Walther Nernst
Walther Nernst (talaffuzi: Uolter Nernst) (1864.25.6, Brizen, Polsha — 1941.18.11, Obersibelle, Germaniya) — nemis fizigi va fizik-kimyogari. Gyottingen (1891) va Berlin (1905) universitetlari professor, Berlin universiteti qoshidagi fizika instituti direktori (1924— 33). Qattiq oʻtkazgichlarda temperatura gradiyenta hamda oʻtkazgichda tik magnit maydoni mavjud boʻlganda elektr maydoni hosil boʻlishi hodisasini ochgan (Nernst effekti). Bir-biriga aralashmaydigan yoki qisman aralashadigan ikki modda eritmasi orasida eruvchan uchinchi modda konsentratsiyalari nis-bati oʻzgarmas kattalik boʻlishini aniqlagan (Nernst taqsimot qonuni, 1890), termodinamikaning uchinchi bosh qonunini tushuntirib bergan (1906). Joyiga qarab konsentratsiyasi oʻzgaruvchi eritmalarda elektr yurituvchi kuchlar nazariyasi, metallarning elektrolitik eritish nazariyasi, elektrod potensiallari nazariyasi va boshqalarni rivojlantirgan. Choʻgʻlanma lampani ixtiro qilgan (bu lampa uning nomi bilan ataladi). Nobel mukofoti laureati (1920).[1][2]
Manbalar
tahrir- ↑ "NERNST (Nernst) Valter German" OʻzME. N-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |