Vorkuta
Vorkuta — Rossiya Komi Respublikasidagi shahar (1943 yildan), Vorkuta daryosi boʻyida, Qutb doirasidan 160 km shimolida. Kotlas sh.dan boradigan temir yoʻlning oxirgi stansiya. Aholisi 117 ming kishi (1999). Pechora koʻmir havzasida koʻmir qazib chiqariladigan yirik markaz (Vorkuta koʻmir kombinati bor). Vorkutada yogʻoch kombinati, mexanika, tuzatish-mexanika, qurilish materiallari (sement, gʻisht) va boshqa sanoat korxonalari bor. Drama va qoʻgʻirchoq teatrlari, telemarkaz ishlab turibdi. Vorkuta 1931 yil vujudga kelgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |