Vladimir Argun
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Vladimir Beslanovich Argun | ||
Tavallud sanasi | 16-may 1991-yil | ||
Tavallud joyi | Tkvarcheli, Abxaziya | ||
Boʻyi | 181 sm | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Medik (Sochi) | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
– | Boʻsm Sochi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2008 | Sochi-04 | 12 | (1) |
2009—2010 | Jumchujina | ||
2011 | Gagra | ||
2012 | Jumchujina RUDN | ||
2013—2014 | Afips | 5 | |
2015—2016 | Qoʻqon 1912 | 10 | |
2016—2017 | Afon | ||
2018 | Nart | ||
2019—2021 | Medik (Sochi) | ||
Milliy terma jamoa | |||
2016— | Abxaziya | 7 | (3) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Vladimir Beslanovich Argun (1991-yil 16-may, Tkvarcheli, Abxaziya ASSR, Gruziya SSR, SSSR) — rossiyalik futbolchi va hujumchi pozitsiyasida toʻp suradi. 2017-yilda Abxaziya chempioni, Abxaziya Superkubogining uch karra sohibi (2011, 2016, 2017), 2011-yilda Abxaziya kubogi sohibi boʻgan. 2017-yilda Abxaziyaning eng yaxshi futbolchisi. Abxaziy terma jamoasi bilan ConIFA Jahon Futbol Kubogi 2006 gʻolibi boʻlgan[1].
Faoliyati
tahrirSochidagi 7-bolalar sport maktabi, Moskvadagi FSHM-Torpedo va SDUSHOR-Dinamo oʻsmirlar maktabida taʼlim olgan. 2008-yilda Argun oʻzining professional faoliyatini Rossiya chempionatining ikkinchi divizionida oʻynagan Sochi-04 jamoasida boshladi. Sochi-04 jamoasi tarkibida Vladimir Argun bir mavsum davomida oʻynadi va shu vaqt ichida u 12 oʻyinda ishtirok etdi va bitta gol urdi.
2009—2010-yillarda u Sochining bsohqa bir jamoasi „Jemchujina-2“ jamoasida oʻynagan. 2011-yilda u Abxaziyaning „Gagra“ jamoasida toʻp surdi. 2013-yildan 2014-yilgacha u ikkinchi divizionda oʻynagan „Afips“ jamoasi safida oʻynagan. 2015-yilda O‘zbekiston Chempionat jamoasiga ko‘chib o‘tdi va O‘zbekiston oliy ligasiga yo‘l olgan „Qo‘qon-1912“ jamoasi futbolchisiga aylandi. Qoʻqon jamoasi safida O‘zbekiston oliy ligasida yarim mavsum davomida toʻp surgach, tarkibdagi raqobat va klubning oʻyin uslubiga moslasha olmagani sababli yozgi transfer oynasida jamoani tark etdi[2][3]. 2016-yilgi mavsum oldidan Abxaziyaning „Afon“ jamoasi tarkibiga qoʻshildi va klub bilan birgalikda bir necha sovrinlar sohibiga aylandi. Argun 2020-yilgi mavsumda Sochining „Medik“ jamoasi safida faoliyatini yakunladi.
Yutuqlari
tahrir- Abxaziya chempioni: 2017
- Abxaziya kubogi sohibi: 2011
- Abxaziya Superkubogi sohibi: 2011, 2016, 2017
- ConIFA Jahon Futbol Kubogi 2006 sohibi: 2016
Manbalar
tahrir- ↑ „V. ARGUN“. 2023-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyun.
- ↑ „"Qo'qon-1912": Sedko va Argun ko'rikda“. 2023-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyun.
- ↑ „"Qo'qon-1912": Ko'zguda – legionerlar“. 2023-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyun.
Havolalar
tahrir- soccerway.com Soccervey saytida futbolchi natijalari
- transfermarkt Transfermarkt saytida futbolchi profili