Vodorod termometri
Vodorod termometri, gaz termometri — ishi gaz (mas., vodorod) ning bosimi temperaturaga bogʻliqligiga asoslangan temperatura oʻlchash asbobi. Temperaturani oʻlchash uchun ichiga vodorod (yoki geliy, azot) toʻldirilgan ballon (kapillyar orqali manometrta tutashtirilgan) temperaturasi oʻlchanadigan muhitga joylashtiriladi. Oʻlchangan gaz hajmi yoki bosimi qiymatini uning holat tenglamasip qoʻyib, temperatura hisoblab chiqiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |