya Respublikasi va Chita viloyatidagi yassitogʻlik, Vitim daryosining yuqori oqimida. Bal. 1200—1600 m. Eng baland joyi — 1753 m. V. ya. asosan, granit, ohaktosh, kristalli slanes va bazalt jinslaridan tashkil topgan. 15 dan ziyod qad. vulkanlar bor. Yillik yogʻin 300—400 mm. Qish sovuq va qor qoplami yupqa (8—15 sm) boʻlganidan yer abadiy muzlab yotadi. Daryo oraliqlari tilogʻochli tayga, pastliklar butazorlar, oʻtloqlar va botqoqliklar bilan qoplangan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil