Volfram qotishmalari
Volfram qotishmalari - volframnint metallar — molibden (Mo), reniy (Re), mis (Si), nikel (Ne), kumush (A) va b., oksidlar (ThO2), karbidlar (TiC — titan karbidi) va b. birikmalar bilan hosil qilgan qotishmalari. Kukun metallurgiyam usulida yoki komponentlar (tarkibiy qismlar)ni yoyli pech va elektron-nurli pechda qovushtirish yoʻli bilan olinadi. Komponentlar volfram (W)HHHr oʻtga chidamliligini oshiradi, plastikligini yaxshilaydi (t-ra 500° gacha boʻlganda), ishlov beriluvchanligini osonlashtiradi, unda zarur fizikaviy xossalar paydo qiladi. Sanoatda asosan metall-keramik V.q. ishlatiladi. Ular volfram karbidi kukunlari bilan titan karbidi kukunlariga bogʻlovchi modda (kobalt) qoʻshib aralashtirish, hosil boʻlgan aralashmani maxsus qoliplarda presslash, shundan keyin 1500°—2000° da qovushtirish yoʻli bilan tayyorlanadi. Bundam qotishmalar nihoyatda qattiq boʻladi, bunga sabab ularning taxminan 95 foizi karbidlardan iboratligi. V.q. elektr-vakuum asboblarda qizdirgichlar, ekranlar tayyorlash uchun, 2500° gacha temperaturada ishlatiladigan termopar materiallar sifatida, raketa va samolyotlarning baʼzi detallarini, giroskop rotorini tayyorlashda ishlatiladi. Tarkibida 3—10% nikel va 2—5% mis boʻlgan V.q. "ogʻir qotishmalar" deb ataladi. Ular radioterapiyada — nurlanishdan himoya qiladigan material hamda radioaktiv preparatlar saqlanadigan konteynerlar tayyorlanadigan material sifatida ishlatiladi. Tarkibida 15% molibden boʻlgan qoʻsh V.q- reaktiv dvigatellarning parraklarini tayyorlashda qoʻllanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |