Votkinsk - Rossiya Federatsiyasining Udmurtiya Respublikasidagi shahar (1935 yildan) Votka va Sharkan daryolari sohilida (Kama havzasi). Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 104,7 ming kishi (1999). Votkinsk qad. metallsozlik zavodlari yonidagi qishloq oʻrnida vujudga kelgan (1759). Votkinsk rus kompozitori P. I. Chaykovskiyning vatani. Votkinskda mashinasozlik, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, P. I. Chaykovskiy uymuzeyi bor. V.dan 30 km uzoqlikda, Kama daryosida Votkinsk GES qurilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil