Vladikavkaz erkaklar progimnaziyasi
Vladikavkaz erkaklar progimnaziyasi — Shimoliy Osetiya, Vladikavkaz shahridagi meʼmoriy yodgorlik. Rossiya madaniy merosining aniqlangan obyekti va Shimoliy Osetiyaning madaniy merosi[1]. U shaharning tarixiy qismida Miller koʻchasi, 29-uyda joylashgan.
Modern uslubidagi ikki qavatli qizil gʻishtli bino 1862-yilda qurilgan. Meʼmori nomaʼlum[2].
Progimnaziyada taniqli osetin arboblari: pedagog Ioram Xurumov (1860-yillarda), shoir Kosta Xetagurov (1869-1871), yozuvchi va jamoat arbobi Botirbek Tuganov (1876-1880) tahsil olgan. 1869-1870-yillarda kavkazshunos Vladimir Pfaf[1][2] progimnaziyada dars bergan.
1897-yilda Aleksandrovskiy torkoʻchasida 1-real bilim yurtining yangi binosi qurildi va progimnaziya oʻquvchilari ushbu oʻquv muassasasiga koʻchirildi hamda progimnaziya yopildi. 1911-yilgacha binoda pochta-telegraf idorasi joylashgan[2].
Sovet davrida bu binoda savdo-iqtisodiyot texnikumi ochilib, hozirgacha faoliyat yuritib kelmoqda.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Перечень выявленных объектов культурного наследия Республики Северная Осетия-Алания“. 2020-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-fevral.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Torchinov V. A., Vladikavkaz., Kratkiy istoriko-kraevedcheskiy spravochnik, str. 146
Adabiyotlar
tahrir- Torchinov V. A., Vladikavkaz., Kratkiy istoriko-kraevedcheskiy spravochnik, Vladikavkaz, Severo-Osetinskiy nauchniy sentr, 1999, str. 146, ISBN 978-5-93000-005-0
- Kireev F. S., Millera — Gimnazicheskaya/ Po ulitsam Vladikavkaza, Vladikavkaz, Respekt, 2014, str. 99 — 101, ISBN 978-5-906066-18-4.