Volgograd traktor zavodi
Volgograd traktor zavodi (1961 y.gacha Stalingrad traktor zavodi, STZ) — sobiq Ittifoq traktorsozlik sanoatining eng yirik va dastlabki korxonasi. Volgograd sh.da joylashgan. 1930 y. ishga tushirilgan. 1942 y.gacha STZ-1, STZ-5. STZ-8 gʻildirakli traktorlar ishlab chiqargan. Urush davrida harbiy texnika va qurol-aslaha tayyorlagan. 1943 y. zavod butunlay vayron etilgan. 1944 yilda zavod qayta tiklanib, gusenitsali (zanjirli) traktorlar (DT-54, DT-55 va b.) i.ch.ga moslashtirilgan.
Hoz. vaqtda qishloq xoʻjaligida keng qoʻllanadigan DT-75 traktorlarini ishlab chiqaradi (qarang Traktorsozlik). 3-dda ishlab chiqarilgan traktorlar 90-y.larning oʻrtalarigacha Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mashina-traktor parkining asosiy qismini tashkil etgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |