Vladimir Alekseyevich Dronov - Sovet fuqaro aviatsiyasining uchuvchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni.

Vladimir Alekseyevich Dronov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1921-yil 21-yanvar
Orsk
Vafoti 1992-yil 23-yanvar (71 yosh)
Toshkent
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Vladimir Dronov 1921-yil 21-yanvarda Rossiyaning Оrsk shahrida dunyoga kelgan. Uchuvchi КPSS aʼzosi hisoblangan.

Dronov 1937-yilda oʻrta maktabni tugatgan. Oʻsha yili– Skopindagi harbiy qurilish kolleji talabasi boʻlgan. Keyinchalik, Ryazan uchish klubida aviamexanik, Reutovo qishlogʻidagi aviatsiyada muhandis sifatida faoliyat koʻrsatgan.

1941-yil avgust oyida Reutov tuman harbiy boʻlinmasi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1942-yil mart oyida Vladimir Kachin harbiy aviatsiya maktabini tamomlagan va shu yerda instruktor-uchuvchi sifatida ishda qolgan. 1942-yil avgust oyidan Volga harbiy okrugi Harbiy-havo kuchlarining 8-zaxira aviatsiya polkida xizmat qilgan va shu polkda Yak-1 qiruvchi samolyotida  qayta tayyorlashdan oʻtgan.

1943-yil aprel oyidan serjant V.A.Dronov Ulugʻ Vatan urushi frontida jang qilgan. Shimoliy Kavkaz, Bryansk, 2-Boltiq va Leningrad frontlarining 148-qiruvchi aviatsiya polkida jang qilgan. U Yak-1 va Yak-9 qiruvchi samolyotlarida uchgan. 1943-yil 6-mayda Dronov boshqaryotgan samolyot  ikki marta urilgan. Natijada uchuvchi yaralangan va samolyot yonib ketgan.

Katta leytenant V.A.Dronov frontda xizmat qilgan ikki yillik faoliyati davomida 100 dan ortiq janglarni oʻtkazgan. Jumladan,  15 ta havo hamda 7 ta shaxsiy va guruh bilan birgalikdagi jangida 2 ta dushman samolyotini urib tushirgan (6 marta shaxsiy va 3 marta guruh bilan birgalikda gʻalabalar koʻrsatgan). 1945-yil dekabr oyida kapitan V.A.Dronov zaxiraga oʻtkazilgan.

Zaxiraga oʻtkazilgandan soʻng Dronov Fuqarolik havo flotida uchuvchi-instruktor, Oʻzbekiston DOSAAF(Armiya, havo kuchlari va dengiz flotiga yordam berish ixtiyoriy jamiyati) aeroklubi otryadi boshligʻi, tez tibbiy yordam va yoʻlovchi tashish kema komandiri, Il-12, Il-14, Il-18 samolyotlari komandiri, SSSR Fuqaro aviatsiyasi vazirligining Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasining 18 ta kemasi, Toshkent birlashgan aviatsiya otryadi ishlab chiqarish-dispetcherlik xizmati navbatchi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

Vladimir Alekseyevich SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1973-yil 9-fevraldagi farmoniga binoan  Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni va Lenin ordeni hamda ,,Serp i Моlot” (,,Oʻroq va Bolgʻa”) oltin medali bilan taqdirlangan.

V.A.Dronov Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining  3-chaqiriq deputati etib saylangan.

Uchuvchi 1981-yilda nafaqaga chiqqan. 1992-yilda Toshkentda vafot etgan va shahardagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir