Vladimir Nikolayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vladimir Mixaylovich Nikolayev
Tavallud sanasi 11-oktyabr 1955-yil (1955-10-11) (69 yosh)
Tavallud joyi Boku, Ozarbayjon SSR
Ampluasi Darvozabon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1974—1976 Terek 44 (0)
1977—1979 Ximik (Jambul) 106 (0)
1980 Neftçi Boku 34 (0)
1981—1982 FC Zenit 32 (0)
1983 Paxtakor 1 (0)
1984 Neftçi Boku 0 (0)
1986 Arsenal (Tula) 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Vladimir Mixaylovich Nikolayev (ruscha: Николаев, Владимир Михайлович; 1955-yil 11-oktyabr, Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR) – Sovet ittifoqi va Ozarbayjon futbolchisi, darvozabon pozitsiyasida oʻynagan. SSSR sport ustasi.

Biografiya

tahrir

Vladimir maktabni tugatgach, quyi liganing "Terek Grozniy" (1974—1976) va „Ximik Djambul“ (1977—1979) jamoalarida oʻynagan. 1980-yilda Bokuning „Neftchi“ jamoasi tarkibida oliy liganing barcha oʻyinlarida ishtirok etgan. 1981—1982-yillarda Leningradning „Zenit“ jamoasi tarkibida liga oʻyinlarida 32 ta oʻyin oʻtkazib, 36 ta gol oʻtkazib yuborgan. 1983-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarkibida oʻtkazib, yagona tushgan oʻyinida "Dnepr" jamoasidan ikkita gol oʻtkazib yuborgan (1:2)[1]. Keyinchalik yana „Neftchi“ klubiga qaytgan, ammo chempionatda oʻynamagan. 1986-yilda u Tulaning „Arsenal“ jamoasi safida 5 ta oʻyin oʻtkazgan va shundan soʻng faoliyatini yakunlagan.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir