Vosmiklassnitsa

Kino guruhi qoʻshigʻi (1982)

Vosmiklassnitsa“ (ruscha: Восьмиклассница, yaʼni „Sakkizinchi sinf oʻquvchisi“) — „Kino“ sovet rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1982-yil eʼlon qilingan „45“ nomli ilk studiyaviy albomiga sakkizinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Taronani guruh solisti Viktor Soy „Akvarium“ guruhi bilan hamkorlikda yozgan.

„Vosmiklassnitsa“
„Kino“ qoʻshigʻi
„45“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1982
Yozib olingan 1982
Janr post-pank
Davomiyligi 2:45
Leybl AnTrop
Matn muallif(lar)i Viktor Soy
Bastakor(lar) Viktor Soy
„45“ xronologiyasi
„Elektrikcha“ Vosmiklassnitsa „Moi druzya“

„Vosmiklassnitsa“ guruh repertuaridagi eng taniqli taronalarning biri boʻlib, „Nashe radio“ rus radiokanali tuzgan „XX asr rus rokining eng sara 100 qoʻshigʻi“ (ruscha: 100 лучших песен русского рока в XX веке) roʻyxatiga kiritilgan.

„Kino“ guruhining ilk aʼzolaridan biri Aleksey Ribinning eslashicha, Soy qoʻshiqda hunar bilim yurtida tanishgan qizi haqida kuylagan. Soy hunar bilim yurtida tuzilgan kichik rok guruhning aʼzosi boʻlgan. Guruhning muxlislari paydo boʻlgan va Soy ularning biri bilan yaqindan tanishib, u bilan koʻp vaqt oʻtkaza boshlagan. Bu haqda Ribin shunday yozgan:

Bunday kechalarning birida navbatdagi romantik sayildan qaytar ekan, deyarli 20 daqiqa ichida oʻzining taniqli „Vosmiklassnitsa“ qoʻshigʻini yozdi. Toʻgʻrirogʻi, yozmadi, balki amalda boʻlayotgan narsalarni — „qand yeysan“dan tortib, „geografiya boʻyicha uch“gacha boʻlgan narsalarni qofiyaga soldi. Natija esa ajoyib chiqdi[1].

Qoʻshiqni ilk yozib olish davomida xatolikka yoʻl qoʻyilgan: apparaturada 38.1 sm/s tezlik oʻrniga 9.53 sm/s tezlik yoqilgan, natijada trek nuqsonli chiqqan. Bu esa kelajakda qoʻshiqni gramplastinkada chiqarishda muammolarni keltirib chiqargan. „45“ albomni yozib olish jarayoni bir yarim oyga choʻzilgan. Jami 14 kompozitsiya yozilgan, ularning 13 tasi albomga kiritilgan.

„Mumiy Troll“ guruhi Soy xotirasiga bagʻishlangan „KINOprobi“ (2000) albomi uchun „Vosmiklassnitsa“ qoʻshigʻini kaver qilgan. Shuningdek, „Kino“ guruhining ilk gitarachisi Ribin „Den rojdeniya Viktora Tsoya“ (2002) nomli bagʻishlov albomi uchun qoʻshiq kaverini yozgan.

Manbalar

tahrir
  1. Рыбин, Алексей. Кино с самого начала и до конца (ruscha). Москва: Феникс, 2001 — 278-bet. ISBN 5-222-01924-1. 

Havolalar

tahrir