VUNDT (Wundt) Vilgelm (1832.16.8, Mangeym — 1920.31.8, Grosboten, Leypsig yaqinida) — nemis psixologi, fiziologi, faylasufi va tilshunosi. Eksperimental psixologiya asoschilaridan biri. Leypsig sh.da V. tomonidan 1879-yilda yaratilgan dunyodagi birinchi psixologik lab. xalqaro eksperimental psixologiya markazi boʻlib qoldi; unda sezgilar, "reaksiya vaqti", assotsiatsiyasi, diqqat, sodda hissiyotlar oʻrganilgan. V. ruhiy hayotda irodani markaziy omil deb hisoblagan. "Analitik introspeksiya" gʻoyasi (oʻz-oʻzini kuzatish)ni ilgari surgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil