Vuster qal’asi (inglizcha: Worcester Castle) ― 1068-1069-yillarda Vusterda Urs d’Abeto tomonidan Uilyam bosqinchi[1] topshirigʻ bilan qurilgan, hozirda yoʻq boʻlib ketgan oʻrta asr fort inshooti. Mott va beyli uslubidagi qal’a eski Anglo-Sakson shahrining janubiy tomonida joylashgan va Vuster sobori hududiga qadar choʻzilgan. Qirol qal’alari tojning mulki boʻlib, monarx nomidan konstebllar tomonidan boshqarilgan. Vusterda bu rol Boshan oilasida meros sifatida avloddan avlodga oʻtgan boʻlib, ularga shaharda katta kuch berar edi[2]. Qal’a XII-asr va XIII-asr boshlaridagi harbiy toʻqnashuvlarda, jumladan, fuqarolik (1135-1154) va birinchi baron urushlarida (1215-1217) muhim rol oʻynagan[2].

Edgar minorasi

1217-yilda Genrix III qal’aning katta qismini soborga qaytardi va shu bilan Boshanovlar kuchini zaiflashtirdi va qal’a sababli yuzaga keladigan harbiy tahdid xavfini kamaytirdi. 1260-yillardagi ikkinchi baron urushida qatnashgan boʻlsa-da, istehkomlarsiz Vuster qal’asi endi harbiy ahamiyatga ega emas edi[3]. XIII-asr boshlariga kelib qal’ada Vustershir grafligining qamoqxonasi joylashdi va XIX-asr boshlarigacha bu yerda boʻldi. Vusterning shimoliy tomonida yangi qamoqxona qurilganida, endi kerak boʻlmay qolgan qal’a butunlay buzib tashlandi[4]. Bugungi kunda Vuster qal’asidan hech narsa saqlanib qolmadi, XVI-asrdagi Edgar minorasi, qal’aga sobiq kirish joyida qurilgan sobor qorovulxonasi[5] bundan ustisno.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Pounds 1994.
  2. 2,0 2,1 Mackenzie 1896.
  3. Pugh 1968.
  4. Committee of the Society for the Improvement of Prison Discipline, Remarks on the form and construction of prisons p. 22; The city of Worcester: The castle and public buildings (Wayback Machine saytida 2014-08-11 sanasida arxivlangan), A History of the County of Worcester: volume 4 (1924), pp. 390-394, accessed 9 October 2011; Purchasing Power of British Pounds from 1264 to Present, MeasuringWorth, Lawrence H. Officer and Samuel H. Williamson, accessed 12 October 2011
  5. Armitage 1912.

Adabiyotlar

tahrir