Vokaliz (lot. vocalis — unli tovush; sadolanuvchi, kuylovchi) — soʻzsiz, unli tovushlarda kuylash uchun yaratilgan etyud yoki ovoz mashqi; ovozni shirador qilishga va xonanda mahoratini oshirishga xizmat qiladi (J. Konkone, G. Panofka, M. Glinka, A. Varlamov va b.). Konsert ijrosi uchun moʻljallangan mustaqil musiqa asari sifatida ham uchraydi (S. Raxmaninov, ovoz va fortepiano uchun "Vokaliz"; R. Glier, "Ovoz va orkestr uchun konsert"; V. Uspenskiy, "Vokaliz"; Ik. Akbarov, "Hamza" kinofilmiga yozilgan "Zulfiya vokalizi"; M. Leviyev, "Soʻzsiz qoʻshiq"; B. Giyenko, "Ovoz va orkestr uchun konsert" va b.).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil