Vohid Oxunovich Kozimov (1927-yil, Qoʻqon – 2009-yil 15-aprel) – sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Vohid Oxunovich Kozimov
 Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi raisi-
Mansab davri
1972 – 1985-yillarda
Avvalgisi Х.А. Аsamov
Keyingisi Sh.R. Mirsaidov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-iyun 1927-yil
Qoʻqon, OʻzSSR
Vafoti 15-aprel 2009-yil(2009-04-15)
(81 yoshda)
Тoshkent, Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi KPSS
Ilmiy unvoni Iqtisodiyot fanlari nomzodi
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Kozimov Vohid Oxunovich 1927-yil 2-iyunda Qoʻqon shahrida tugʻilgan. 1952-yildan KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.

V.Kozimov 1949-yilda Toshkent shahridagi temir yoʻl muhandislari institutining Temir yoʻllardan foydalanish fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi boʻyicha – Temir yoʻl muhandisi.

Vohid Oxunovich 19491985-yillar mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan,

1949-yilda Toshkent temir yoʻllarining Gorchakovo stansiyasi navbatchisi;
1949—1950-yillarda Serovo stansiyasi (IV klass) (hozirgi Furqat stansiyasi) boshligʻi;
1950—1951-yillarda Namangan stansiyasi boshligʻi (III toifa);
1951—1952-yillarda Qoʻqon stansiyasi bosh muhandisi (I toifa);
1952—1953-yillar Margʻilon stansiyasi boshligʻi (II toifali);
1953—1956-yillarda Toshkent temir yoʻlining siyosiy boʻlimi instruktori -Injener-kapitan vazifasida ishlagan.
1956—1957-yillarda „Toshkent temir yoʻli“ DAK ekspluatatsiya va taqsimlash boshqarmasi boshligʻining katta yordamchisi;
1957—1958-yillarda Toshkent shahar yuk stansiyasi boshligʻi;
1958—1959-yillarda „Toshkent tovar“ stansiyasi boshligʻi (sinfdan tashqari stansiya);
1959—1962-yillarda Toshkent temir yoʻli siyosiy qismining harbiylashtirilgan qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;
1962—1963-yillarda – Toshkent temir yoʻlining Fargʻona filiali Qoʻqon shahar boshligʻi. III darajali Bosh direktori;
1963—1969-yillarda Qoʻqon shahar partiya qoʻmitasining birinchi kotibi;
1969—1972-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Transport va kommunikatsiyalar boʻlimi mudiri;
1972—1985-yillarda Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi raisi;
1985—1987-yillarda Oʻzbekiston SSR Qurilish vazirligining „Orgtexstroy“ instituti bosh muhandisi;
1987—2001-yillarda Qurilish iqtisodiyotini tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari;
2001—2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qurilish qoʻmitasi huzuridagi Qurilish kompleksini isloh qilish va qurilishda narxlarni belgilash markazida Ilmiy maslahatchi lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan.

Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi Kozimov 2009-yilning 15-aprelida vafot etgan.

Vohid Oxunovich Kozimov shuningdek:

tahrir
  • 1963-yilda Fargʻona viloyat Kengashining 10-chaqiriq deputati;
  • 1971-yilda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 8-chaqiriq deputati, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining Transport va aloqa masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi;
  • 1973 yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzoligiga nomzod. XVIII partiya qurultoyi.
  • 1975-yilda Oliy Kengash 9-chaqiriq deputati, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi aʼzosi.
  • 1978 yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi. Oʻzbekiston Kompartiyasining IXX qurultoyi.
  • 1980-yil Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi deputati, Oliy Kengash 10-chaqiriq Prezidiumi aʼzosi.
  • 1981-yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi. (Oʻzbekiston Kompartiyasining XX qurultoyi) etib saylangan.

Mukofotlari

tahrir

Unvonlari

tahrir
  • SSSR faxriy transport quruvchisi
  • Shaxsiy nafaqaxoʻr

Ilmiy darajasi

tahrir

Iqtisodiyot fanlari nomzodi. Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi: „Murakkab hududiy komplekslarni boshqarish“.

Havolalar

tahrir