Vrevskiy qonunlari
Vrevskiy qonunlari - eritma-bugʻ tarzidagi qoʻsh tizimlarning termodinamik nazariyasi asosini tashkil qiladigan qonunlar (D. P. Konovalov qonunlari bilan birga). Rus fizik-kimyogari M. S. Vrevskiy (1871—1929) aniqlagan (1911). V.q. eritmalar bugʻining temperaturasi, tarkibi bilan eritma komponentlari (tarkibiy qismlari)ning parsial bosimi orasidagi, birga qaynayotgan aralashmalar bugʻi temperaturasi va tarkibi orasidagi muhim bogʻliqlarni ifodalaydi. Miqdor jihatidan V.q. eritma komponentlari bugʻlanganda ajraladigan issiqlikning eritmalar bugʻi tarkibi oʻzgarishiga taʼsirini bildiradi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |