Volga bulgʻorlari
Volga bulgʻorlari, Volga-Kama bulgʻorlari (Kama bulgʻorlari, bulgʻorlar) — Azov boʻylarida 7-asrda koʻchmanchilik qilib yurgan, soʻngra (7-asrning 2-yarmida) Oʻrta Volga boʻylariga koʻchib borgan turkiy qabilalar. Oʻrta Volga (Idel) va Kama daryosi boʻylarida Volga bulgʻorlari ugor-fin til oilasiga mansub mahalliy qabilalar bilan aralashib ketganlar va kuchli harbiy tashkilotga ega boʻlganlari tufayli Volga-Kama havzasida siyosiy gegemonlikni qoʻlga olganlar, bu yerda turkiy tillar keng tarqala boshlagan. Volga bulgʻorlari boshqa mahalliy qabilalarni xalq boʻlib shakllanishida va davlat (qarang Volga-Kama Bulgʻoriyasi) barpo etilishida bosh rolni oʻynagan. Ularning avlodlari — chuvashlar, Qozon tatarlari va boshqalar.
Yana qara
tahrirAdabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |