Wide area network (WAN) – telekommunikatsiya tarmogʻi boʻlib, katta geografik hududni qamrab oladi. LANdan katta hududni oʻz ichiga olgani uchun ham hozirgi kunda WAN keng qoʻllanadi[1].

LAN global tarmoq bilan bogʻlanishi

Korxonalar, maktablar va hukumat tashkilotlari global miqyosda turli joylarda joylashgan xodimlar, talabalar, mijozlar, xaridorlar va yetkazib beruvchilar bilan maʼlumot almashish uchun keng hududli tarmoqlardan (WAN) foydalanadi. Asosan, bu telekommunikatsiya usuli korxonaga har qanday joyda kundalik faoliyatini samarali bajarishga imkon beradi. Internetni WAN deb hisoblash mumkin[2]. Shu bilan birga, koʻplab WANlar faqat bitta tashkilot uchun maxsus quriladi va xususiy hisoblanadi. WANlar mahalliy tarmoqlar (LANlar)dan ajratiladi, chunki LANlar fizik jihatdan yaqin joylashgan tarmoqlarni ifodalaydi.

Shaxsiy tarmoqlar

tahrir

IPv4 da aniqlangan taxminan toʻrt milliard IP-manzildan, taxminan 18 million manzil uchta diapazonda xususiy tarmoqlarda foydalanish uchun ajratilgan. Ushbu diapazonlarda koʻrsatilgan paketlar jamoat Internetida yoʻnaltirilmaydi va barcha jamoat routerlari tomonidan eʼtiborsiz qoldiriladi. Shu sababli, xususiy hostlar bevosita jamoat tarmoqlari bilan bogʻlana olmaydi. Buning uchun ular marshrutlash shlyuzida tarmoq manzillarini tarjima qilish (Network Address Translation, NAT) xizmatidan foydalanishlari kerak[3].

Manbalar

tahrir
  1. „WAN bu kengaytirilgan hudud tarmog'i.Bu yerda qanday ishlashi yozilgan“. Lifewire. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-aprel.
  2. Groth, David; Skandler, Toby. Network+ Study Guide, Fourth Edition. Sybex, Inc, 2005. ISBN 0-7821-4406-3. 
  3. Y. Rekhter; B. Moskowitz; D. Karrenberg; G. J. de Groot; E. Lear (February 1996). Address Allocation for Private Internets. Network Working Group IETF. doi:10.17487/RFC1918. BCP 5. RFC 1918.