Volga buyi qirlari
Volga buyi qirlari - Volganing oʻng sohili boʻylab Nijniy Novgorod sh.dan Volgogradgacha choʻzilgan qirlar. Volga bilan Don daryolari havzalari orasidagi suvayirgʻich. V. b. q. Volga ustidan tik koʻtarilib, Oka-Don pasttekisligiga qiyalanib boradi. Eng baland yeri (Xvalinsk sh. yaqinida) 375 m. Eni 500 km. V. b. q. ning ayrim qismlari togʻ (Zmeev togʻlari, Jiguli togʻlari va b.) deb ataladi. Ohaktosh, dolomit, gil, qum, mergellardan tarkib topgan. Shim.gʻarbiy va shim.-sharqiy qismlarida karst relef shakllari uchraydi. Shim. keng bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Ayrim joylari oʻrmon-dasht, jan. dashtdan iborat.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |