Vladlen Tatarskiy (tugʻilgandagi ismi Maksim Fomin) — rossiyalik harbiy bloger va targʻibotchi[1].

Biografiyasi

tahrir

Tatarskiy 1982-yilda Ukrainaning Donetsk viloyati Makeyevka shahrida tugʻilgan[2]. 2011-yilda bankni oʻmargani uchun qamalgan[2]. 2014-yilda Donbasdagi urush (2014—2022) boshlangach, qamoqdan qochib, Rossiya qoʻllab-quvvatlagan Donetsk Xalq Respublikasi harbiy kuchlariga qoʻshildi[2]. Tatarskiyning soʻzlariga koʻra, yana qamoqqa tashlangan, ammo oxir-oqibat respublika rahbari Aleksandr Zaxarchenko tomonidan avf etilgan va Ukraina armiyasiga qarshi jang qilishga ruxsat berilgan[2]. Oxir-oqibat blog yuritishni boshlab, Vladlen Tatarskiy taxallusini oldi. 2019-yildan beri Moskvada yashab kelgan[2].

Telegram kanali

tahrir

Telegramda 560 mingdan ortiq obunachiga ega bo‘lgan Tatarskiy Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini to‘liq qo‘llab-quvvatlagan hamda Vladimir Putin va Rossiya harbiy qo‘mondonlarini o‘ta yumshoqlik bilan tanqid qilgan rossiyalik harbiy blogerlar guruhi tarkibida edi[1]. Shu bilan birga Ukraina infratuzilmasiga qilingan hujumlarni qatʼiy qoʻllab-quvvatlagan va bu hujumlar koʻproq ukrainaliklarning oʻlimiga olib kelishini ham aytgan[2]. U odatda Ukrainani „terrorchi davlat“ deb atagan. Tatarskiy Ukraina sanksiyalariga uchragan. Oʻn yil davomida Ukrainaga kirish taqiqlangan, Ukrainadagi ehtimoliy aktivlari musodara qilingan.

Oʻlimi

tahrir

Tatarskiy 2023-yilning 2-aprelida Sankt-Peterburgdagi kafelardan birida tadbir o‘tkazayotgan vaqtda sodir bo‘lgan portlashda halok bo‘ldi[3]. Maʼlumotlarga koʻra, voqea sodir boʻlgan kafe Yevgeniy Prigojinga tegishli boʻlgan[4]. Voqea RIA Novosti axborot agentligi tomonidan tasdiqlangan[5].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Russian military blogger killed in explosion in St Petersburg, media report“. Reuters (2023-yil 2-aprel). 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Гулийчук, Дмитрий. „Беглый зек, ставший "военкором": что известно о погибшем пропагандисте Владлене Татарском“ (ru). ТСН (2023-yil 2-aprel).
  3. „Cafe explosion in St Petersburg kills military blogger“ (en-GB). BBC News (2023-yil 2-aprel). Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  4. „Фонтанка SPB Online“. Telegram. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  5. Новости. „При взрыве в Петербурге погиб блогер Владлен Татарский, сообщил источник“ (ru). РИА Новости (2023-yil 2-aprel). Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.