Volan Andrey (1530-1610) — Litva buyuk knyazligining siyosiy arbobi, reformatsiya ideologi, faylasuf va huquqshunos. Volan „Siyosiy yoki fuqarolik erkinligi“ (1572), „Inson baxti yoki insonning oliy farovonligi toʻgʻrisida“ (1596), „Hukmdor va uning shaxsiy xususiyatlari toʻgʻrisida“ (1608) kabi asarlar muallifi. Volanning asarlari Germanya va Fransiyada bir necha marta nashr etilgan. U jamiyat, davlat va huquqning tabiiy ravishda kelib chiqqanligini, tarixda kishilarning subyektiv faoliyati hal qiluvchi rol oʻynaganligini asoslashga harakat qildi. „Hukmdor va uning shaxsiy xususiyatlari“ asarida inson va fuqaroning ideal obrazini yaratdi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Falsafa qomusiy lug'at. Sharq-2004 — 75-bet.