Wang Song
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Wang Song | ||
Tavallud sanasi | 12-oktyabr 1983-yil | ||
Tavallud joyi | Guiyang, Guizhou, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.77 m (5 ft 9.7 in) | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
Hebei Kungfu (on loan from Sichuan Jiuniu) | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2001—2005 | Sichuan First City | 95 | (13) |
2006—2009 | Chengdu Blades | 105 | (30) |
2010—2014 | Hangzhou Greentown | 142 | (26) |
2015—2016 | Guangzhou R&F | 60 | (3) |
2017—2019 | Jiangsu Suning | 62 | (7) |
2020 | Sichuan Jiuniu | 14 | (1) |
2021 | → Hebei Kungfu (Ijara) | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2008—2011 | Xitoy | 9 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2021-yil 31-iyul uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2015-yil 31-oktyabr uchun) |
Wang Song (talaffuzi: Van Sun) (1983-yil 12-oktabrda tug‘ilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoyning ikkinchi liga klubi „Hebei Kungfu“da oʻynaydi. U Xitoyning birinchi liga jamoasi „Sichuan Jiuniu“dan ijara asosida o‘tgan.
Klubdagi faoliyati
tahrirWang Song futbolchilik faoliyatini 2001-yilgi mavsumda „Sichuan Quanxing“ jamoasida oʻynashdan boshlagan va 2005-yil mavsumi oxirida klub tarqalib ketgan. Keyin Wang ikkinchi divizion jamoasi Chengdu Blades klubiga qoʻshilgan, Chengduda u jamoa sardori etib tayinlangan. U 2007-yilgi mavsumda 24 oʻyinda oʻn yetti gol urib, eng yaxshi toʻpurar boʻlgan va klubga yuqori bosqichga koʻtarilishiga yordam bergan. 2008-yilgi liga mavsumining oxiriga kelib, u Chengduni ligada oʻn uchinchi oʻringa olib chiqishga yordam bergan. Ammo keyingi mavsumda klub quyi ligaga tushib ketgan va u 3 million yuan evaziga Hangzhou Greentownga oʻtgan[1].
Hangzhou klubi 2014-yilgi mavsum oxirida Wang bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan[2]. 2014-yilning 15-dekabrida Wang Xitoy Superligasi vakili Guangzhou R&F jamoasiga erkin agent sifatida oʻtgan[3]. 2015-yilning 10-fevralida u OChL-2015 saralash bosqichida Uorriors FCga qarshi klub safida debyut qilgan[4]. 2015 va 2016-yillarda har bir CSL oʻyinida ishtirok etganidan soʻng, u 2017-yil 25-yanvarda R&F bilan shartnomani uzaytirgan[5].
2017-yilning 28-fevralida Wang Superliga vakili „Jiangsu Suning“ga o‘tgan[6]. U 2017-yilning 5-mart kuni safarda „Shanghai Shenxua“ga qarshi o‘yinda (4:0) o‘z debyutini o‘tkazgan va tanaffusda Gao Tianyi o‘rniga maydonga tushgan[7]. 2017-yilning 2-aprelida u „ Liaoning FC“ga qarshi safarda 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Oʻsha oʻyinda u jamoa safida o‘zining birinchi golini kiritgan[8][9].
2019-yil 20-oktabrda Wang 68-daqiqada „Hebei China Fortune“ ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozonilgan o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan va u Xitoy oliy divizionida (shu jumladan sobiq Jia-A ligasi) 416 o‘yin bilan rekordchiga aylangan[10].
2020-yilning 9-martida Wang „Sichuan Jiuniu“ga erkin agent sifatida oʻtgan[11]. U kelganidan soʻng klub Xitoyning Ikkinchi ligasida (Xitoy futbol ligasi tizimidagi uchinchi divizion) ishtirok etgan, ammo yuqori ikki diviziondagi koʻplab klublarning tarqatib yuborilishi va diskvalifikatsiyasi tufayli Jiuniu oxir-oqibat 2020-yilgi mavsumda Xitoy Birinchi ligasida ishtirok etgan.
Jiuniu bosh murabbiyi Li Yi bilan kelishmay qolgan Wang 2021-yilgi mavsumda klub uchun birorta ham oʻyin oʻtkazmagan. 2021-yil 30-iyulda Wang Xitoyning ikkinchi liga klubiga mavsumning qolgan qismida ijara asosida qo‘shilgan.
Xalqaro faoliyati
tahrirWangni oʻsha paytdagi bosh murabbiy Vladimir Petrovich oʻz jamoasiga chaqirgan va u 2008-yilning 20-yanvarida Livanga qarshi oʻyinda (0:0) xalqaro debyutini amalga oshirgan[12]. Yana bir nechta oʻrtoqlik oʻyinlarida oʻynagan Wang koʻpincha chap qanot yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Liga Kubogi | Qitʼa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Sichuan First City | 2001 | Xitoy Jia-A Ligasi | 3 | 0 | 0 | 0 | - | - | 3 | 0 | ||
2002 | 24 | 3 | 1 | 0 | - | - | 25 | 3 | ||||
2003 | 25 | 5 | 3 | 0 | - | - | 28 | 5 | ||||
2004 | Xitoy Super Ligasi | 22 | 4 | 8 | 4 | 4 | 1 | - | 34 | 9 | ||
2005 | 21 | 1 | 1 | 1 | 2 | 0 | - | 24 | 2 | |||
Jami | 95 | 13 | 13 | 5 | 6 | 1 | 0 | 0 | 114 | 19 | ||
Chengdu Blades | 2006 | Xitoy Birinchi Ligasi | 24 | 2 | 0 | 0 | - | - | 24 | 2 | ||
2007 | 23 | 17 | - | - | - | 23 | 17 | |||||
2008 | Xitoy Super Ligasi | 29 | 6 | - | - | - | 29 | 6 | ||||
2009 | 29 | 5 | - | - | - | 29 | 5 | |||||
Jami | 105 | 30 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 105 | 30 | ||
Hangzhou Greentown | 2010 | Xitoy Super Ligasi | 29 | 6 | - | - | - | 29 | 6 | |||
2011 | 26 | 1 | 1 | 0 | - | 6 | 0 | 33 | 1 | |||
2012 | 30 | 8 | 2 | 1 | - | - | 32 | 9 | ||||
2013 | 28 | 8 | 1 | 0 | - | - | 29 | 8 | ||||
2014 | 29 | 3 | 0 | 0 | - | - | 29 | 3 | ||||
Jami | 142 | 26 | 4 | 1 | 0 | 0 | 6 | 0 | 152 | 27 | ||
Guangzhou R&F | 2015 | Xitoy Super Ligasi | 30 | 1 | 2 | 0 | - | 7 | 1 | 39 | 2 | |
2016 | 30 | 2 | 5 | 0 | - | - | 35 | 2 | ||||
Jami | 60 | 3 | 7 | 0 | 0 | 0 | 7 | 1 | 74 | 4 | ||
Jiangsu Suning | 2017 | Xitoy Super Ligasi | 19 | 3 | 1 | 0 | - | 0 | 0 | 20 | 3 | |
2018 | 19 | 1 | 1 | 0 | - | - | 20 | 1 | ||||
2019 | 24 | 3 | 2 | 1 | - | - | 26 | 4 | ||||
Jami | 62 | 7 | 4 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 66 | 8 | ||
Sichuan Jiuniu | 2020 | Xitoy Birinchi Ligasi | 14 | 1 | - | - | - | 14 | 1 | |||
Karyerada jami | 478 | 80 | 28 | 7 | 6 | 1 | 13 | 1 | 525 | 89 |
Manbalar
tahrir- ↑ „国内转会终现重磅首单 汪嵩近300万正式加盟绿城“. sports.sina.com.cn (2010-yil 10-fevral). Qaraldi: 2012-yil 3-sentyabr.
- ↑ „杭州绿城官方宣布汪嵩合同到期将不再续约“. sports.163.com (2014-yil 10-dekabr). 2015-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-dekabr.
- ↑ „广州富力官方宣布汪嵩正式加盟球队“. sports.sina.com.cn (2014-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 15-dekabr.
- ↑ „亚冠资格赛-姜至鹏世界波富力3-0 将战澳洲队“ (zh). sina (2015-yil 10-fevral). Qaraldi: 2015-yil 10-fevral.
- ↑ „关于广州富力足球俱乐部与球员汪嵩、肖智续约的公告-公告“. www.gzrffc.com.cn. 2018-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-yanvar.
- ↑ „苏宁转会截止日四千万敲定汪嵩“. sohu.com (2017-yil 28-fevral). Qaraldi: 2017-yil 28-fevral.
- ↑ „中超-两大腕+毛剑卿立功 特谢拉红牌申花4-0苏宁“. Sina (2017-yil 5-mart). Qaraldi: 2017-yil 7-mart.
- ↑ „中超-黑风双煞齐破门汪嵩献世界波 辽足3-1苏宁“. Sina (2017-yil 2-aprel). Qaraldi: 2017-yil 20-aprel.
- ↑ „战老东家汪嵩无回避条款 连续16赛季进球成第一人“. Sina (2017-yil 20-aprel). Qaraldi: 2017-yil 20-aprel.
- ↑ „历史第一人!汪嵩第416次登场 还有一神迹望尘莫及“. Sina Sports (2019-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.
- ↑ „四川九牛官方宣布汪嵩加盟 老将归家继续身披33号“. Sina Sports (2020-yil 9-mart). Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.
- ↑ „China, PR Lebanon Friendlies 2008“. football-lineups.com (2008-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 3-sentyabr.