Volos
Volos — Gresiyadagi shahar, Egey dengizining Pagasitikos buxta (qoʻltiqcha)si boʻyidagi port. Fessaliya ta-rixiy-geografik viloyatidagi Magnisiya nomining maʼmuriy markazi. Aholisi YU7 mingdan ziyod kishi (1990y.lar oʻrtalari). Savdo markazi. Metallurgiya, toʻqimachilik, oziq-ovqat, tamaki, koʻn-teri, iyellyuloza-qogʻoz sanoati korxonalari bor. V. orqali chetga paxta, tamaki, zaytun chiqariladi. Vizantiya davri qalʼalarining harobalari saqlangan. Shaharga 19-asrda asos solingan. 1955 y. zilziladan soʻng qayta qurilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |