Volta (mato)
Volta — ingichka paxta tolasidan polotno oʻrilishda toʻqiladigan ipakdek mayin ip-gazlama. Fakturasi (toʻqilishi) jihatdan batistga yaqin turadi, lekin undan bir oz dagʻalroq boʻladi. Koʻpincha, rang-barang gullar bosib, och va yorqin ranglarga boʻyab, baʼzan oxorlab va guldor qilib ishlab chiqariladi. V .dan ayollarning yengil yozgi koʻylaklari va ich kiyimlari tikiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |