Wako
Wako (yaponcha: 和光市 ) Yaponiyaning Saitama prefekturasida joylashgan shahardir. 2021-yil 1-yanvar holatiga koʻra, shaharda 42.434 ta xonadonda 84.161 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 7600 kishidan toʻgʻri kelgan[1]. Shaharning umumiy maydoni 11,04 kvadrat kilometr (4,26 mi²).
Wako 和光市 | |
---|---|
Shahar | |
35°46′52.4″N 139°36′20.5″E / 35.781222°N 139.605694°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Hudud | Kanto |
Prefektura | Saitama prefekturasi |
Hukumat | |
Maydon | 11.04 km2 (4.26 kv mi) |
Aholisi (2021-yil Yanvar) |
84,161 kishi |
|
Geografiya
tahrirWako shahri Saitama prefekturasining janubiy chegarasida joylashgan boʻlib, Tokiodagi Nerima va Itabashi bilan chegaradosh. Shahar topografik jihatdan Musashinoda joylashgan.
Iqlimi
tahrirWako nam subtropik iqlimga ega, yoz fasli issiq, qish fasli esa salqin va qor yogʻmaydi. Shaharda oʻrtacha yillik harorat 14,4 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1647mm, sentyab oyi esa eng nam oy hisoblanadi. Avgust oyida eng yuqori harorat 26,2 °C, eng past harorat esa yanvar oyida 2,7°C[2].
Demografiya
tahrirYaponiya aholini roʻyxatga olish tashkiloti maʼlumotlariga koʻra[3] Wako aholisining oʻsish surati soʻnggi 80 yil ichida faollashgan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1920 | 4,409 | — |
1930 | 4,7 | +6.6% |
1940 | 5,572 | +18.6% |
1950 | 10,24 | +83.8% |
1960 | 17,242 | +68.4% |
1970 | 39,512 | +129.2% |
1980 | 49,713 | +25.8% |
1990 | 56,89 | +14.4% |
2000 | 70,17 | +23.3% |
2010 | 80,744 | +15.1% |
2020 | 83,989 | +4.0% |
Tarixi
tahrirWako shahrida atrofidagi bir qancha joylarda arxeologik tekshirishlar natijasida hududda bir qancha qadimgi qishloq qoldiqlari, jumladan Jomon davrining koʻp miqdorda sopol idishlari, tosh qurollari va boshqa qoldiqlari borligi aniqlangan. Yayoy davriga oid kulol va asbob-uskunalar ham topilgan. Zamonaviy Wako hududi Muromachi davridan boshlab Shirako-juku, Kawagoe-kaydo pochta stantsiyasi sifatida rivojlangan.
Hukumat
tahrirWako toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Wako Saitama prefekturasi assambleyasiga bitta aʼzo qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining 4-okrugi tarkibiga kiradi.
Iqtisodiyot
tahrirShahar Honda Motor Company zavodining qurilishi tufayli sanoat shahri sifatida rivojlangan (yopilganidan beri, ammo Hondaning Ar-ge markazi Vakoda qolmoqda). Yaponiyadagi yirik tabiiy fanlar tadqiqot instituti ham ushbu shaharda joylashgan.
Taʼlimi
tahrirWako shahrida sakkizta bolalar bogʻchasi, shahar hukumati tomonidan boshqariladigan uchta oʻrta maktab va Sayama prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan ikkita oliy taʼim muassasasi mavjud. Bundan tashqari, prefekturada nogironlar uchun ikkita maxsus taʼlim maktabi mavjud.
Taniqli odamlar
tahrir- Keisuke Kato, aktyor.
- Toshio Kayama, siyosatchi.
- Kaori Matsumura, tarento.
- Yumi Kajixara, velosipedchi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Wakō city official statistics“ (ja). 2021-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
- ↑ Wakō climate data
- ↑ Wakō population statistics