Vladislav Masalskiy
Vladislav Ivanovich Masalski (polyakcha: Władysław Massalski; 1859-yil 30-yanvar, Vilna viloyati, Rossiya imperiyasi – 1932-yil 24-noyabr, Varshava, Polsha[1]) – knyaz, botanik, qishloq xoʻjaligi olimi, oʻrta osiyolik tadqiqotchi va geograf, sayohatchi[2].
Vladislav Ivanovich Masalski | |
---|---|
Tavalludi |
30-yanvar 1859-yil Vilna gubernatorligi, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
24-noyabr 1932-yil Varshava, Polsha |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi→ Polsha |
Sohasi | geografiya, botanika |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirVladislav Ivanovich Masalskiy Sankt-Peterburg universitetining fizika-matematika fakultetini tabiiy fanlar boʻlimini muvaffaqiyatli tamomlagan. Biroq, uning asosiy qiziqishlari qishloq xoʻjaligi texnologiyasi, gidrologiya va geografiya boʻlgan.
Masalskiy Oʻrta Osiyoni oʻrganish va iqtisodiy rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan. U Rossiya imperiyasining Oʻrta Osiyo mintaqalarida paxtachilik va bogʻdorchilik darajasini oshirish masalalari bilan shugʻullangan.
U dasht yerlarini oʻzlashtirish boʻyicha mutaxassis boʻlgan. Toshkent davlat universitetida dars bergan. Toshkent davlat universiteti professori sifatida Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston va Kavkaz mintaqalarida olib borilayotgan qishloq xoʻjaligi, geografik va botanika tadqiqotlariga rahbarlik qilgan[3].
Qozogʻistonni oʻrganishga bagʻishlangan monografiyasi uchun („Turkiston viloyati“, 1913, Sankt-Peterburg) Masalskiy 1914-yilda rus geografiya jamiyati aʼzosi P.P.Semenov nomidagi oltin medal bilan taqdirlangan.
1922-yilda Vladislav Masalskiy polyaklarni vataniga qaytarish doirasida Polshaga joʻnab ketgan va u yerda Polsha geografiya jamiyati raisi etib saylangan.
V.I.Masalskiy Oʻrta Osiyo bilan bogʻliq masalalar boʻyicha koʻplab asarlar va ilmiy nashrlar qoldirgan. Brockhaus va Efron ensiklopedik lugʻatidagi koʻplab maqolalar muallifi hisoblanadi.
U davlat maslahatchisi P.A.Mulyukinning (1827–1902) qizi Vera Pavlovna Mulukina (1863–?) bilan turmush qurgan va Aleksandr (1891-?) va Nina (1895-1979) ismli farzandlar koʻrishgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Massalski Władysław – Encyclopedia PWN[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Масальский Владислав Иванович“. www.hrono.ru. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Масальский Владислав Иванович“. www.rulex.ru. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.