Volfram karbid

(Wcdan yoʻnaltirildi)

Volfram karbid, WC - volfram monokarbid, kulrang , geksogonal panjarali kristall modda. osmodifikatsiyasi barqaror boʻlib, 2525° dan yuqorida (5-WC kubsimon panjarali kristall holatga oʻtadi, 2720° da parchalanadi. Zichligi 15,6 g/sm3, Moos shkalasi boʻyicha qattiqligi 9. Havoda 430° gacha barqaror, 800—1200° da WO3 gacha oksidlanadi. Nitrat va sulfat kislotalar bilan, xlorid va nitrat kislotalar aralashmasi (3:1) bilan birga qaynatilganda reaksiyaga kirishadi. Vodorod atmosferasida, ayniqsa suv bugʻlari ishtirokida qizdirilganda tarkibidagi uglerod miqdori keskin kamayadi. 500° dan yuqorida xlor bilan birikadi. V.k. volfram bilan uglerodni vodorodli muhitda 1430—1630° da qizdirib olinadi. Uni W(CO)6 ni 1030°da parchalab, volframat kislota, WO3 ga 900—1000° da vodorod va metan gazlarini taʼsir ettirib olish ham mumkin. V.k. metallokeramika qattiq qotishmalarining asosini tashkil qiladi. U choʻyan, poʻlat, latun, sopollarga ishlov beradigan asboblar tayyorlashda, metallar yuzasining ishqalanishiga chidamli krplamasi katalizator sifatida koʻllaniladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil