Vladimir Obruchev
Obruchev Vladimir Afanasyevich (10-oktabr 1863-yil, hozirgi Tver viloyati —19-iyun 1956-yil Moskva) — rus geologi va geografi, akademik (1929), Peterburg konchilik institutini tugatgan (1886), Tomsk texnologiya institutida (1919—21), Simferopol universitetida (1918—21) va Moskva konchilik akademiyasida (1921—29) professor Abadiy toʻngliklarni oʻrganish komissiyasi raisi (1930—39), Fanlar akademiyasi Toʻnglikshunoslik instituti direktori (1939—56), Fanlar akademiyasi geol.geografiya boʻlimining akademik-kotibi (1942—46). Obruchev Vladimir Sibir, Markaziy va Oʻrta Osiyo geol.sini tadqiq etgan. Neogentoʻrtlamchi davrda Yer poʻstining vertikal harakati ahamiyatini asoslagan. Tyanshan togʻlarining geol. sini atroflicha oʻrgangan. 1886—88 yillarda Qoraqumda ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan va qumli relyeflarni 4 tur (barxanli, egri-bugri, joʻyakli va choʻl)ga ajratgan. Jungʻariya Olatovida bir qancha neft, oltin va boshqa konlarni ochgan. Ilmiy ishlari rudali konlar geol.si, geomorfologiya, geogr.ga bagʻishlangan.
Obruchev Vladimir nomiga Rossiya Fanlar akademiyasi Toʻnglikshunoslik instituti, Kyaxta shahrida oʻlkashunoslik muzeyi, koʻpgina geografik obʼyektlar, muzlik, togʻ, mineral buloqlar, Xi-toydagi bir qancha toshqotgan jinslar va boshqa qoʻyilgan. Fanlar akademiyasi Sibir geologiyasi boʻyicha olib borilgan ishlarga V.A.Obruchev nomidagi mukofot taʼsis etgan. As: Geologiya Sibiri, M., 1935—38; Rudnie mestorojdeniya, M., 1935; Istoriya geologicheskogo issledovaniya Sibiri, M., 1931—49; Po goram i pustinyam Azii, M., 1948; Izbrannie raboti po geografii Azii, M., 1951.
Adabiyot
tahrir- Mirzayev E., Vladimir Afanasyevich Obruchev, T., 1964[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |