Voqelik
Voqelik — tabiiy va ijtimoiy-tarixiy hodisalarni ifodalovchi obʼektiv reallik. Keng maʼnoda mavjud olamni, dunyoni, borliq mazmunini ifodalasa, tor maʼnoda tayin predmet, hodisa, jarayonlarni anglatadi. Falsafa tarixida V. turlicha talqin etilgan. Xususan oʻrta asr falsafasida ilohiyot bilan bogʻlab tushuntirilgan: 16—17-asr faylasuflari (T. Gobbs, R. Dekart) V.ni fazo va vaqtda" mavjud moddiylik sifatida talqin etdilar. V.ni mantiqiy bilishning muhim bosqichi deb hisoblagan Gegel, V. — oʻz-oʻzini anglashga intilgan mutlaq gʻoyaning muayyan holati, mohiyat va mavjudlikning birligidir, deb tushuntiradi. V.ka dialektik yondashish, uni bir butunlikda, umumiy va oʻzaro aloqadorlikda tekshirish undagi muhim yoʻnalish, bogʻlanishlarni anglashga imkon beradi. V.ni haqiqiy baholash, undan toʻgʻri xulosalar chiqarish V.ni oʻzgartirishning garovi sanaladi. Hayot jarayonlarini sinchkovlik bilan kuzatish va oʻrganish orqali V. mohiyatini toʻgʻri tushunish, uning rivojlanish tendensiyasini aniqlash, kelajakni oldindan koʻra olish mumkin.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |