Vladimir II Monomax
Vladimir II Monomax (1053-1125, Kiyev) — Smolensk (1067 y.dan), Chernigov (1078 y.dan), Pereyaslavl (1093 y.dan) knyazi, Kiyevning ulugʻ knyazi (1113 y.dan). Vsevolod I (Kiyevning ulugʻ knyazi) va Vizantiya imperatori Konstantin Monomax qizining farzandi. Kiyev boyarlari tomonidan shahar qoʻzgʻoloni paytida chakirtirilgan. Knyazlar oʻrtasidagi oʻzaro nizolarga qarshi kurashgan. Sudxoʻrlarning zoʻravonligini cheklovchi nizom ishlab chiqqan. Farzandlari uchun yozgan "Pandnoma"sida ularni Rusning birligini mustahkamlashga daʼvat qilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |