Vladas Putvinskis
Vladas Putvinskis yoki Vladas Pūtvis (1873-yil 6-oktabr – 1929-yil 5-mart) – Litva harbiylashgan yetakchisi, Litva miltiqchilar uyushmasining asoschilaridan biri va birinchi raisi.
Vladas Putvinskis-Pūtvis | |
---|---|
1929 yil Vladas Putvinskis portreti tushirilgan otkritka | |
Tavalludi |
6-oktyabr 1873-yil |
Vafoti |
5-mart 1929-yil (55 yoshda) Kaunas, Litva |
Fuqaroligi | Litva |
Taʼlimi | Halle Universiteti |
Kasbi | Yer egasi, jamoat faoli, harbiylashtirilgan rahbar |
Millati | Litvalik |
Turmush oʻrtogʻi | Emilija Putvinskienė |
Bolalari |
Stasys Putvinskis Emilija Pūtvytė |
Otasi | Rapolas Putvinskis |
Qarindoshlari |
Marija Žmuidzinavičienė (singlisi) Antanas Žmuidzinavičius (kuyovi) |
Mukofotlari | Litva Buyuk Gertsogi Gediminas ordeni (1928) |
Biografiyasi
tahrirPutvinskis1873-yil 6-oktabrda oʻsha paytda Rossiya imperiyasining bir qismi boʻlgan Rigada, kelib chiqishi Polsha-Litvalik zodagonlar oilasida tugʻilgan[1]. Oila tarixi Buyuk Gertsog Vitautas (1430-yilda vafot etgan)ga borib taqaladi[2]. Putvinskisning otasi Rapolas Pavėžupis va Grauzikaidagi manorlarni meros qilib olgan[2]. Rapolas Putvinskis 1863-yildagi muvaffaqiyatsiz qoʻzgʻolondan keyin Sibirga surgun qilinadi. 1872-yilda unga amnistiya beriladi, lekin Litvaga qaytishga ruxsat berilmaydi. Shu sababli u Rigaga koʻchib oʻtadi va u yerda Platerlar oilasidan Idaliya Broel-Platerga uylanadi[3]. Ularning oʻgʻli Vladas bir yil oʻtib, 1873-yil 6-oktyabrda tugʻiladi. Qizi Mariya (1876–1959) ham Litva jamoat hayotida va Miltiqchilar uyushmasida faol boʻlgan. Keyinchalik u rassom va miltiqchilar raisi Antanas Žmuidzinavičiusga turmushga chiqqan[2].
Putvinskis ilk taʼlimni uyida olgan. Soʻng Šiauliai Julius Janonis Gymnasium (Shyaulyai Yuliy Yanonis gimnaziyasi)ga oʻqishga kiradi[2]. U akademik jihatdan qiyinchilikka duch keladi. Shuning uchun u tabiiy fanlarga urgʻu beradigan Mitauga oʻtgan. Uyerni 1893-yilda tugatgan. U Krakovda aktyorlik sanʼatini oʻrganishni xohlaydi, ammo koʻproq amaliy oʻrganish uchun Germaniyadagi Halle universitetida qishloq xoʻjaligi davom etishga qaror qilgan. Biroq, otasining sogʻligʻi yomon boʻlgani sababli, u atigi ikki semestrdan keyin oʻqishni toʻxtatishga majbur boʻladi. U Litvaga qaytib, Pavėžupisga joylashadi va oilasining mulklarini egallaydi[2]. Mulklar 350 gektar yerga boʻlib, 40 ta sigir va 36 ta ot mavjud boʻlgan[4].
Vafoti
tahrirVladas Putvinskis 1929-yil 5-martda Kaunasda vafot etgan[5]. U Kelmedagi qabristonga dafn etilgan[2]. Uning dafn marosimi tasvirga olingan. Kadrlar Sovetlardan Andriejus Dručkus tomonidan yashirib kelingan[6]. Keyinchalik tasvir qayta tiklanib, raqamlashtirildi va 2010-yilda YouTube platformasida taqdim etildi[7].
Manbalar
tahrir- ↑ Nefas, Mindaugas (2016). "Šaulių sąjungos kūrėjas ir jo pavardės problema" (lt). Trimitas 5 (1308): 30. ISSN 1392-4753. https://www.sauliusajunga.lt/wp-content/uploads/2018/04/Trimitas_2016_5.pdf.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Kavaliauskaitė, Živilė „Putvinskis-Putvis Vladas“ (lt). Žemaičių žemė. Regionų kultūrinių iniciatyvų centras. Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
- ↑ Musneckienė, Regina „Trys Putvinskių kartos patyrė tremtį“ (lt). Šiaulių kraštas (2014-yil 12-iyun). 2018-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
- ↑ Bitautas, Algis; Tamošaitis, Mindaugas (2016). "Putvinskis Stasys" (lt). Lietuvos Respublikos 1918–1940 m. vyriausybių ministrų biografinis žodynas. Vilnius: Mokslo ir enciklopedijų leidybos centras. p. 323. ISBN 978-5-420-01778-4. https://s.vle.lt/doc/Putvinskis-Stasys.pdf.
- ↑ Ignatavičius, Stasys „Vladas Putvinskis ir Šaulių sąjunga“ (lt). Voruta (2023-yil 10-fevral). Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
- ↑ Valiulis, Skirmantas (28 March 2003). "Laiko skeveldros" (lt). 7 meno dienos 561. https://www.7md.lt/archyvas.php?leid_id=561&str_id=1858. Qaraldi: 4 February 2024.Vladas Putvinskis]]
- ↑ „Vlado Pūtvio laidotuvės 1929 - 1“. YouTube. Lietuvos Respublika (2010-yil 9-mart). Qaraldi: 2024-yil 8-fevral. „Vlado Pūtvio laidotuvės 1929 - 2“. YouTube. Lietuvos Respublika (2010-yil 9-mart). Qaraldi: 2024-yil 8-fevral.